Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси


Boshqaruvning asosiy funksiyalari: rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya, nazorat


Download 0.6 Mb.
bet14/58
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416154
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58
Bog'liq
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)

4.2. Boshqaruvning asosiy funksiyalari: rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya, nazorat
Boshqarish jarayonining asosiy funksiyalarining boshlang‘ich funksiyasi- rejalashtirish funksiyasi bo‘lib, rejalashtirish –bu, maqsadlarni aniqlash va ularga erishish yo‘llarini belgilashdir. Ushbu funksiya boshqaruvning barcha funksiyalarga asos bo‘lib xizmat qiladi va ularni muvofiqlashtirib turishga yordam beradi.
Rejalashtirish muddatlari va hal qilinadigan masalalar ko‘lamiga ko‘ra :

  • strategik rejalashtirish (5-7 yil va undan ortiq muddatga)

  • joriy rejzalashtirish (1-5 yilgacha muddatga)

  • operativ rejalashtirish (qisqa muddatli vaqt oraliqlari) turlariga bo‘linadi.

Strategik rejalashtirish moxiyati, elementlari va bosqichlari.
Tashkilotlarda (korxona, firmalarda) boshqaruv jarayonining birinchi zanjiri bo‘lib, rejalashtirish vazifasi turadi. Bu firmaning menejer korpusining ishi bo‘lib firmaning maqsadlarini aniqlash, ularga erishishning yo‘li va vositasi bilan bog‘liqdir.
Rejalashtirish vazifalari quyidagi uchta savolga javob berishi kerak.
1)Hozirgi vaqtda bizning axvolimiz qanday? Tashkilotni muxim sohalarda-moliya, ishlab chiqarish, marketing kabilarda kuchli va zaif tomonlari taxlil qilinadi. Bu taxlil firmaning real imkoniyatlarini aniqlash uchun kerak bo‘ladi.
2)Biz qaysi yo‘ldan yurmoqchimiz? Qo‘shimcha ravishda boshqa ichki muxit omillari taxlil qilinadi: iqtisodiy sharoitlar, texnologiya saviyasi, tashkilotdagi ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlar, tashqi muxitning ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishiga baho beradilar: rakobat sharti, qonunlar, siyosiy axvol va boshqalar. Natijada rahbariyat qanday maqsadni ko‘zlashni va unga erishishga nimalar halakit berishini aniqlaydi.
3)Buni biz qanday qilib bajaramiz? Menejment umumiy va aniq doirada ishlovchilar qo‘yilgan masalani echish uchun nimalar qilishi keraqligini aniqlaydi. Rejalashtirish yordamida rahbariyat barcha tashkilot a’zolari harakatlarini yagona yo‘nalishga, uning umumiy maqsadiga erishishiga safarbar qiladi.
Rejalashtirish jarayoni bir necha bosqichlardan tashkil topgan:
1.Tashkilotning bosh maqsadi aniqlanadi, ya’ni firmaning hayot kechirishidan maqsadi. Bu kabi maqsad tashkilotning xususiyati bjlan bog‘liq. Masalan: IBM korporatsiyasining maqsadi - hisoblash apparatini etkazib berishdan iborat, bankning maqsadi - firmalarni kredit bilan ta’minlashdan iborat.
2.Tashkilotning faoliyatini aniqlash. Bu jarayon bir vaqtda menejmentning barcha saviyalarida o‘zaro muvofiklashtirilib amalga oshiriladi. YUqori saviyada bu masala odatda tovar xizmatining ahamiyatini va sifatini aniqlaydi, quyi saviyalarda esa bular aniq masalalar, aniq rakamlar bilan ish olib boriladi, qanday detallar partiyasini, qanday korxonada ishlab chiqarish va x.k.
3.Bajariladigan ishlar rejasini quyidagi masalalar bo‘yicha tuzib chiqish. Bunga echiladigan masalaning samarali ekanligini aniqlovchi standartlar ishlab chiqish kiradi.
4.Rejalarning bajarilishi umumiy yo‘nalishini har bir boshqaruv saviyasida ishlab chiqish.
5.Rejalarni bajarilishining aniq qoida va protseduralarini ishlab chiqish. Protsedura deganda, qo‘yilgan masalani echishda biridan keyin biri bajariladigan harakatlar tushuniladi. Qoidalar - maxsus va aniq ko‘rsatmalar, u yoki bu ishni bajarish yoki bajarmaslik talabini belgilaydi.
Menejmentda strategik rejalashtirish o‘xshash vazifaga ega - firmani tashkil qiluvchi a’zolarini boshqarish asosini ta’min etishdan iborat. U oliy rahbariyatning harakat va qarorlari majmuasi bo‘lib, shunday korxona strategiyasini ishlab chiqishga yo‘naltirilganki, uning hozirgi davrda va asosan kelajakda samarali rivojlanishiga imkon yaratadi.
Hozirgi zamon ishbilarmonlar dunyosida har qanday katta firma, ayniqsa, korporatsiya joriy rejalar bilan cheklanib qolmasdan, balki menejment strategik rejalarini, uslubi qimmat va murakkab jarayon bo‘lishiga qaramay, o‘zining faoliyatiga kiritadi.
Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, bu kabi rejalashtirishlar quyidagi sabablarga ko‘ra o‘ta muximdir:
1.U tashkilotning maqsadini aniqlashga va shakllantirishga ko‘maklashadi. Bunda korporativ missiya tashkilotning aniq maqsadlarini baholash va ularga erishish masalalarini quyishi kerak.
2.Strategik rejalashtirish firmani tashqi sharoitiga moslashishini ta’minlaydi, chunki u o‘ziga muxim element sifatida tashqi muxit taxlilini va uning noxush ta’siriga moslashish usullarini kiritadi.
3.Strategik rejalashtirish firma taraqqiyoi tushunchasi va samarali tarkibli boshqaruvni buned etish bilan yaqin bog‘liq. Bu ikkita tushuncha asosan strategik rejalashtirishning ko‘rsatmalaridan biri hisoblanadi.
4.Strategik rejalashtirish hisobiga samarali muvofiklashtirish mumkin va katta miqdordagi korxonalarning ichki operatsiyalarini yaxlitlash imkoni mavjud, chunki ular zamonaviy va uta yirik korporatsiya tarkibiga kiradi.
5.Firma resurslarining samarali taqsimlanishi - inson, moliya, xom-ashyo, texnologiyalarni to‘g‘ri taqsimlashni strategik rejalashtirishsiz amalga oshirish kiyin. Bu kabi rejalashtirish jarayonida tashkilot ichki faoliyatining sharoitlarini taxlil qilish uning shunday sohalarini aniqlashga erdamlashadiki, kapital mablaglarni qaysi yo‘nalishda sarflash maqsadga muvokligini bildiradi.
Strategik rejalashtirish menedjerlarni tarbiyalashda, ularni strategik fikr yuritishida yaxshi maktab hisoblanadi. Bu narsa shu ma’noni bildiradiki, menedjerlarga avvalom bor strategik qarorlar xatolarini o‘rganib, kelajakni aniq tasavvur qila olish qobiliyati zarur. Xulosa qilib aytsak, oliy menedjer korpusi va ba’zi sharoitlarda o‘rta boshqaruv zvenosi rahbarlari o‘z ishining haqikiy ustasi bo‘lishlari zarur.
Strategik rejalashtirish natijasi - har tomonlama asoslangan aniq rejalar majmuasi, tashkilotning missiyasini amalga oshishiga va maqsadga erishishni ta’minlaydigan yo‘nalishda bo‘lishi kerak.
Strategik reja firmaning oliy rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi. SHu bilan birga uni amalga oshirishda boshqaruvning barcha pog‘onalari rahbarlari qatnashadi.
Strategik rejalarning davomiylik muddati bir qator omillarga bog‘liqdir: tashkilot maqsadi va uning texnologiyasi, ichki va tashqi muxitning o‘zgaruvchanligi va xokazolar. Strategik rejalashtirishning odatdagi o‘rtacha muddati 5 yil. Ammo ba’zi bir firmalar uchun bu muddat 2-3 yil bo‘lishi mumkin. SHu bilan bir qatorda katta va turgun korporatsiyalar faoliyatini strategik rejalashtirish 10 yilga va undan ortiq muddatga hisoblangan bo‘lishi mumkin.
Strategik rejalashtirish rahbarlar tomonidan tashkilot imkoniyatlari eki tashqi muxit haqida noto‘g‘ri axborotlar hisobiga, noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi.Firmaning bosh maqsadlarini shakllantira borish strategik rejalashtirishni umumiy maqsad birligiga va boshqaruvda samarali tashkiliy tarkiblarni shakllantirishga imkon yaratadi.
Strategik rejalashtirish bir gurux biridan keyin biri eki bir vaqtda bajariladigan reja bosqichlaridan iborat. Bu bosqichlarni quyidagi jarayonlar sifatida keltirish mumkin:
1.Tashkilot burchini (missiyasini) shakllanishi.
2.Portfel strategiyasini shakllanishi (bosh yo‘nalishlarni va umumiy maqsadlarni tanlash).
3.Tashkilotning ichki va tashqi muxitlarini taxlil qilish.
4.Muqobil o‘sishni tanlash.
Missiya deganda tashkilotning kelajakka yo‘naltirilgan eng oliy maqsadi tushuniladi. Bu ushbu aniq firmani nima uchun tashkil etilganligini bildiradi. Missiyani amalga oshirish uchun firmaning maqsad va vazifalari ishlab chiqiladi.
Ilg‘or firmalarda burch qoidasi asosan aniq faoliyat yo‘nalishiga va xizmatchilarning ahloq me’yorlariga ega bo‘lishiga imkon yaratadi.Firmaning asosiy maqsadi qandayligiga qarab rivojlanishning eng yaxshi muqobilligini tanlash mumkin.
Firma va korporatsiyaning portfel strategiyasini ishlab chiqishda ikkinchi vazifa bo‘lib, rejalashtirish hisoblanadi. U qimmatbaho kogozlar, tashkilot xujjatlari, buyurtmalar portfeli tushunchasi bilan nomlanadi. Portfel strategiyasi bu firmaning asosiy va umumiy maqsadlarni ishlab chiqishdir.U ikkita ko‘rsatkichni o‘z ichiga kamrab oladi.
1.Firma taraqqiyoini asosiy yo‘nalishlarini aniqlash.
2.Firma faoliyatini bosh, umumiy maqsadlarini ifodalash va belgilash.
Vazifa tanlashga o‘xshab, portfel strategiyasini tanlash ham firmaning oliy menedjer korpusining vazifasi hisoblanadi. SHu bilan birga u to‘g‘ridan-to‘g‘ri eki bevosita firmaning boshqaruv faoliyatini o‘rta va quyi saviyalari bilan yaqin bog‘laydi, chunki portfel strategiyasini shakllantirish faqat tashkilotning ichki va tashqi omillari haqidagi ma’lumotlar olinganda mumkin bo‘ladi.
Tashkilot taraqqiyoining strategik yo‘nalishi-- Bu gurux keng spektrli masalalardan: kompaniyaning o‘sishi, uning marketing faoliyati, ishlab chiqarish texnologiyasi, innovatsiyalar, material va mehnat resurslari bilan bog‘liqdir.
Tashkilotning umumiy maqsadlari. Firma rahbariyati tomonidan tanlab olingan firma taraqqiyoining asosiy yo‘nalishi tashkilotni oldiga qo‘yilgan bosh va umumiy maqsadlari asosida aniqlashtiriladi.Strategik rejalashtirish muvaffaqiyati uni tashkilot jamoasi tomonidan qanchalik to‘g‘ri tanlanganligiga, tushunarli qilib izoxlanganligiga va qabul qilinganligiga bog‘liq.
Bu soxadagi izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, strategik maqsadlar ma’lum talablarga javob berishlari kerak:
1.Aniqlik va o‘lchamlilik.
2.Vaqt bo‘yicha belgilanganlik.
3.Erishuvchanlik (real).
4.Muqobillilik va o‘zaro bog‘liqlik.
5.Maqsad qo‘yilishi soxasidagi ustuvorlik.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling