Kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Modulli o‘qitish – innovatsion pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi sifatida


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/29
Sana18.06.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1588832
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
Mamajonova G.K. БЛИ

Modulli o‘qitish – innovatsion pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi sifatida
 
Bugungi kunda respublikamiz va xorijda yuz berayotgan o‘zgarishlar ta’lim 
sohasi oldiga ko‘plab vazifalarni qo‘ymoqda. Bu vazifalarni amalga oshirish bizdan 


17 
umum madaniy dunyoqarashini kengaytirishni, umumiy va professional omilkorlikni 
doimiy ravishda oshirib borishni, mustaqil faoliyat yurgizib, muammoli sharoitlardan 
chiqib keta olishni, puxta bilim, ko‘nikma va malakalarni, tashabbuskorlik va 
tadbirkorlik kabilarni talab kiladi.
Bu borada pedagogik texnologiyaning milliy modelini ta’lim-tarbiya 
jarayoniga tatbiq etish yulida o‘quv fanlari mashg‘ulotlarining loyixalarini tuzish
o‘quv jarayoni loyixalarini tuzishda modulli o‘qitish nazariy jihatdan asoslangan 
bo‘lib, uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish mexanizmini yaratish dolzarb masaladir.
Modul so‘zining asl ma’nosi «Model» (frans. Modele- namuna, lotincha - 
modulus- o‘lchov) shartli obraz (ko‘rgazma, sxema va b.) ya’ni obyekt yoki obyektli 
tizim ma’nolarini bildiradi.
Modul - «Maqsadli funksional tugun: uni egallashning o‘quv mazmuni va 
texnologiyasi». Shunday qilib, modul o‘z tarkibiga harakatlarning maqsadli rejasini - 
«funksionallik», «axborotlar banki o‘quv mazmuni» va qo‘yilgan didaktik 
maqsadlarga erishish buyicha metodik boshkaruv - «texnologiya» yoki o‘quv 
kursining ta’lim dasturi fragmentiga («blokka», «funksional tushuncha») muvofiq 
keluvchi mantiqiy aloqa bilan umumlashgan, bilim, ko‘nikma va malakalarining 
yakuniy birligidir.
Modul - ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘quv materialining qo‘yilgan 
maqsadi, bilimlarning mantiqiy bog‘liqligi va fikrning tutallanganligidan kelib chiqib, 
ierarxiya pog‘onalarga ajratilgan bo‘laklari yoki modul - pedagogik texnologiyani 
tashkil qiluvchi tarkibiy bo‘laklarni ifoda etuvchi tushuncha.
Bunda kichik tarkibiy bulakni kichik modul, boshqalarini esa o‘z ichiga qancha 
shunday modulni olishiga qarab o‘rta va katta modullar deb ataladi. Modulli o‘qitish 
texnologiyasi, mazmunli yondashuvni ifodalaydi
Modulning elementi esa moduldagi o‘quv axborotining tarkibini aniqlovchi, 
modulning tarkibiy kismi xisoblanadi.
Ch.Mirzayev fikricha, modul - ma’lum xodisa, qonun, bo‘lim, yirik mavzu yoki 
o‘zaro bog‘lik tushunchalar guruxini o‘z ichiga oladi yoki o‘quv materialining 
mantiqan tugallangan birligi bo‘lib, o‘quv fanining bir yoki bir iecha fundamental 


18 
tushunchalarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, modulni ba’zan bo‘lim yoki blok deb 
xam tushunishadi. Modul - bu o‘quv axborotining mantiqiy ajratilgan bir qismi bo‘lib, 
u bir butun va tugallangan mazmun xamda uzlashtirish nazoratidan iborat. 
Modul o‘qitish usuli asosida fan o‘quv mashgulotlarining loyihalari tuzib 
chikiladi. O‘kuv predmeti va uning bo‘limlari mazmunini tartibga solib, ta’limning 
muayyan boskichidan boshlab yo‘naltirilgan faoliyatni mantikiy bog‘langan kismlarga 
ajratgan xolda, modulning o‘ziga tegishli maksad, faoliyat mazmuni va ta’sir doirasi
belgilanadi. Ya’ni, o‘quv predmetini bir butunlikda «Eng katta modul» deb qabul qilib, 
unda beriladigan materiallarni hajmi va mazmunidan kelib chiqib, - «Katta», «O‘rta» 
va «Kichik» modullarga ajragiladi va bu jarayonda ishtirok etadigan barcha 
elementlarni - «Maqsad va maqsadchalar», ularga ajratilgan «Vaqt», «Bilimlar tizimi 
va ular ichidagi tayanch tushunchalar», «O‘quv mashg‘uloti «Turi va tipi», 
«Pedagogik uslublar», «Axborot texnologiyalar» va «Didaktik materiallar»ning o‘zaro 
uzviy bog‘likdiqda ko‘rib, har birini qo‘llash joylari va yo‘llari aniqlanib, o‘quv 
mashg‘ulotining loyihasiga belgilab qo‘yiladi.
Ushbu jarayonda sodir bo‘layotgan har bir faoliyat o‘quv elementa sifatida 
karaladi. U nazariy va amaliy va ta’lim uchun zarur bo‘lgan faoliyatni ta’minlovchi 
materiallar, o‘qituvchi va ta’lim oluvchilarning maksadlari, o‘kuv materiali hajmi va 
o‘kuv sharoitini nazorat qilish shakl, vositalaridan iborat bo‘ladi.
Xulosa kilib aytganda, ta’lim tizimida joriy etilayotgan ushbu modulli 
texnologiyalar bugungi kunda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, ularni 
takomillashtirish va samaradorligini ta’minlash orqali ijobiy natijalarga erishish 
mumkin, qolaversa bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanishini boskichma-boskich 
ta’minlab beradi. Ta’lim oluvchi modullar bilan ishlash jarayonida o‘kuv-bilim 
faoliyati oldiga qo‘yilgan maksadga mustakil ravishda to‘lik erishadi. O‘qigiladigan 
fanlarning o‘quv mashg‘uloti va ularning loyihalarini tuzib chikishda asosiy 
hisoblanadi. Bu esa ta’lim oluvchilarni o‘quv materialini samarali uzlashtirishlarini 
ta’minlaydi.


19 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling