Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ning maqsadi. Reja: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi
Download 325.26 Kb. Pdf ko'rish
|
Pedagogika 20 ta lik
Abu
Nasr Forobiyning ta’lim-tarbiyaviy qarashlari. O‘rta asr ijtimoiy - falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan bogiiq boiib, uning inson kamoloti haqidagi taiimoti ta’lim - tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur Yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda o‘z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yirik mutafakkir - “Muallimiy soniy” - “Ikkinchi muallim” deb ataydilar. Ba’zi manbalarda Forobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi haqida gapiriladi. Abu Nasr Forobiy qomusiy olim hisoblanadi. Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar. Forobiy inson baxt – saodatga erishuvi uchun ularni baxtli - saodatli qila oladigan jamoa rahbaribo`lishi kerak deydi.U o‘zining “Baxt saodatga erishuv yoilar haqida risola” asarida “Davlatningvazifasi insonlami baxt - saodatga olib borishdir, - deb yozadi. U,- bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo`lga kiritadi”. “Fozil odamlar shahri”, “Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida”, “Ixso-al-ulum”, “nmlaming kelib chiqishi”, “Aql ma’nolari to‘g‘risida” kabi asrlarida ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Forobiy o‘z ishlarida ta’lim-tarbiyani uzviy birlikda olib boorish haqida ta’lim bergan bo‘Isa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o‘z o‘mi va xususiyati bor ekanligini alohida ta’kidlaydi. Forobiy ≪Baxt-saodatga erishuv to`g`risida≫ asarida bilimlami o`rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta`kidlashicha, awal bilish zarur boigan ilm o`rganiladi, bu - olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o`rgangach, tabiiy ilmlami, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlami o`rganish lozim. Undan so`ng, umuman, jonli tabiat o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm o`rganiladi, deydi. Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim - degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosidanazariy bilim berish; tarbiya - nazariy fazilatni, ma’lum hunarniegallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy malakalami o‘rgatishdir, deydi olim, Abu Nasr Forobiy у anaaytadi: “Ta’lim - degan so‘z xalqlar va shaharliklar o'rtasidanazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish deganso‘zdir. Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy X asming ikkinchi yarmi va XI asming boshlarida, g‘oyat murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi.O‘sha asr olimlaridan biri Yoqutning yozishicha: “Mas’ud qonuni” kitobi matematika va astronomiya bo‘yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o‘chirib yuborgan deydi. Beruniy yana “qimmatbaho toshlarni bilib olish bo‘yicha ma’lumotlar to‘plami” (“Mineralogiya”), “Dorivoro‘simliklar haqida Kitob”, “Kitob as Saydona fi - t-tibb” kabi asarlarni ham yozdi. “Mineralogiya” Sharqdagina emas, Y evropada ham qimmatbaho toshlami izlash usullari va ular bilan savdo qilish, konlarni o‘rganish, yer osti boyliklarini tekshirish haqida ma’lumot bersa, “Saydana” nomi bilan mashhur bo‘lgan keyingi asarda Sharqdagi dorivor o‘simliklaming tavsifi bayon qilingan.Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi daw uchun ham dolzarbdir. O‘quvchiga bilim berishda: - o‘quvchini zeriktirmaslik; - bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik; - uzviylik, izchillik; - tahlil qilish va taqqoslash; - ma’lumdan noma’Iumga, yaqindan uzoqqa, soddadan qiyinga qarab borish; - takrorlash; - yangi mavzulami qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish va hokazoga e’tibor berish kerakligi uqtiriladi.Beruniy fikricha, axloqiylik insonning eng asosiy sifati bo`lishi kerak. Bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilaming o‘zaro muloqoti, ijtimoiy muhit — jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi. Beruniy ham axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan holda ta'rif beradi. Download 325.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling