Kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keys tavsifnomasi


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/29
Sana18.06.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1588832
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Bog'liq
Mamajonova G.K. БЛИ

 
Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keys tavsifnomasi 
Keysning asosiy manbai kabinetli, lavhali bo‘lib, hayotiy vaziyatlar asosida 
bayon etilgan. Keysning asosiy obyekti shaxsga yo‘naltirilgandir. Bu tashkiliy 
institusional keys bo‘lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi 
o‘rtacha, tizimlashtirilgan bo‘lib, treningga mo‘ljallangan o‘quv mavzu bo‘yicha bilim 
va ko‘nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko‘ra keys 
muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan. 
Ushbu keysdan “Falsafa”, “Axloqshunoslik”, “Ma`naviyatshunoslik” fanlarida 
hamda murabbiylik soatlarida foydalanish mumkin. 
 
KEYS: Estetikaning mezoniy tushunchalari 
Kirish. Hozirgi zamonda etika va estetikaning dolzarb muammolari” 
mavzusi “Falsafa” fanidan muammoli vaziyatlarni hal etish bo‘yicha amaliy 
mashg‘ulotda “Keys stadi”ga asoslangan o‘qitish texnologiyasi asosida ishlab 
chiqilgan.
Har bir fanning muayyan tadqiqot obyekti bo‘lib, bu obyekt tabiat, jamiyat va 
tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishga qonun va mezoniy tushunchalar asosida 
olamni yangidan idrok etishga qaratilgan bo‘ladi. 
San’at inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va ijtimoiy borliq bilan 
doimo hamkorlikda vujudga keladi. 
 


46 
(Vaziyat) 
Yevropaparastlik va amerikacha madaniyat ta’siri, shu ta’sirga jiddiy moyillik — 
“ommaviy madaniyat»ga ergashish, odatda, dunyoqarashi, ongi to‘liq shakllanmagan, 
milliy g‘oya va qadriyatlar mohiyatini anglab yetmagan yoshlar orasida ko‘proq 
kuzatilmoqda. Milliy madaniyat asoslari, mazmun-mohiyatidan begona ruhiyatda 
voyaga yetayotgan yoshlar tabiiy ravishda sanab o‘tilgan madaniyatlarga taqlid qiladi 
va bundan manfaat izlovchi turli yot kuchlar qurboniga aylanib boradi. Turli nodavlat 
gazetalarni «bezab» turgan o‘zga madaniyat vakillarining surat va kollajlari, «G‘M» 
radiostansiyalari orqali tinimsiz taralayotgan g‘ayrimilliy musiqalar, shou-dasturlar 
muayyan ma’noda milliy madaniyatga bo‘lgan e’tiborni susaytiradi va ma’naviy-
mafkuraviy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarning samarasini kamaytiradi. Shu 
nuqtai nazardan, Meksika teleseriallari, Hollivud filmlari, «Uolt Disney» multfilmlari 
ruhida tarbiya topayotgan yosh avlod «ommaviy madaniyat» jodusidan o‘zini saqlay 
oladimi, degan savol barchamizni tashvishlantirishi lozim. Zotan, biz shu soddadil 
xalqning farzandi ekanmiz, yodda tutmog‘imiz lozimki, hech kimga uning axloqiy 
qadriyatlarini, qalb kechinmalarini ermak qilish huquqi berilmagan. Ayrim xususiy 
nashrlarda to‘xtovsiz, ta’bir joiz bo‘lsa, «kim o‘zar»ga e’lon qilinayotgan «ijod» 
namunalarini millat ma’naviyatiga tajovuz, deb baholash mumkin.
Shu o‘rinda ta’kidlamoq joizki, global olam muammolari hali bizga taalluqli emas 
deguvchilar qattiq adashadi. Kecha faqat quloqqa aytish mumkin bo‘lgan gaplar bugun 
ochiq-oshkora oila davrasida, hatto ommaviy axborot vositalarida muhokama 
qilinayotgani, o‘zbekning o‘zbekligini manaman deb ko‘rsatib turadigan tutumlarga 
nisbatan yotsirash kayfiyatining vujudga kelayotgani «ommaviy madaniyat» xatari 
milliy qadriyatlarimiz chegarasini buzib kirishga jiddiy urinayotganining yaqqol 
dalilidir. Shunday ekan, madaniyatlar bir xilligiga erishishga intilayotgan kuchlar ja- 
miyatimizga tahdid sola olmaydi, deb xotirjam bo‘lish mumkinmi? 
Xo‘sh, bu illatga qarshi qanday kurash usullari bor? 
Modomiki, «ommaviy madaniyat» g‘oya ekan, unga qarshi qanday g‘oya bilan 
kurashamiz? «Ommaviy madaniyat»ga jon baxsh etib turgan biznesgachi? Unga 


47 
nimani qalqon qilamiz?.. Ana shu savollarning o‘ziyoq «ommaviy madaniyat»ga 
qarshi turish oson kechmasligini ro‘y- rost ko‘rsatadi. 
Odatda, bu masalaga yechim sifatida tarbiya milliy bo‘lishi zarurligi, yoshlarni 
MILLIY RUH asosida voyaga yetkazish lozimligi qayta-qayta ta’kidlanadi. XXI asr 
boshida ham bu muammo kun tartibidan tushmayotgani ma’rifatparvar Abdulla 
Avloniy tarbiyani hayot-mamot masalasi sifatida talqin etgani bejiz emasligini 
ko‘rsatadi. Lekin yana bir haqli savol tug‘iladi: KIM yosh avlodni milliy ruhda 
tarbiyalaydi? 
Aynan ana shu muammolarni oldini olish yo‘llarini ishlab chiqish “Keys 
stadi”ga asoslanadigan o‘qitish texnologiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Keys texnologiyasi amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida o‘rganilgan o‘quv 
mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashga, muammolarni tahlil qilish va qirralarni 
yakka tartibda yoki guruhlarda qabul qilish ko‘nikmalarini egallashga, ijodiy va 
o‘rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish 
qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga va o‘z-o‘zini 
nazorat qilishga yordam beradi. 
Keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mavzu bo‘yicha ma’naviyat 
taraqqiyot mezonlari haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur.
Tavsiya etilgan keysni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi: 

o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash; 

muammoning hamda qabul qilingan yechimning individual va guruhiy 
tahlilida bilim va ko‘nikmalarni qayta topshirish; 

mantiqiy fikrlashni rivojlantirish; 

mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallash; 

o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirib ko‘rish. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling