Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ning maqsadi. Reja: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi
Kaykovusning "Qobusnoma" asarida barkamol inson
Download 325.26 Kb. Pdf ko'rish
|
Pedagogika 20 ta lik
Kaykovusning "Qobusnoma" asarida barkamol inson
tarbiyasida qo’llaniladigan metodlar REJA: 1.Kaykovusning “Qobusnoma”asarining yaratilishi va tuzilishi. 2.Asarda ilgari surilgan ta'lim-tarbiya va ahloq masalalari. 3.“Qobusnoma” asarida barkamol inson tarbiyasida qo`llaniladigan metod va usullarning ifodalanishi. 4.Javonmardlik tarbiyasi. 5.“Qobusnoma” asari ilk pandnoma sifatida yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashdagi ahamiyati. konspektlash, ijodiy izlanuvchanlik, faol ishtirok, qo`yilgan muammolarni og`zaki bayon etish. O`qituvchiga qo`yiladigan talablar: a) talabalarni jalb etish; b) didaktik maqsadni tushuntirish; v) faollashtiradigan bilim va ko`nikmalarni Rag`batlantirish; g) Aniq reaktsiya paydo qiluvchi o`quv materiallariga yo`naltirish; d) talabalar reaktsiyasini rag`batlantirish, ye) talabalar harakatini baholash. Dars jarayonida har ikkala tomondan (o`qituvchi va talaba) quyidagilarga alohida e'tibor beriladi:Kerakli bilimlarni yetkazish va o`zlashtirish, reproduktiv darajadagi ko`nikmalarni shakllantirish- qabul qilish, faoliyatni yaxlitligicha va qismlarga bo`lib ko`rsatish, ko`nikmalarni soddalashtirgan sharoitda berish-o`zlashtirish, uzluksiz qaytuvchan aloqa va ijodiy mustahkamlashga asoslangan mustaqil ishni tashkil etish, izlanuvchan yaratuvchanlik fazasiga o`tish, muammoli vaziyatlar yaratish, imitatsion modellash, talabalarning o`z faoliyatini o`zlari tahlil qilishi. Ta'lim standarti va dasturiga asosan mavzu mazmunini ochishda quyidgilarga alohida e'tibor beriladi: Ming yillarga yaqin davrdvn beri xalqni , yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda qo`llanma bo`lib kelayotgan “qobusnoma” asarining muallifi Unsurul oliy Kaykovus gilon qabilasidan bo`lgan. Kaykovusning o`z ta'kidlaganidek, butun bir asar oxirigi bobida ta'rif berilgan javonmardlik tarbiyasiga bag`ishlangan. Kaykovus”...barcha fikr va tushunchalarim sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm,har hunar va har peshakim bilur edim,hammasini qirq to`rt bobda bayon edim.”-deyish bilan har bir yoshning aqliy,ahloqiy ,jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog`langan holda kamolga yetkazt sh yo`llari va usullarini bayon etgan. Kitobda javonmardlar egallashi zarur bo`lgan quyidagi yo`nalishlarda ta'lim-tarbiya berish nazariyasi tutilgan:Kaykovus bilim haqida,hunar va turli kasb egalari haqida,turmush va xulq odob haqida,jismoniy yetuklik haqida. Kaykovusning “qobusnoma” asarida yoshlar tarbiyasida-javonmardlik talablaridan eng muximi – bu yuksak axloqlilik tarbiyasi ekanligii keltiriladi. Yoshlarda insonga nisbatan insoniy munosabatda bo`lish, adolatlilik, samimiylilik, saxiylik, mardlik kabi xislatlarni tarkib toptirini istaydi va shuningdek,doim yaxshi kishilar bilan xamkor bo`lishni, kishining o`zi ham ezgu, yaxshi ishlar qilib yashsa, yaxshi natijaga erishishi mumkinligini ta'kidlaydi. Download 325.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling