Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida


-bob. Malaka imtihonini topshirish


Download 1.82 Mb.
bet30/36
Sana26.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1656237
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 2 Sentyabr 535-son karoriga 1-ILOVA 23-bandiga asosan rad etish

2-bob. Malaka imtihonini topshirish
6. Malaka imtihonini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) direktorining buyrug‘i bilan besh kishidan kam bo‘lmagan toq sonli tarkibda malaka imtihoni komissiyasi tashkil qilinadi.
Agentlik direktori malaka imtihoni komissiyasi raisi hisoblanadi.
Malaka imtihoni komissiyasi tarkibi Agentlik va Palata mas’ul xodimlari hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining mas’ul vakillaridan shakllantiriladi.
7. Malaka imtihoni komissiyasi tarkibi har bir malaka imtihoni uchun alohida tuziladi va doimiy hisoblanmaydi.
Bunda Agentlik malaka imtihoni komissiyasi tarkibini shakllantirish uchun Palata va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga yozma murojaat qiladi.
Komissiya ishchi organ vazifasi Palata tomonidan amalga oshiriladi.
8. Malaka imtihoni komissiyasi qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Bunda komissiya majlisi komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Komissiya majlisini o‘tkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, komissiyaning yangi majlisi o‘tkaziladigan sana va vaqti e’lon qilinadi.
9. Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malakasini oshirish va ularga malaka shahodatnomasini berish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
10. Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani hamda ushbu Reglamentning 4-bandida keltirilgan mutaxassisliklardan biri bo‘yicha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi yoki xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma nusxasini pdf formatida taqdim etadi.
Talabgor taqdim etgan hujjatlar to‘liq va ulardagi ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lishi zarur.
Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
11. Mazkur Reglamentning 9-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari qolgan zarur bo‘lgan hujjat va ma’lumotlarni, xususan, talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va mehnat daftarchalarining ma’lumotlari Agentlik tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi.
12. Agentlik ariza tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida talabgorga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.
13. Agentlik quyidagi asoslarga ko‘ra malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etadi:
talabgor mazkur Reglamentning 4-bandi talablariga javob bermaganda;
talabgor taqdim qilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim qilgani aniqlanganda;
davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik (bunda davlat xizmatidan foydalanish uchun xabarnomada ko‘rsatilgan to‘lov miqdori bir oy mobaynida to‘lanmagan buyurtmalar avtomatik rad etiladi).
Boshqa asoslarga ko‘ra malaka imtihonini topshirishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
14. Talabgorning malaka imtihonini topshirishi rad etilgan taqdirda, Agentlik tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi va talabgor rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda, qabul qilingan qaror haqida bir ish kuni ichida talabgor ariza va hujjatlarni Agentlikka taqdim etgan usulda xabardor qilinadi.
15. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishda rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga uch ish kunilik muddat beriladi.
Belgilangan muddatda talabgor tomonidan kamchiliklar bartaraf etilmasa, imtihon topshirishga ruxsat etilmaydi va uning arizasi rad etiladi.
16. Talabgorning malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berish haqida qaror qabul qilinganida talabgor malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi va ro‘yxat malaka imtihoni boshlanishidan oldin malaka imtihoni komissiyasiga topshiriladi.
17. Malaka imtihoniga qo‘yilgan talabgor malaka imtihonini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi haqida imtihon o‘tkaziladigan kundan kamida besh ish kuni oldin mobil telefoni (mavjud bo‘lganda), pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali xabardor qilinadi.
Malaka imtihonini o‘tkazish kuni, vaqti va joyi to‘g‘risida ma’lumot vakolatli organning rasmiy veb-saytida mavjud imtihon sanasidan o‘n besh kun oldin joylashtiriladi.
Malaka imtihonini tashkil etish va o‘tkazish, shu jumladan, imtihon savollarini tuzish va qayta ishlash hamda natijalarini tekshirishni amalga oshirish uchun talabgorlar tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida, YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu summaning 90 foizi miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.
To‘lov miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda Palataning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda Palataning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
v) Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali murojaat etilganda mablag‘lar to‘liq miqdorda Palataning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
To‘lovlar davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.
18. Malaka imtihoniga qo‘yilgan talabgorlar ro‘yxati hamda malaka imtihonini o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumot uni o‘tkazish haqidagi qaror qabul qilingan kunda Agentlik va Palataning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
19. Malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga ko‘ra, lekin kamida bir oyda bir marotaba o‘tkazilishi lozim.
20. Malaka imtihoni komissiyasining tarkibi, ish reglamenti, shuningdek, test savollari Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
21. Malaka imtihonini topshirishda talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etadi.
22. Talabgor O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim qilmaganda yoxud malaka imtihoniga kechikkan taqdirda, imtihonga qo‘yilmaydi va malaka imtihoniga kelmagan hisoblanadi.
23. Malaka imtihoniga kechikkan talabgor navbatdagi malaka imtihonidagi talabgorlar ro‘yxatiga kiritiladi va bu haqda mobil telefoni, pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali ikki ish kunidan kechiktirmay xabardor qilinadi.
24. Agarda talabgor tegishli tarzda xabardor qilinganidan keyin ikki marotaba malaka imtihonini topshirish uchun kelmasa, navbatdagi malaka imtihonidagi talabgorlar ro‘yxatiga kiritilmaydi. Bunday hollarda talabgor malaka imtihonidan o‘tish uchun qaytadan ariza bilan murojaat qilishi lozim.
25. Malaka imtihoni test sinovi usulida, kompyuter texnikasidan foydalangan holda, talabgorning tanloviga ko‘ra o‘zbek tilida yoki zaruratga ko‘ra rus tilida ham o‘tkaziladi.
26. Malaka imtihonining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida imtihon jarayonlari uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi va videotasvir kamida bir yil saqlanadi.
27. Test savollarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan mavzular Agentlik va Palata rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Test savollari qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda yangilab boriladi.
28. Test sinovi sohaga oid 75 ta savoldan iborat bo‘ladi.
Talabgorga malaka imtihonini topshirish umumiy imtihon vaqti davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi.
29. Test sinovlari o‘tkaziladigan xonaga jadval, kitob, uyali telefon va shpargalkalar olib kirish, boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish taqiqlanadi.
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar test sinovlari o‘tkaziladigan xonadan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan o‘tmagan hisoblanadi.
30. Malaka imtihoni test sinovi natijalari test sinovi yakuni bilan e’lon qilinadi.
Malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida malaka imtihoni komissiyasining test sinovi natijalari qayd etilgan bayonnomasi rasmiylashtiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
31. Malaka imtihoni natijalari hamda malaka imtihoni komissiyasining bayonnomasi Palatada saqlanishi lozim.
32. Talabgorning to‘g‘ri javoblar bo‘yicha yakuniy natijasi 70 foiz va undan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan bo‘lsa, u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.
33. Malaka imtihonidan o‘tmagan talabgorlar uni navbatdagi malaka imtihonida takroran topshirish huquqiga ega, biroq shu kunning o‘zida qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Talabgor navbatdagi malaka imtihonini qayta topshirishiga qadar taqdim qilingan hujjatlar Palatada saqlanadi.
34. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarga malaka shahodatnomasi beriladi.
35. Kadastr muhandislarini Palatada o‘qitish va doimiy tarzda (uch yilda bir marotaba) malakasini oshirib borish lozim.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling