Kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Mamajonova G.K. БЛИ
14 Masofaviy o‘qitish uning o‘ziga xos xususiyatlari, samaradorligi va afzalliklari Globallashuv davrida ta’lim jarayoniga an’anaviy tushunchalar qatoriga yangi- yangi vositalar kirib kelmoqda. O‘qitish va ta’lim jarayoni uchun bular yangilik emas. Ushbu iboralar yonidan joy olgan masofaviy o‘qish, masofaviy ta’lim iboralarining kirib kelishi ta’lim tizimi takomillashuvini, ya’ni texnika asrining asosiy maqsad va vazifalarini belgilab beruvchi kuchga aylanmoqda. O‘qitish – bu ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan tizimli bilim va ko‘nikmalar bilan qurollangan jarayondir. Ta’lim – bu o‘qitishning natijasi bo‘lib, shaxsni tarbiyalash va rivojlantirishdir. Masofaviy o‘qitish – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o‘qitish vositalari va formalarini o‘z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘quv shart-sharoitlari va o‘qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o‘quvchidan ko‘proq mustaqil ravishda shug‘ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o‘qish jarayoni ta’lim oluvchining qaysi vaqtda va qaysi joyda bo‘lishiga bog‘liq emas. Masofaviy ta’lim – masofadan turib o‘quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o‘qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim kompleksidir. Darhaqiqat, masofaviy o‘qitishdan uzluksiz ta’lim tizimida qanday foydalanish mumkin, uning qanday shakl va modellari mavjudligi soha mutaxassislarini qiziqtirishi mumkin. Insoniyat yigirmanchi asr nihoyasida anchagina muammolarga duch keldiki, ular bevosita axborot telekommunikatsiya sohasidagi jiddiy o‘zgarishlar, xususan, axborot texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi hech birimizni befarq qoldirmaydi. Ta’lim, ishlab chiqarish va kishilik jamiyatida yangi axborot kommunikatsiya vositalari kirib kela boshladi. Shu o‘rinda ta’kidlash muhimki, internet global kompyuter tarmog‘ining rivojlanishi butun dunyo ta’lim tizimini takomillashtirishning yangi yo‘nalishlari ochilishiga sabab bo‘ldi. 15 Birinchidan, o‘quv muassasalarining texnik ta’minoti keskin o‘zgarishi, dunyoviy axborot resurslarga keng yo‘l ochilishi o‘qitishning yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruratini keltirib chiqardi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta’lim jarayoniga kirib kelishi an’anaviy o‘qitish usullariga qo‘shimcha ravishda yangi o‘qitish shakli – masofaviy o‘qitishning vujudga kelishiga omil bo‘ldi. Shunday ekan, masofaviy o‘qitish – o‘zaro ma’lum bir masofada internet texnologiya yoki boshqa interaktiv usullar va barcha o‘quv jarayonlari komponentlari – maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o‘qitish usullariga asoslangan o‘qituvchi va tinglovchi o‘rtasidagi munosabat. Masofaviy o‘qitish tizimi – masofaviy o‘qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o‘qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o‘qitish tizimi o‘zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega. Masofaviy o‘qitishning pedagogik texnologiyalari – tanlangan o‘qitish konsepsiyasiga asoslangan masofaviy ta’limning o‘quv- tarbiyaviy jarayonini ta’minlovchi o‘qitish metodi va uslublar majmuasi. Mamlakatimizda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ta’lim tizimining axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan faoliyatlarining keng yo‘lga qo‘yilganligi ham barcha sohalar kabi oliy ta’lim tizimida keng tatbiq qilinayotganligi bugunga kelib, o‘z samarasini bermoqda. Jumladan, respublika oliy o‘quv yurtlarida masofaviy ta’limning yo‘lga qo‘yilishi pedagog kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hukumatimiz va Prezidentimizning ko‘plab qaror va farmonlarida alohida ta’kidlanadiki, oliy o‘quv yurti pedagoglarning kasbiy mahoratini ko‘tarishda uzluksiz ta’limning ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi kunda barcha oliy o‘quv yurtlarida masofadan o‘qitish uchun zarur bo‘lgan texnologiyalar ta’minlangan hamda internet tarmog‘iga ulanib, masofadan o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling