Kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi
Jahon oliy ta’lim tizimida etika va estetika sohasi
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Mamajonova G.K. БЛИ
Jahon oliy ta’lim tizimida etika va estetika sohasi Garvardda estetika bo‘yicha 3 ta markaz 18 yo‘nalishda va 46 ta fandan ilmiy hamda ta’lim ishlarini olib boradi. 1 ta Etika fakulteti 1 ta laboratoriya Oksfordda “Estetika” fakulteti tashkil etilgan bo‘lib, 66 ta fan o‘tiladi. Mazkur fakultetning har bo‘limida 4000 mingdan ziyod talabalar taxsil oladi. Prinston universitetida “Estetika” kafedrasida 30 dan ortiq fanlar mavjud. 1 ta Eika uyushmasi mavjud. Daniyada maxsus “Estetika” universiteti faoliyat olib boradi. 29 Pensilvaniyada Etika universiteti faoliyat olib boradi 7 . Avstriya, Kanada, Angliya, Germaniya, Gresiya, Hindiston, Isroil, Eron, Italiya, Niderlandiya, Shvesariya, Shotlandiya, Norvegiya, Shimoliy Afrika davlatlarining oliy ta’lim muassasalarida alohida Etika va Estetika kafedralari va markazlari mavjud. Mazkur universitetlar hozirgi paytda jahon oliy ta’lim muassasalarining reytingida kuchli o‘ntalikning ichida turibdi. 8 . Takidlash joizki, O‘zbekiston ta’lim tizimida axloqiy va estetik bilimlarning o‘rnini belgilash, uni amalga oshirishda tizimdagi o‘zgarishlar, qabul qilingan qonun, dastur va ular asosida qabul qilingan meyoriy hujjatlarning tarkibida ham e’tibor qaratilgan muhim jihat axloqiy madaniyatning eng yuksak namunasini o‘zida jamlagan, estetik did, go‘zallik va nafosatda milliylik bilan birga zamonaviylikni uyg‘un anglay va qo‘llay biladigan kadrlarni tayyorlash, ularni ishlab chiqarish va jamiyatning turli jabhalaridagi qaynok nuqtalarga yetkazish kelajakdagi asosiy maqsab hisoblanadi. Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida estetika fanini o‘qitish jarayoni muvaffaqiyatli olib borilmoqda. Buning misoli sifatida barcha oliy o‘quv yurtlarida falsafa alohida fan sohasi sifatida o‘qitilishi, o‘quv rejada fanga ajratilgan auditoriya soatlarining ko‘pligi va o‘qitishdan kutilayotgan natijalarning samaradorligidadir. Bu esa talabalarning fanni yaxshi o‘zlashtirishi va kelajakda kasbiy faoliyatida amalda qo‘llashiga imkoniyat yaratadi. 7 Muxamedjanova L.A. Etika va estetika fanlarini o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘zMU, 2017, B. 24 8 Muxamedjanova L.A. Etika va estetika fanlarini o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: O‘zMU, 2017, B. 24-25 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling