2.4. Boshqaruv usullaridan maqsadga muvofiq foydalanish
Ta’kidlash kerakki, amaliyotda boshqaruv usullari tizimi doimo o‘zgarib turadi. Masalan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor tizimiga o‘tishda boshqaruvning iqtisodiy usullari rivojlanganlar. Bundan tashqari, ijtimoiy hayot va iqtisodiyotni demokratlashishi natijasida insoniy omilning roli o‘sgan, shuning uchun ijtimoiy-psixologik omillarga ko‘proq e’tibor qaratila boshlangan.
Ammo, amaliyotda foydalaniladigan boshqaruv usullari, qoidaga ko‘ra, majmuaviy bo‘ladilar, ya’ni ular bir vaqtda iqtisodiy manfaat, ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, ijtimoiy-psixologik omillarni hisobga oladilar. Bunda ayrim usullar aniq vaziyatlarda bir birlarini to‘ldirgan- day bo‘lib, har xil omillarning boshqaruv ob’ektiga ta’sirni majmuaviy belgilashga imkon beradi. Bunday sharoitlarda har xil darajadagi menejerlar boshqaruvning majmuaviy usullarini egallagan bo‘lishlari, tanlovni to‘g‘ri bajarishlari va xuddi ushbu aniq sharoitlarda samaraliroq bo‘lgan usullarni qo‘llashlari kerak.
Mavzu-3 Mehnatni boshqarish usullari
Reja :
3.1. Mehnatni boshqarish mazmuni va iqtisodiy o‘sishning har xil bosqichlarida mehnatni boshqarish turlari
3.2. F.Teylorning mehnatni boshqarish usullari. D.Makgregorning “X” va “Y” nazariyasi
3.3 Sanoatda bandlikning umumiy tamoyillari va mehnat munosabatlarini o‘rnatish
3.4. Mehnatni innovatsion boshqarish. “Sifat to‘garaklari” ishchi guruhlarini tashkil etish
3.1.Mehnatni boshqarish mazmuni va iqtisodiy o‘sishning har xil bosqichlarida mehnatni boshqarish turlari
O‘zining xarakteri bo‘yicha mehnat hamma vaqt ham ijtimoiy jarayon bo‘lgan. Har qanday ijtimoiy mehnat esa belgilangan tashkil qilish va tartibni taqazo qiladi. Kimdir xodimlar oldiga maqsadni qo‘yishi, vazifalarni taqsimlashi, ularni bajarilishi ustidan nazorat qilishi, har holda odamlarni mehnatga undashi, ularning harakatlarini muvofiq- lashtirishi kerak. Mehnatni boshqarishning xarakteri, uning usullari va vositalari doimiy bo‘lib qololmaydilar. Pirovorida ular ishlab chiqarishning o‘zining rivojlanganligi darajasi va uning ijtimoiy shakli bilan belgilanadilar. G‘arbiy adabiyotlarda mehnatni boshqarishni rivojlanishi bosqichlarini XX asr menejmenti nazariyachilar F.Teylor, E. Meyo, R.Likert va boshqalarning ishlari bilan bog‘laydilar. Ba’zi bir tadqiqotchilar iqtisodiy o‘sishning sanoatlashganga qadar, sanoatlashgan va ilmiy-texnik variantlariga mos keluvchi mehnatni boshqarishning hunarmandchilik, texnokratik va innavatsion turlarini ajratishni taklif qiladilar. Bunday davrlarga ajratish jiddiy asoslarga egadir.
3.1- jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |