48
1.
Keys
va
uning
axborot
ta’minoti bilan
tanishish
Avvalo keys bilan tanishing. “
Hozirgi zamonda etika va
estetikaning dolzarb muammolari” haqida tushuncha hosil qilish
uchun bor bo‘lgan butun axborotni diqqat bilan o‘qib chiqish lozim.
O‘qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang
2.
Berilgan
vaziyat
bilan
tanishish
Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o‘qib chiqing. Siz
uchun muhim bo‘lgan satrlarni belgilang.
Bir abzasdan ikkinchi
abzasga o‘tishdan oldin, uni ikki uch marotaba o‘qib mazmuniga
kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini
chizib qo‘ying. Vaziyat tavsifida berilgan
asosiy tushuncha va
iboralarga diqqatingizni jalb qiling. Ushbu
vaziyat
“Buyuk
vatandoshlarimizning ko‘rsatgan jasorat va qahramonliklari bizga
ulug‘vorlik sifatida doimo kuch bag‘ishlaydi. Lekin jamiyatda sodir
bo‘layotgan pastkashliklar, tubanliklar va razilliklar kuchli nafrat
hissini uyg‘otadi. Hech birimizga sir emaski ayrim yoshlarimiz
shunday tubanlik botqog‘iga botib qolmoqda. Berilgan vaziyatlarni
o‘rganing. Nimaga? Qaerga? Qanday qarash kerakligini aniqlab
oling
3.
Muammoli
vaziyatni
tahlil qilish
Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling.
Asosiy muammo nimaga qaratilganini aniqlang.
Muammoning
asosiy mazmunini ajratib oling. Muammoli vaziyatni tahlil qilish –
obyektning holatini aniqlang, asosiy qirralariga e’tibor qarating,
muammoli vaziyatning hamma tomonlarini tahlil qiling. Ma’naviy
barkamol, komil insonni tarbiyalash
zarurati oshib borishi
sabablarini, uning millat, mamlakat va umuminsoniyat oldida
turgan ulkan vazifalar bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatib bering
4. Muammoli
vaziyatni
yechish
usul
va vositalarini
tanlash hamda
asoslash
Ushbu vaziyatdan chiqib ketish harakatlarni izlab topish maqsadida
quyida taqdim etilgan “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldirishga
kirishing. Muammoni yechish uchun barcha vaziyatlarni ko‘rib
chiqing, muqobil vaziyatni yarating.
Muammoning yechimini aniq
variantlardan tanlab oling, muammoning aniq yechimini toping.
Jadvalni to‘ldiring. Keys bilan ishlash natijalarini yozma shaklda
ilova eting
Do'stlaringiz bilan baham: