Kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi
I.2. “Hozirgi zamonda etika va estetikaning dolzarb muammolari” mavzusini
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Mamajonova G.K. БЛИ
I.2. “Hozirgi zamonda etika va estetikaning dolzarb muammolari” mavzusini
o‘qitishdagi innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar Bo‘lajak mutaxassilarni tayorlashda, zamonaviy o‘quv jarayonlarni tashkil qilish va ta’lim berishda bo‘lgan yangicha yondoshish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashni talab etadi. Hozirgi zamon o‘qituvchisi ilmiy bilimning uzatuvchi(translyator)si bo‘libgina qolmay, o‘zi mustaqil ravishda dars berishning optimal strategiyasini tanlay olishi, zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalarini qo‘llay olish, ta’lim jarayonida ijodiy, interfaol muhitni tashkil qila olishi zarur. Eskicha a’nanaviy o‘qitish formasi bugungi kunda ta’lim xizmatining sifati pastligidan dalolat beradi. Bunday texnologiya talabani faqat eshituvchiga aylantiradi, ta’lim sifati pasayadi, o‘zlashtirish darajasi ham yuqori bo‘lmaydi. Talabalar bilimni baholash so‘roq shaklida, mustaqil va nazorat ishlari, testlar o‘tkazish yo‘li bilan o‘quv semestri yakunida o‘tkazilib, qisqa muddatli sinovlar orqali sayoz amalga oshirilib kelar edi. Innovatsion ta’lim olishning aktiv usullariga, ta’lim jarayonida turli o‘quv vositalari, kompyuter texnologiyalarini qo‘llash qaratilgan. Ikki tomonlama dialog, interaktiv savol-javoblar, “aqliy xujum” kabi, talabani fikrlash doirasini chuqurlashga, kengaytirishga va mantiqiy xulosa qilishga yo‘naltirilganligi auditoriyani passiv tinglovchidan aktiv – ta’lim oluvchiga, mavzu bo‘yicha o‘z amaliy nuqtai nazarining izohlay oladigan va fanlar aro integrasiyasini tashkil qila biladigan ta’lim xizmati iste’molchisiga aylantirish zarur. Hozirgi zamon oliy ta’lim muassasalarini innovatsion universitet, institutlarga aylantirish uchun, ular faoliyatiga yangicha yondashish talab etiladi: - ta’lim jarayonini yangicha “innovatsion” tashkil etish; - pedagog mutaxassislarni to‘g‘ri tanlash va baholashning yangicha yondashuv; - ta’lim muassasasining tashkiliy madaniyati va xulqiga bo‘lgan talabni kuchaytirish. Ta’lim jarayonini innovatsiyalash o‘quv jarayonini potensial elementlarining rivojlantirish orqali, ularning boshqarish, taqsimlash usullarining yangilashga yo‘naltirilgan. 20 Oliygohlarda professional kadrlar tayyorlashning bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish, ular raqobatbardoshligini ta’minlash hozirgi zamon taraqqiyoti talabidir. Ta’lim jarayonida innovatsiyalarning xususiyatlari shuni anglatadiki, yangi ta’lim texnologiyalarining ta’lim xizmati sifatida ijtimoiy va bozor talablariga yo‘naltirilganligidir. Eng asosiy vazifasi esa, kasbiy pedagogik faoliyatni sifat jihatdan tubdan yangilashdan iborat. Ta’lim dasturining amalga oshirish bo‘yicha ta’lim muassasasi faoliyati birichidan o‘quv jarayonining tashkil etishdan iborat, shuning uchun samarali, sifatli, innovatsion – ta’lim jarayoni 21 asr ta’lim tizimning asosiy talabidir. Ta’limga innovatsion yondashish 1. Fanga doir innovatsiya “Klaster”, “Sinkveyn” va “Keys stadi” usullari qo‘llash. Fan xususiyatidan kelib chiqqib uni talabaga o‘qitish, yangi usullarni qo‘llash orqali, o‘zlashtirish darajasini ko‘tarish, o‘quv-uslubiy komlekslar yaratish, mustaqil mualliflik texnologiyalarini yaratish. 2. Umummetodologik innovatsiya – mavjud pedagogik amaliyot noan’anaviy pedagogik tehnologiyalarni joriy etish orqali (ijodiy ishlarni bajarishda, loyixaviy vazifa, kurs ishlari). 3. Idealogik innovatsiyalar – davr bilan hamoxang ravishda ong va tafakkurni yangilash orqaligina, innovatsiyalarni birinchi darajadagi zaruriyat sifatida anglash ro‘y beradi. 4. Ma’muriy innovatsiyalar – turli darajadagi rahbar (boshqaruv bosqichlardagi), masalan, rektor, prorektor (dekanlar, kafedra mudirlari) tomonidan qabul qilinadigan qarorlar zamonaviy menejment uslublarining integrasiyasi asosida qabul qilinishi, ta’lim faoliyati subyektilari yuqori samaradorligiga yo‘naltirilganligi bilan xarakterlanadi. Shunday qilib, oliy ta’limdagi bugungi innovatsiya fan, ta’lim va amaliyotining integrasiyasiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Falsafa fanining innovatsion faoliyati maqsadi ta’lim olayotgan talabalarni sifat jihatidan o‘zgartirish, ularning raqobatbardosh, intelektual jihatlarini rivojlantirish, 21 kasbiy malakani chuqur o‘zlashtirgan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Ta’limda pedagogik yondashuvning vazifasi hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga moslashuv, ta’lim jarayonini subyektlarini manfaatlarini inobatga olishdan iborat. Bugungi kunda sifatli oliy ta’lim olgan subyekt mehnat bozorida talabga ega bo‘ladi. Tez o‘zgarayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda bozor kon’yukturasini o‘zgarib borayotgan bir paytda raqobatbardosh bo‘lishga kuchi yetadi. Chuqur bilim, ortirilgan malaka va amaliy tajriba sifatining asosiy omillaridan bo‘lib, innovatsion ta’lim bu ko‘rsatkichlarni 21 asr taraqqiyotiga tayyorlashi buguni kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling