Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси
Iqtisodiy o‘sishning har xil bosqichlaridagi mehnatni
Download 0.6 Mb.
|
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- F.Teylorning mehnatni boshqarish usullari. D.Makgregorning “X” va “U” nazariyasi
Iqtisodiy o‘sishning har xil bosqichlaridagi mehnatni
boshqarishning turlari.
Hunarmandchilik turi mehnatni boshqarishning oddiy shaklidan iborat bo‘lgan. Sexli tuzilma doirasini buzgan holda, manufaktura oldinlari mustaqil bo‘lgan kasblarni kombinatsiyalashtirgan, bevosita ishlab chiqarish jarayoniga mehnat taqsimotini kiritgan. SHuning bilan bir tomondan ishchilarning o‘zlarini ierarxik chegaralash, boshqa tomondan esa - oldin mustaqil bo‘lgan ishchini yagona jamoaga va intizomga bo‘ysindirish zaruriyati paydo bo‘lgan. O‘sha sharoitlarda mehnatni boshqrishning vazifalari vujudga kelgan mehnatni tashkil qilish, ish haqi tizimi va ish tartibini qo‘llab quvvatlash, ijrochilar ustidan kuzatish va nazoratni amalga oshirishdan iborat bo‘lgan. Mashinali ishlab chiqarishga o‘tish bilan mehnatni umumlashtirish shakllarida sifatiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Mehnatni texnokratik boshqarish shakllangan. U mehnatni ko‘proq taqsimlash va xodimlarni ixtisoslashtirish, ijrochilik mehnatini tashkiliydan boshqaruv mehnatini ajratish bilan ayirish, iqtisodiy majbur qilishning qat’iy shakllarini mo‘ljallash tamoyillariga asoslanadi. Evolyusiyani borishida ushbu tur texnik taraqqiyot, mehnat munosabatlari tizimidagi ilgari siljishlar, davlat siyosati, olimlar va ishlab chiqarish tashkilotchilarining izlanishlari ta’siri ostida katta o‘zgarishlarga duchor bo‘lgan. XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida vazifaviy xodimli boshqaruvni ajralishi va uni tashkiliy tuzilmalar doirasida ajratilishi sodir bo‘lgan. Dastavval xodimlar xizmatlari faqat ishga yollash masalalari bilan, 20-yillardan boshlab esa mehnatni tashkil qilish va hisobga olish, xodimlarni rag‘batlantirish va ularning malakasini oshirish masalalari bilan shug‘ullanganlar. 3.2. F.Teylorning mehnatni boshqarish usullari. D.Makgregorning “X” va “U” nazariyasi Yetakchi firmalarning korxonalarida mehnatdan ratsional foydalanish, ish usullari va yo‘llarini ularning muvofiq birlashuvini belgilash bilan tahlil qilish, ish vaqti, mehnat sarflanishini nazorat qilish, ish haqi tizimini qo‘llash bo‘yicha tadbirlar borgan sari kengroq amalga oshirilgan. Bu yangiliklar tadbirkorlarga mehnatni ko‘proq jadallashtirishga imkon bergan. F.Teylor, G.Emerson, F. Gilbert va boshqalarning asarlari bu faoliyatning nazariy asosi bo‘lgan. F.Teylor shunday usullarni ishlab chiqqanki, ularga ko‘ra ishning har bir turi, har bir operatsiya uchun xronometraj va ishchining harakatlarini sinchiklab o‘rganish yordamida berilgan ishni bajarishning yagona, eng ratsional usuli belgilangan. Barcha xatolar, befoyda harakatlar bartaraf qilingan, eng mukammallari tanlab olingan. Mashhur fransuz fizigi Le SHatelening so‘zlariga ko‘ra, bu sanoatda mehnatni tashkil qilishga nisbatan qo‘llanilgan matematikadan iborat bo‘lgan. YUqori unumdor mehnatga nisbatan iqtisodiy majbur qilishdan foydalanilgan: - ishbay ish haqining alohida tizimi (me’yorni bajargan va oshirib bajarganlar uchun oshirilgan tarif stavkalari va baholashlar; bajar- maganlar uchun - stavkalarni 20-30% ga pasaytirilishi, jarimalar); - vazifalarni bajarilishi va oshirib bajarilishiga ko‘proq darajada yordam beruvchi sharoitlarni yaratish: batafsil yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, mehnatni mayda-chuyda tafsilotlarigacha rejalashtirish, maxsus qurollar bilan ta’minlash, hisob, nazorat. F.Teylor tizimidan foydalangan korxonalarda o‘rtacha mehnat unumdorligi uch yil ichida ikki marta o‘sgan. Birinchi o‘ttiz yil ichida bu tizim etarlicha keng tarqalgan, deyarli barcha yuqori rivojlangan mamlakatlarning kompaniyalari undan foydalanganlar. F.Teylor o‘zining tizimini ishlab chiqarishning muvaffaqiyati birinchi navbatda xodimning o‘ziga, uning jismoniy kuchiga bog‘liq bo‘lgan sharoitlarda ishlab chiqqan. Hozirgi zamon iqtisodiyotida texnika birinchi o‘ringa chiqqan. Va shunga qaramasdan uning tizimi hali ham ishlab chiqarishni ratsionallashtirishning asosida yotadi. Undan bugun ham takrorlanuvchi operatsiyalarga ega korxonalarda keng foydalaniladi. AQSH va boshqa mailakatlardagi F.Teylorning izdoshlari bu tizimni takomillashtirganlar va rivojlantirganlar, ba’zi bir joylariga tuzatishlar kiritganlar. Ular alohida ishlab chiqarish opersiyalarni o‘rganishdan butun ishlab chiqarish jarayonini va uni tartibga solish usullarini o‘rganishga o‘tganlar. F.Teylorning eng yaqin yordamchisi G.Gant o‘ziga xos jadvalni ishlab chiqadi, unda har bir ishchi har qanday vaqt uchun o‘zining ish haqi natijalarini ko‘rishi mumkin edi. Jadvalda yana ishlab chiqarish dasturlarining bo‘limlari va vazifani bajarilishini borishi o‘rtasidagi vaqtincha aloqalar aks ettilgan. Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, bu jadval o‘sha vaqtda mehnatni boshqarishda inqilobni keltirib chiqargan. U korxona doirasidagi ishlab chiqarish jarayonini operativ rejalashtirish, hamda keyinchalik ishdab chiqilgan tarmoqli jadvallarning asosiga yotgan. F.Teylorning zamondoshi F.Gilbret xronometrajning kashfiyotchisi hisoblanadi. Amerika kompaniyalari birining boshqaruvchisi R.Vulf mehnat unumdorligini oshirishning bir qator yangi moddiy rag‘batlarini kiritgan va ishchilarni boshqaruvning ba’zi bir masalalarini hal qilishga jalb qilgan. Sotsiolog M.Follet korxonadagi nizolar muammosi bilan, rahbarlik uslubi bilan shug‘ullangan. Garvard universiteti professori G.Myunsterberg mehnat unumdorligini psixologik omillarga bog‘liqligini ta’kidlagan. U birinchi testning va muxandislik psixologiyasining birinchi tizimli ocherkining muallifi bo‘lgan, kasblarni tanlashga ilmiy yondoshishni boshlab bergan. Muxandislar va ishlab chiqarishning boshqa mutaxassislari bilan bir qatorda psixologlar halokatlar va jarohatlarni oldini olish muammosi, hamda atrofdagi jismoniy sharoitlar - yoritish, isitish, shamollatish va h.k.larning mehnat unumdorligiga ta’sirini tadqiqot qilish bilan shug‘ullanganlar. Ularning g‘oyalari zamonaviy fanda rivojlana boshlagan, uni Evropada ergonomika, AQSHda esa - sotsial injeneriya deb ataydilar. Ushbu olimlar asarlarida shakllangan “mehnatni ilmiy tashkil qilish” tamoyillari ko‘p yillar davomida mehnatni texnokratik boshqarishning asoschisi bo‘lganlar. Birinchi navbatda bu rahbarlikni yakka xodimga qaratish; mehnatni tashkil qilish va rag‘batlantirishga me’yoriy yondoshishni kiritish; mehnat jarayonini rejalashtirish va nazorat qilishni tashkil qilish; xodimlarni tanlab olish va tayyorlashni o‘tkazish; boshqaruv faoliyatiga mehnat taqsimotini kiritish va ixtisoslashtirilgan xodimlar bo‘linmalarini ajratish haqidagi qoidalardir. Texnokratik boshqaruv G. Ford zavodlarida yuqori darajada rivojlangan. Uzluksiz-konveyerli ishlab chiqarishni puxta tashkil qilish, rahbarlikni markazlashtirish va mehnatga ilmiy yondoshish tufayli G.Ford va boshqa kompaniyalardagi uning izdoshlari ishlab chiqarish xarajatlarini ancha pasayishi va ishlab chiqishni oshishiga erishganlar. Fordizm o‘sha vaqtda mehnatni texnokratik boshqarishning o‘zining namoyon bo‘lishi bo‘yicha eng obro‘li texnik-iqtisodiy va sotsial jihatlari bilan jipslashib ketgan. 30-40 yilarda tadbirkorlarning e’tiborini E.Meyo, F.Rotlisberger kabi sanoat psixologlari va sotsiologlarining tavsiyalari o‘ziga jalb qilgan. Ularning yordamlarida korporatsiyalarning xizmatlari, xodimlarni unumdorlikni oshirishga faollashtirish, korxonalardagi sotsial muhitni yaxshilash va mehnatkashlar va ma’muriyat o‘rtasidagi nizolarni yumshatishga harakat qilganlar. O‘sha davrda sotsial-psixologik usullar mehnatni texnokratik boshqarishning asoslarini o‘zgartirmaganlar, faqat uning shakli turli tumanroq bo‘lgan. Ushbu davrda g‘arbiy mamlakatlarda yollanma mehnatdan foydalanish sohasiga davlatning ta’siri kuchaygan. Asosiy yo‘nalishlardan biri - sanoatda bandlikning umumiy tamoyillari va mehnat munosabatlarini o‘rnatishdir. Davlat mehnat sohasidagi korxonalar faoliyatini qonuniy chegaralashlar yordamida tartibga solgan. Masalan, AQSHda 30-yillarda sotsial ta’minotning me’yorlari, ish haqining eng kam darajasi, ish vaqtidan tashqari ishlash soatlariga haq to‘lash, ishlab chiqarishning bir qator sohalaridagi texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi shartlarini belgilovchi qonunlar qabul qilingan. Asosini texnokraktik tamoyillar tashkil qiluvchi, iqtisodiy rivojlanishning sanoat turidagi talablariga javob beruvchi mehnatga rahbarlik qilishning yaxlit tizimi sanoati rivojlangan mamlakatlarda 50- yillarning boshlarida yirik kompaniyalar darajasida vujudga kelgan. 50-60-yillarda ilmiy-texnik omillarning roli oshadi, ishlab chiqarishning texnik modernizatsiyalashishi sodir bo‘ladi. Ammo bu davrda mehnatni boshqarishni qayta qurishga etarlicha e’tibor qaratilmagan. Menejmentning xodimlar siyosati sohasidagi asosiy harakati mehnatni tashkil qilish va unga haq to‘lashni tartibga soluvchi ko‘p sonli firma ichidagi standartlar va me’yoriy materiallar, korporatsiyalardagi mehnat munosabatlarini yuridik ta’minlash atrofida jamlangan. Xuddi shu vaqtda esa ITT jadallashishi sharoitlarida ishchi kuchiga texnokratik rahbarlik qilishni ishlab chiqarish ehtiyojlariga mos kelmasligi namoyon bo‘lgan. U xodimlarni begonalashishini kuchayishi, mehnatdan qanoatlashishni sezilarli darajada pasayishi, xodimlarning yuqori qo‘nimsizligida o‘z aksini topgan. Salbiy tendensiyalarni birinchi navbatda ITTni jadallashishini strategik mo‘ljallagan korporatsiyalar his qilganlar. Ular tomonidan ko‘rilgan qarshi choralar - bu ishlab chiqarishda mehnatni tashkil qilish va rag‘batlantirish sohasidagi alohida xodimga mo‘ljallangan “mehnatni boyitish”, “mehnat vazifalarini kengaytirish”, “ishlarni almashtirish” usullarini tadbiq etish bilan bog‘liq tajribalardir. Masalan, “mehnatni boyitish” dasturi bo‘yicha ishchilarga qarorlar qabul qilish, joriy faoliyat masalalari bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar beriladi; nazoratning qat’iy choralari bartaraf qilinadi va ishchilarni o‘z faoliyatini o‘zi nazorat qilishi kuchaytiriladi, bajarilayotgan ish uchun javobgarlik oshadi; ishga qiziqishni oshiruvchi turli - tumanroq va murakkabroq vazifalar kiritiladi; har bir xodim uchun o‘z rahbariyati bilan yaxshi “teskari aloqa” ta’minlanadi; zaruriy tashkiliy o‘zgarishlar qo‘llaniladi. Ammo mehnatni boshqarishda kattaroq o‘zgarishlar talab qilingan. Korporatsiyalar, aslida, mehnatni boshqarishning prinsipial asoslarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyatiga duch kelganlar. Birinchi navbatda, bu xodimga, mukofatlash tizimi, hamda uni korporatsiyani boshqarishdagi ishtirokiga tegishli bo‘lgan. E.Meyoning taniqli izdoshi D.Makgregor “Korxonaning kishilik tomoni” (1960) kitobida ishlab chiqarishdagi avtoritar tartib eskirib bo‘lganligini isbotlagan. Uning hisobicha, ikkita nazariya, inson, xodimga ikki xil qarash mavjud: “X nazariyasi”, unga ko‘ra inson o‘z tabiati bo‘yicha yalqovdir, uni qistovga olish, jazolar va mahrum qilishlar bilan qo‘rqitish kerak, va “U nazariyasi” - odamlarga o‘ziga jalb qiluvchi ish yoqadi, ular mustaqillikni, qarorlar qabul qilishda ishtirok etishni istaydilar, tashabbusni namoyn qilish, kashfiyot qilishdan xursandlar, ularga huriat, xayrixohlik, ma’qullash shakllari zarur. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, mayda-chuyda vasiylikdan voz kechmoq, ijodiy intilishlar va mustaqillikni namoyon qilish uchun sharoitlar yaratish, ishlab chiqarishga “kishilik munosabatlar”ni tadbiq etish zarur. D.Makgregorni tasdiqlashicha, “X nazariyasi” eskirgan, menejerlar “U nazariyasi”ni o‘zlariga qurol qilib olishlari kerak - “kishilik munosabatlar” o‘zini oqlaydi. Ilg‘or korporatsiyalarda menejment, bu tavsiyalarni hisobga olgan va mehnatni qat’iy avtokratik boshqarishning salbiy oqibatlarini his qilgan holda, ish tartibini qayta qurmoqda va ijrochining o‘zining mehnat faoliyati vaqtli chegaralarini belgilashdagi katta mustaqilligini ko‘zda tutuvchi “qisqa ish haftasi”, “ilgari surilgan ish jadvali” va boshqa shakllari kabi yangiliklarni tadbiq etmoqda; menejerlar darajalangan tarif jadvallaridan uzoqlashmoqdalar va mukofotlashni ishning va umuman kompaniya faoliyatining yakuniy natijalariga bog‘liqligini kuchaytirmoqdalar, “foydada ishtirok etish” shakllarini tadbiq etmoqdalar. 70-80 yillardagi iqtisodiy hayajonlar va undan keyin kelgan ishlab chiqarishning yangi texnologik usuliga o‘tish mehnatni boshqaruvi evolyusiyasi jarayoniga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Bu sharoitlarda ishlab chiqarishni rivojlanishi mantiqi kun tartibiga mehnatni boshqarishni innavatsion tamoyillarda chuqurroq qayta qurish haqidagi masalani qo‘ygan. Firmalar texnologik va tashkiliy egiluvchanlikni keskin kuchaytirmasdan etakchi o‘rinlarni egallay olmaydilar. Ammo bandlikning an’anaviy tuzilmasi, mehnatni texnokratik tashkil qilish va rag‘batlantirish doirasida bunday moslashgan ishlab chiqarishni bo‘lishi mumkin emas. Menejmentning oldiga epchil, harakatchan, qarorlar qabul qilishga qodir, firmaning umumiy maqsadlariga erishishga jalb qilingan yuqori malakali ishchi kuchini jalb qilish kabi birinchi navbatdagi masala qo‘yiladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling