Kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumiy qoidalar


Muhokamada ishlatiladigan so‘zlar


Download 494.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/31
Sana03.12.2023
Hajmi494.39 Kb.
#1798343
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
Publitsistik nutq uslubi.Publitsistik maqolalar

Muhokamada ishlatiladigan so‘zlar 
Maqola shartlarida talabalardan ko‘pincha mavzuni muhokama qilish 
so‘raladi, masalan:
 
Bu holatda aytilgan fikrning afzalliklari va zararlarini baholash talab etilmoqda. 
Unda quyidagi so‘zlardan foydalanish mumkin: 
 
Yuqoridagi so‘zlardan foydalanib gaplarni to‘ldirish mumkin. 
Har yili millionlab talabalar chet mamlakatlarda o‘qishni tanlashadi. Buning 
sezilarli (a) __________ bo‘lishi mumkin, qaysiki boshqa bir madaniyat bilan 
tanish bo‘lish imkoniyatidek, ammo vatanni qo‘msash, yakkalanib qolish kabi 
muayyan (b) __________ ham qamrab oladi. Boshqa bir (c) __________ tomoni 
yashash xarajatlari va u yerdagi narxlarning balandligi bo‘lishi mumkin.
 
Taqrizuning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari 
Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy 
yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, 
shuningdek, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviy badiiy 
MAQOLA 
ilmiy 
publitsisti
k


xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bo‘ladi; 
asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz 
asosan keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh 
qiladi, zarurini tanlab olishga ko‘maklashadi. Ichki тaqriz ham bo‘ladi. Masalan, 
nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi
biroq bu taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi. 
Taqriz - sаylаnmа bаyоnning bir turi. U bаdiiy, ilmiy, mеtоdik vа bоshqа 
аsаrlаrgа bеrilgаn bаhоdir. Taqrizdа аsаr tаnqidiy tаhlil еtilаdi, shu nuqtаi 
nаzаrdаn bаhоlаnаdi. Аsаrning yutuqlаri hаm, nuqsоnlаri hаm ko‘rsаtilаdi. 
Tаqrizchi o‘zining dа’vоlаrini turli dаlillаr аsоsidа isbоtlаy bоrаdi, аsаrgа ilmiy 
izоhlаr bеrаdi.
Taqriz yоzish оdоbi хоlislikni, hаqiqаtdаn chеtlаshmаslikni tаlаb еtаdi. 
Tаqriz qilinаyоtgаn аsаrning yutuq vа kаmchiliklаri, nаzаriy vааmаliy аhаmiyati 
hаqqоniy ko‘rsаtilishi lоzim. Аsаrgа bаhо bеrishdа muаllifning shахsiyati, оbro‘si 
еmаs, bаlki uning (аsаrning) хususiyatlаri, аhаmiyati ko‘zdа tutilаdi. 
Taqriz yozishda quyidagi sxemaga amal qilinadi:
1. Tezis (umumiy holati) va uni ochib berish.
2. Kitob (film, teatr, maqola)ning baholanishi.
Taqrizning boshlang‘ich qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi: 
Kitob (film, teatr, maqola)da hikoya qilinadi.  
Kitob (film, teatr, maqola)da muammolar ko‘tariladi.
Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Men … hisoblayman …
Mening fikrimcha…
Mening nazarimda…
… menga yoqdi.


… menda katta taassurot uyg‘otdi.
Kitob (film, teatr, maqola) … o‘rgatadi. 
 

Download 494.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling