Kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


II.2. Mavzu yuzasidan keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/29
Sana18.06.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1588832
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
Mamajonova G.K. БЛИ

II.2. Mavzu yuzasidan keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar 
Hozirgi zamonda etika va estetikaning dolzarb muammolari mavzusida keys 
ishlanmasi 
 
PEDAGOGIK ANNOTASIYA 
O‘quv predmeti:
Falsafa. 
Mavzu: Hozirgi zamonda etika va estetikaning dolzarb muammolari 
 
Keysning asosiy maqsadi:
Tibbiyotga bozor munosabatlarining kirib kelishi, farmakologiyaning jadal 
rivojlanishi, tibbiyot va farmakologiyada xususiy sektor ulushi ortishi, sog‘liqni 
saqlash sohasidagi degumanizatsiyalashuv jarayonlari, yangi ilmiy va tibbiy 
texnologiyalardan foydalanishning ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy muammolari, inson va 
tabiat munosabatlaridagi muvozanatning oʻzgarishi, ekologik muammolarning 
keskinlashuvi, turli pandemiyalarning jumladan, COVID-19 pandemiyasi kabi global 
muammolarning oʻtkirlashuvi, reklama, “ommaviy madaniyat” kabi omillarning 
insonlar estetik didi va tarbiyasiga ta’siri kabi muammolarning mohiyatini tushunish 
va ularni hal etish bo‘yicha chora – tadbirlarni ishlab chiqish. 
O‘quv faoliyatidan kutiladigan natijalar: 

Axloqiy va estetik muammolarning falsafiy mohiyatini yoritib berish;

dunyoda ro‘y berayotgan fojialar va tubanliklarning hamda yuzaga kelish 
sabablarini 
oldini olishda estetik tarbiyaning rolini ko‘rsatib berish; 

muammoli vazifalarni yechishda nazariy bilimlarini qo‘llash; 

muammoni aniqlab, uni hal qilishda yechim topish. 
Keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi 
bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqlari zarur:
Talaba bilishi kerak: 
Noosfera, etosfera, bioetika, axloqsizlik, transplontologiya, abort, klonlashtirsh, 
“ommaviy madaniyat”, didsizlik 
Talaba amalga oshirishi kerak: 


45 

mavzuni mustaqil o‘rganadi; muammoning mohiyatini aniqlashtiradi; g‘oyalarni 
ilgari suradi; ma’lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqib, mustaqil qaror 
qabul qilishni o‘rganadi; o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lib, mantiqiy xulosa chiqaradi; 
o‘quv ma’lumotlar bilan mustaqil ishlaydi; ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va
umumlashtiradi; 
Talaba ega bo‘lmog‘i kerak: 

kommunikativ ko‘nikmalarga; taqdimot ko‘nikmalariga; hamkorlikdagi ishlar 
ko‘nikmalariga; muammoli holatlar tahlil qilish ko‘nikmalariga. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling