Kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumiy qoidalar
-MAVZU: Sohaga oid ixtiyoriy maqolaga rezyume tayyorlash
Download 494.39 Kb. Pdf ko'rish
|
Publitsistik nutq uslubi.Publitsistik maqolalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rezumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat
12-MAVZU:
Sohaga oid ixtiyoriy maqolaga rezyume tayyorlash Hozirgi paytda ko‘plab zamonaviy tashkilotlar va ayniqda xalqaro korxonalar ishga topshirayotgan shaxslardan rezume yuborishlarini talab qilishadi. Rezume o‘zi nima degani? Rezume fransuzcha “résumé” so‘zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezume ishga topshirayotgan inson to‘g‘risida ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi, ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qiziqishlari va hokazo. Rezume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O‘zbek tilida bunday hujjat “tarjimayi hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi mumkin, lekin rezumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezume, asosan, ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha menejerining rezumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi. Rezumeda ish izlovchi shaxs to‘g‘risida qisqacha ma’lumot yoziladi. Ish beruvchi eng birinchilardan bo‘lib aynan rezumega e’tibor qaratadi. Ya’ni ishga topshirgan insonni ko‘rmasdan va bilmasdan turib rezume orqali u bilan tanishadi. Shuning uchun, rezume ishga topshiruvchi shaxs to‘g‘risida bexato, aniq va eng asosiysi topshirilayotgan ishga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni qamrab olishi kerak. Yaxshi tuzilgan rezume ishni qo‘lga kiritishning birinchi va eng muhim poyqadami hisoblanadi. Agar rezumengiz orqali ish beruvchini ishontira olmasangiz, keyingi bosqichga o‘tish imkoni bo‘lmaydi! Rezumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat: 1. Shaxsiy ma’lumot a. Ism-sharif (talab qilinadi) b. Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi) c. Jins (majburiy emas) d. Millat (majburiy emas) e. Tug‘ilgan sana (majburiy emas) 2. Qisqacha mazmun va yoki professional maqsad (ixtiyoriy) a. Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o‘tish. Misol: 6 yillik tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish mutaxassisi. Ingliz va rus tillarini mukammal biladi. 2008-yilda Biznesni boshqarish yo‘nalishi bo‘yicha Magistraturani oliy darajada tamomlagan va ilmiy darajaga ega. 3. Ma’lumot a. Ilmiy daraja/diplom, mutaxassislik, o‘qigan yili (yoki daraja berilgan yil), o‘quv yurtining nomi, manzili (shart) b. Topshirilayotgan ishga taalluqli fanlar nomi va soati (shart emas) c. Agar a’lo darajada bitirgan bo‘lsa, shuni ham bildirib o‘tish kerak Misol: 2006-2008 Magistratura, Biznesni Boshqarish. O‘zbekiston Milliy Universiteti. Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Universitet-4 ko‘chasi. www.nuu.uz. Taalluqli fanlar: Loyiha tuzish va boshqarish (22 soat); Makroiqtisodiyot (25 soat) 4. Tajriba a. Ishlagan sana, lavozim, tashkilot nomi, manzili, qisqacha vazifalari va yutuqlari b. Eng oxirgi ish joyidan boshlab yoziladi Misol: 25.01.2008 – 10.02.2011 Loyiha mutaxassisi, “Yoshlarda ish ko‘nikmalarini rivojlantirish loyihasi”. NNT “Faol”, Shahrisabz ko‘chasi 1-uy, Toshkent. Tel: 267-00-00 Yoshlar uchun 5-kunlik treninglarni tashkil qilganman: trening rejasini tuzish; trenerlarni jalb qilish; joy va kerakli jihozlarini tayyorlash; ishtirokchilarni taklif qilish; trening paytida barcha ishlarni koordinatsiya qilish; trening hisobotini yozish. Har bir ishga topshirganda alohida rezume yozish maslahat beriladi. Rezumeda, asosan, topshirilayotgan ishga taalluqli ma’lumotni kiritish kerak. Buning uchun topshirayotgan ishingiz bayonotini yaxshilab o‘rganib chiqing va tashkilotning o‘zini ham o‘rganishga harakat qiling. Tug‘ilgan yili, jinsi va millatini yozish shaxsning o‘ziga bog‘liq. Ba’zida ish beruvchi tomonidan shu ma’lumotlar asosida farqlash va diskriminatsiya qilish hollari ham uchragan, shuning uchun ko‘plab tashkilotlar bunday ma’lumotni majburiy ko‘rmaydilar. Ba’zilar rezumega o‘z rasmlarini ham qo‘shadilar. Rasm qo‘shish ixtiyoriy. Agar shaxsiy vebsaytingiz bo‘lsa, uni ham qo‘shing. Ba’zi mutaxassislar, ayniqsa, disayner va rassomlar, o‘zlarining ishlarini ko‘rsatish maqsadida tashqi saytda joylashgan manzillarni qo‘shishlari ham mumkin. Agar ishga topshiruvchi hozirda talaba bo‘lsa, unda kutilayotgan bitirish sanasini ko‘rsatish kerak. Agar talabalik davrida biror qo‘shimcha tajriba orttirilgan bo‘lsa, shuni ham yozib o‘tish tavsiya etiladi. Masalan: universitet qoshidagi gazetaga muharrirlik qilgan; yoki “Yosh lider” talabalar tashabbusini boshqargan. Ishga topshiruvchining tajribasi uncha ko‘p bo‘lmasa shu kabi ishlarni ham Ish Tajribasi bo‘limida sanab o‘tish mumkin. O‘rta maktab ta’limi to‘g‘risidagi ma’lumot ham ba’zida so‘ralishi mumkin. Shunda o‘qigan yillari, maktab nomi va yoki soni va manzili yozilishi kerak. Agar shaxsning tajribasi ko‘p bo‘lsa va ko‘p joyda ishlagan bo‘lsa oxirgi 5 yillik yoki oxirgi 5 ta ish joyini to‘liq ko‘rsatib o‘tib, qolganlarini qisqacha sanab o‘tsa ham bo‘ladi. Tajribani yozganda topshirilayotgan ishga taalluqli vazifa va funksiyalarni sanab o‘tish ma’qul. Agar imkoniyat bo‘lsa, aniq ma’lumot berib o‘tgan yaxshi. Masalan, seminar-trening mutaxassisi lavozimiga ishga topshirayotgan bo‘lsangiz unda oldin qanday mavzudagi treninglarni tashkil qilganingiz, trening kimlar uchun va qanday tashkil qilinganligi to‘g‘risida yozsangiz shu kabi ma’lumot ishga oluvchi uchun muhimroq bo‘ladi. Download 494.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling