Tashqi muxit omillari va tashkilotning ichki o‘zgaruvchilarini baholash va taxlil qilish.
Firmaning bosh yo‘nalishini va maqsadini tanlash sezilarli darajada quyidagi ikkita shartga bog‘liq:
1.Tashqi muxit ta’siri.
2. Ichki omillar, ya’ni tashkilotni ichki elementlari majmuasi.
SHuning uchun strategik rejalashtirishni eng muxim qismi - bu atrof muxitni hamda firmaning ichki imkoniyatlarini taxlil qilishdir. Bu ko‘p mehnat talab qiluvchi va qimmat turuvchi jarayon. Strategik rejalashtirishda pul harajatlarining katta qismi xuddi shu bosqichga to‘g‘ri keladi.
Tashqi muxitni taxlil qilish — bu taxlilni quyidagi gurux omillar bo‘yicha izlanish deb faraz qilish mumkin: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, demografik, ekologik, texnik, halkaro.
Ichki omillar taxlili — bu firmaning ichki kuchli va zaif tomonlarini boshqaruv orqali tekshirib chiqishdir. U tashkilotni vazifaviy bo‘linmalari va ijtimoiy omillari bo‘yicha o‘tkaziladi. Birinchilari qatoriga ishlab chiqarishni, korxonaning marketing faoliyatini, moliya, xodimlar bo‘limini kiritish mumkin. Ijtimoiy omillarga esa inson resurslari, ularning tarkibi, malakasi, ahloq me’yorlari, tashkilotda o‘rnatilgan munosabatlar, tashkilot madaniyati kabi muxim omillar kiradi.
Ishlab chiqarish taxlili-bu korxonalarda operatsiyalarni boshqarish taxlilidir. Bunga katta ruyxatdagi masalalar kiradi: ishlab chiqarish quvvatlarini belgilash, ularni joylashtirish, ishlab chiqarish jarayonining barcha operatsiyalarini to‘g‘ri tashkil etish, ishlab chiqarish sikli muddatini qisqartirish, harajatlarni kamaytirish va x. k.
Firmaning marketing faoliyatini taxlil qilish — bu uning ichki omillarini bozor talablariga moslashtirish darajasini taxlil qilishdir, ya’ni tashkilot o‘zining faoliyatini ishlab chiqarilaetgan mahsulotga nisbatan qanday ko‘rishi keraqligidir. O‘rganish uchun bir necha sohalar ajratiladi: firmaning bozordagi ulushi va rakobatbardoshligi, mahsulot turlari, ya’ni tovarlar yaratish, reklama faoliyati, haridorlarga sotuvdan oldingi va keyingi ko‘rsatiladigan xizmatlar, sotuv samarasi va x.k.
Moliyaviy taxlil. Firmaning bozordagi hozirgi holatini aniqlash, hamda uning kelajakdagi imkoniyatlarini kengaytirishga va xatarlarni kamaytirish uchun muximdir. U yordamida sarmoyalarni eng samarali joylashtirish, rejalarni imkoniyatlar bilan doimiy ravishda takkoslab turish, mablaglarni sarflanishini nazorat qilib turish mumkin.
Inson resurslari muammolari — firma ichida maxsus ukitish mavzusi bo‘lishi kerak. Bu butun masalalar tizimi tashkilotda samarali kadrlar siyosatini ishlab chiqishga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |