Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida


-bob. Malaka shahodatnomasini qayta rasmiylashtirish


Download 1.82 Mb.
bet32/36
Sana26.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1656237
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 2 Sentyabr 535-son karoriga 1-ILOVA 23-bandiga asosan rad etish

5-bob. Malaka shahodatnomasini qayta rasmiylashtirish
45. Kadastr muhandisining familiyasi yoki ismi yoxud otasining ismi o‘zgargan taqdirda, u tegishli o‘zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar berilgan sanadan boshlab ikki oy ichida Agentlikka mazkur Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Bunda arizaga tegishli o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
46. Malaka shahodatnomasining qayta rasmiylashtirilishi kadastr muhandisi tomonidan ariza berilgan vaqtdan boshlab besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
47. Yangi malaka shahodatnomada qayta rasmiylashtirilayotgan malaka shahodatnomasining raqami qo‘shimcha tarzda qayd qilinadi.
48. Kadastr muhandisi yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan malaka shahodatnomasi o‘rniga Agentlik axborot tizimining elektron hujjatlar repozitoriysi veb-sayti orqali noyob identifikatsiya raqamini kiritish yoki elektron hujjatda joylashgan QR-kodni skaner qilish yo‘li bilan malaka shahodatnomasini qayta yuklab olishi mumkin.
6-bob. Malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish va uni bekor qilish
49. Kadastr muhandisining tashabbusi bilan malaka shahodatnomasini tugatish va bekor qilish Agentlik tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vakolatli organlar tashabbusi bilan malaka shahodatnomasini tugatish va bekor qilish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
50. Quyidagilar malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish uchun asos bo‘ladi:
kadastr muhandisining arizasi;
kadastr muhandisi faoliyatini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlarini buzish;
kadastr yig‘majildi tayyorlashda, uning qavatma-qavat rejalarini tuzishda, texnik rejalarni rasmiylashtirishda, shuningdek, uning texnik hisobga qo‘yish ishlarini amalga oshirishda noto‘g‘ri ma’lumot berish;
shaxsni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb e’tirof etish to‘g‘risidagi sud qarori.
51. Malaka shahodatnomasining amal qilishi uni tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab tugatiladi.
52. Malaka shahodatnomasi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Agentlikning malaka shahodatnomasini berish to‘g‘risidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
malaka shahodatnomasi soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
53. Malaka shahodatnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror ushbu qaror qonuniy kuchga kirgan sanadan boshlab amal qiladi.
54. Qonunchilik hujjatlari talablarini buzgani uchun malaka shahodatnomasining amal qilishi tugatilgan kadastr muhandisiga, u tugatilgan sanadan boshlab quyidagi muddatlar mobaynida takroran malaka shahodatnomasi berilmaydi:
ko‘chmas mulk obyektlarida xatlov ishlarini olib borib kadastr yig‘majildini shakllantirishda texnik xatoliklarga yo‘l qo‘yganda olti oy mobaynida;
ko‘chmas mulk obyektiga tegishli huquq belgilovchi hujjatlarga amal qilmagan xolda kadastr yig‘majildini shakllantirishda bir yil mobaynida.
55. Malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish yoki malaka shahodatnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
56. Malaka shahodatnomasi amal qilishini tugatish yoki malaka shahodatnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kunning o‘zida tegishli kadastr muhandisi va kadastr muhandisi bilan mehnat shartnomasi tuzgan yuridik shaxsga uning nusxasi yuboriladi.
57. Malaka shahodatnomasini bekor qilish yoki uning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling