Kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/29
Sana18.06.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1588832
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
Mamajonova G.K. БЛИ

Tayanch tushunchalar 
Axloq (arab. xulqning ko’pligi; lot. moralis — xulq-atvor) — ijtimoiy ong 
shakllaridan biri, ma’naviy hayot hodisasi, ma’naviyat sohasiga oid tushuncha. 
Kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, ijtimoiy va shaxsiy 
hayotdagi o’zaro, shuningdek, jamiyatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib 
turuvchi barqaror, muayyan norma va qoidalar yig’indisi. A. normalari kishilarning 
xatti-harakatlarida o’z ifodasini topadi. Bunda ba’zi xatti-xarakatlar, xulq-atvorlar 
A.iy, ba’zilari A.sizlik deb baholanadi. A. ijtimoiy ongning eng qad. shakllaridan 
biridir. Davr o’zgara borgan sari har qanday hodisa kabi A. ham o’zgaradi, rivojlanib, 
takomillashib, ma’naviy madaniyatning ko’rinishlaridan biriga aylanib boradi. A.ni 
alohida fal-iy fan – “Amaliy etika” yoki “Axloqshunoslik” o’rganadi. Ilm, bilim, 


39 
dunyoqarash, idrok va iymon insonning xulq-atvorida o’ziga xos tarzda aks etadi. 
Insoniylik madaniyati esa axloqiy fazilatlar orqali namoyon bo’ladi. A. ijtimoiy 
munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida mavjud bo’lgan insonlarning o’z-o’zini 
idora qilish shakllari va me’yori, o’zaro muloqot va munosabatlarda ularga xos 
bo’lgan ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo’lishi hamdir. 
Axloqsizlik-jamiyatda qabul qilingan axloqiy me’yorlardan chetga chiqish: 
boqimandalik, yolg’onchilik, ichkilikbozlik, fohishabozlik, o’g’rilik, hasad, g’iybat, 
tuhmat, vatanfurushlik, e’tiqodsizlik va shular kabi barcha salbiy xislatlarning 
namoyon bo’lishi. 
Bioetika –hozirgi zamon Amaliy etikasining muhim yo’nalishlaridan biri. B. 
inson hayotini eng oliy axloqiy qadriyat sifatida qaraydi, shu bilan birga, inson 
hayotini saqlash muammosini – yaxshilik va yomonlikni farqlashning muhim mezoni, 
deb hisoblaydi. Hoz. zamon fanida B. tirik mavjudotlar, shu b-n birga, insonga ham 
bo’lgan munosabatlarning ma’naviy-axloqiy regulyativi, deb qaraladi. Insonning tabiat 
b-n uzluksiz aloqasini ma’naviy tahlil etish asosida, tabiatni muhofaza etishda ahloqiy 
javobgarlik B.ning madaniy negizini tashkil etadi. B., sotsial masalalalar b-n 
birgalikda, qadriyatlar muammosini ham qamrab oladi. B. maqsadlaridan biri - shaxsni 
turli holatlarga solish imkoniyatlarini yaratuvchi, inson xatti–harakati, ruhiyatini 
o’zgartirish mumkin bo’lgan, uning ustidan o’tkazilayotgan xilma-xil tadqiqotlarni 
cheklash mezonlarini ishlab chiqadi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling