Kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/29
Sana18.06.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1588832
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
Mamajonova G.K. БЛИ

 
 


24 
OTM o‘quv jarayonlarini tashkil etish va natijasini baholashda
innovatsion yondashuv
 
Jahonning barcha oliy ta’lim muassasalarida oliy ta’lim sifati, ya’ni sifatli 
kadrlar tayyorlash hamma vaqt ham dolzarb masala bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib 
qoladi. Sifat masalasi, ayniqsa, XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida yana ham 
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hozirgi kunda butun dunyo bo‘ylab globallashuv jarayonlarining rivojlanishi 
natijasida, axborot-kommunikasion texnologiyalardan keng foydalanish muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim tizimida ham zamonaviy texnologiyalarning joriy 
etilishi, tizimning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi, mehnat unumdorligining 
oshirilishiga xizmat qilishi shubhasizdir. Ta’limni modernizasiya va isloh qilish 
jarayonlari oliy ta’lim tizimida, ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu yerda dars berish 
jarayonida yangi texnologiyalar ta’lim sifatini oshirish maqsadida doimiy ravishda 
joriy etiladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, ta’lim tizimini isloh qilish jarayoni mamlakatda 
amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning zaruriy omili hisoblanib doimiy 
xarakterga ega. Bu jarayonda oliy ta’lim sifatini ta’minlash jarayonlariga ilg‘or xorijiy 
tajribalar va modullarni tatbiq etish muhim ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.
Shu bilan birga axborot-texnologiyalarning keng joriy qilinishi mamlakat 
iqtisodiyotini o‘sishiga ham zamin yaratadi. Hozirgi kunda “jahon miqyosida 
yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotning taxminan 5,5 foizi axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari sohasiga to‘g‘ri kelmoqda. Koreya Respublikasining yalpi ichki 
mahsulotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ulushi 11,8 foizdan ziyodni, 
Shvetsiyada 7 foizni, Amerika Qo‘shma Shtatlarida esa 6,8 foizni tashkil etadi”.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
hukumatining 
ta’lim 
tizimi 
faoliyatini 
takomillashtirish borasidagi qator qarorlarining qabul qilinishi Respublika ta’lim 
tizimida muhim voqea bo‘lib hisoblanadi. Bu hujjatlarda respublika ta’lim 
muassasalarida yuqori malakali, bilimdon kadrlar tayyorlashning usul va yo‘llari, 
bosqichlari aniq belgilab berilgan va ular ta’lim sohasida
amalga oshiriladigan 
islohotlarning amaliy dasturlari hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim tizimi sifatini 


25 
oshirishga xizmat qiladi. Yukoridagilarni inobatga olgan xolda biz ta’lim sifatini 
oshirishda quydagi innavasion yondashuvni taklif qilamiz:
Oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayoniga internet texnologiyalari asosida
ommaviy onlayn ochiq kurslarini keng joriy etish va yanada rivojlantirish lozim. 
Respublikamizda Blended learning asosida oliy ta’lim tizimini tashkil etishni yo‘lga 
qo‘yish, takomillashtrish, ommalashtirish, aralash ta’lim bo‘yicha rivojlangan 
davlatlar tajribasini chuqur o‘rganish hamda aralash ta’lim milliy modeli ishlab chiqish 
zarur.
Professor-o‘qituvchilarni 
ta’lim 
tizimida 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha ta’lim 
muassasasida o‘quv-seminarlar tashkil qilish (bu bo‘yicha kerak bo‘lsa boshqa 
yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan mutaxassislarni jalb qilish).
Fanlarni o‘qitish bo‘yicha xorijiy davlatlarda olib borilayotgan jarayonlar bilan 
muntazam tanishib borish va ta’lim muassasalariga joriy qilish.
Talabalarni internet va interanet muhitida biometrik usul asosida 
identifikasiyalash orqali nazorat ishini va davomatni tashkillashtirish imkoniyatini 
beruvchi dasturni boshqa OTMlarga joriy etish.
Loyihada taklif etilgan biometrik ma’lumotlarga asoslangan elektron dekanat 
tizimini an’anaviy ta’lim jarayonini tashkil etishda joriy etish va elektron yo‘qlama 
tizimi bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taklif etilgan elektron 
jurnal tizimi bilan o‘zaro intagrasiyasini yo‘lga qo‘yish zarur.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling