Kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Mamajonova G.K. БЛИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klonlashtirish
- Transplantatsiya
Ommaviy madaniyat – «Ommaviy madaniyat» G’arb dunyosida o’tgan asrning
ikkinchi yarmida shakllandi. Uni G’arbda «populyar» yoki qisqartirilgan holda, «pop- kultura» (ya’ni «ommaviy madaniyat») deb atashadi. Garchi «madaniyat» deb atalsa- da, aslida, tub mazmun-ma’nosiga, maqsad-niyatiga ko’ra «ommaviy madaniyat» chinakam madaniyatning kushandasidir. Evtonaziya – totli o’lim ham biotibbiy axloqning global muammolaridan. Bedavo dardga chalingan bemorni azob-uqubatlardan qutqarish uchun uning o’limini qasddan tezlashtirishga munosabat yuzasidan tibbiyotchilar, yuristlar, sotsiologlar va psixologlar orasida ko’p sonli bahslar hanuz davom etmoqda. Ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626) engil og’riqsiz o’limni belgilash uchun «evtanaziya» (yunoncha 40 «euthanasia», «eu» – yaxshi, «thanatos» - o’lim), ya’ni azob-uqubatlarsiz, yaxshi, oson va engil o’lim atamasini muomalaga kiritdi. Klonlashtirish – atamasi ingliz tilidagi “slone”, “cloning” so’zlaridan kelib chiqqan va hozirgi kunga kelib o’z yozilishi, o’qilishini biroz o’zgartirgan. Ingliz tilida bu so’z biologik termin sifatida yuz yillar oldin qo’llana boshlagan. Biroq shu qisqa vaqt ichida o’z ma’nosini bir necha marta o’zgartirishga ulgurgan. Dastlab klon so’zi vegetativ yo’l bilan, ya’ni bir o’simlik urug’idan olingan o’simliklar guruhiga nisbatan qo’llangan. Oradan bir muncha vaqt o’tib, ushbu atama bakteriyalar turkumini etishtirishga nisbatan ishlatilgan. Transplantatsiya – odam va xayvonlarda potologik jarayon natijasida shikastlangan yoki olib tashlangan to’qimalar va organlar o’rniga sog’lomini ko’chirib o’tkazish. Xirurgiya usuli sifatida qadimdan ma’lum. Teri, muskul, nervlar, ko’zning muguz pardasi, yog’, va suyak to’qimasi, yurak, buyrak va boshqa organlar ko’chirib o’tkaziladi. Qon quyish-transplantatsiyaning alohida turidir. Ko’chirib o’tkaziladigan to’qima yoki organ kimdan olinganiga qarab quyidagicha farqlanadi. Autotransplantant - bemorning o’zidan, allotransplantat - odamdan odamga, ksenotransplantat - boshqa individdan. Hozir buyrak transplantatsiyasi juda keng yo’lga qo’yilgan. Boshqa organlar, yurak, jigar, endokrin bezlar, o’pka va boshqa organlarni ko’chirib o’tkazish maxsus klinikalarda bajariladi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling