Kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi
Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keys tavsifnomasi
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Mamajonova G.K. БЛИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- San’at inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va ijtimoiy borliq bilan doimo hamkorlikda vujudga keladi.
Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keys tavsifnomasi Keysning asosiy manbai kabinetli, lavhali bo‘lib, hayotiy vaziyatlar asosida bayon etilgan. Keysning asosiy obyekti shaxsga yo‘naltirilgandir. Bu tashkiliy institusional keys bo‘lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi o‘rtacha, tizimlashtirilgan bo‘lib, treningga mo‘ljallangan o‘quv mavzu bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko‘ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan. Ushbu keysdan “Falsafa”, “Axloqshunoslik”, “Ma`naviyatshunoslik” fanlarida hamda murabbiylik soatlarida foydalanish mumkin. KEYS: Estetikaning mezoniy tushunchalari Kirish. “Hozirgi zamonda etika va estetikaning dolzarb muammolari” mavzusi “Falsafa” fanidan muammoli vaziyatlarni hal etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotda “Keys stadi”ga asoslangan o‘qitish texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan. Har bir fanning muayyan tadqiqot obyekti bo‘lib, bu obyekt tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishga qonun va mezoniy tushunchalar asosida olamni yangidan idrok etishga qaratilgan bo‘ladi. San’at inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va ijtimoiy borliq bilan doimo hamkorlikda vujudga keladi. 46 (Vaziyat) Yevropaparastlik va amerikacha madaniyat ta’siri, shu ta’sirga jiddiy moyillik — “ommaviy madaniyat»ga ergashish, odatda, dunyoqarashi, ongi to‘liq shakllanmagan, milliy g‘oya va qadriyatlar mohiyatini anglab yetmagan yoshlar orasida ko‘proq kuzatilmoqda. Milliy madaniyat asoslari, mazmun-mohiyatidan begona ruhiyatda voyaga yetayotgan yoshlar tabiiy ravishda sanab o‘tilgan madaniyatlarga taqlid qiladi va bundan manfaat izlovchi turli yot kuchlar qurboniga aylanib boradi. Turli nodavlat gazetalarni «bezab» turgan o‘zga madaniyat vakillarining surat va kollajlari, «G‘M» radiostansiyalari orqali tinimsiz taralayotgan g‘ayrimilliy musiqalar, shou-dasturlar muayyan ma’noda milliy madaniyatga bo‘lgan e’tiborni susaytiradi va ma’naviy- mafkuraviy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarning samarasini kamaytiradi. Shu nuqtai nazardan, Meksika teleseriallari, Hollivud filmlari, «Uolt Disney» multfilmlari ruhida tarbiya topayotgan yosh avlod «ommaviy madaniyat» jodusidan o‘zini saqlay oladimi, degan savol barchamizni tashvishlantirishi lozim. Zotan, biz shu soddadil xalqning farzandi ekanmiz, yodda tutmog‘imiz lozimki, hech kimga uning axloqiy qadriyatlarini, qalb kechinmalarini ermak qilish huquqi berilmagan. Ayrim xususiy nashrlarda to‘xtovsiz, ta’bir joiz bo‘lsa, «kim o‘zar»ga e’lon qilinayotgan «ijod» namunalarini millat ma’naviyatiga tajovuz, deb baholash mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlamoq joizki, global olam muammolari hali bizga taalluqli emas deguvchilar qattiq adashadi. Kecha faqat quloqqa aytish mumkin bo‘lgan gaplar bugun ochiq-oshkora oila davrasida, hatto ommaviy axborot vositalarida muhokama qilinayotgani, o‘zbekning o‘zbekligini manaman deb ko‘rsatib turadigan tutumlarga nisbatan yotsirash kayfiyatining vujudga kelayotgani «ommaviy madaniyat» xatari milliy qadriyatlarimiz chegarasini buzib kirishga jiddiy urinayotganining yaqqol dalilidir. Shunday ekan, madaniyatlar bir xilligiga erishishga intilayotgan kuchlar ja- miyatimizga tahdid sola olmaydi, deb xotirjam bo‘lish mumkinmi? Xo‘sh, bu illatga qarshi qanday kurash usullari bor? Modomiki, «ommaviy madaniyat» g‘oya ekan, unga qarshi qanday g‘oya bilan kurashamiz? «Ommaviy madaniyat»ga jon baxsh etib turgan biznesgachi? Unga 47 nimani qalqon qilamiz?.. Ana shu savollarning o‘ziyoq «ommaviy madaniyat»ga qarshi turish oson kechmasligini ro‘y- rost ko‘rsatadi. Odatda, bu masalaga yechim sifatida tarbiya milliy bo‘lishi zarurligi, yoshlarni MILLIY RUH asosida voyaga yetkazish lozimligi qayta-qayta ta’kidlanadi. XXI asr boshida ham bu muammo kun tartibidan tushmayotgani ma’rifatparvar Abdulla Avloniy tarbiyani hayot-mamot masalasi sifatida talqin etgani bejiz emasligini ko‘rsatadi. Lekin yana bir haqli savol tug‘iladi: KIM yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalaydi? Aynan ana shu muammolarni oldini olish yo‘llarini ishlab chiqish “Keys stadi”ga asoslanadigan o‘qitish texnologiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Keys texnologiyasi amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida o‘rganilgan o‘quv mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashga, muammolarni tahlil qilish va qirralarni yakka tartibda yoki guruhlarda qabul qilish ko‘nikmalarini egallashga, ijodiy va o‘rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga va o‘z-o‘zini nazorat qilishga yordam beradi. Keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mavzu bo‘yicha ma’naviyat taraqqiyot mezonlari haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur. Tavsiya etilgan keysni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi: o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash; muammoning hamda qabul qilingan yechimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko‘nikmalarni qayta topshirish; mantiqiy fikrlashni rivojlantirish; mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallash; o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirib ko‘rish. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling