Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси


Strategiyani tanlash va amalga oshirish


Download 0.6 Mb.
bet16/58
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416154
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
Bog'liq
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)

Strategiyani tanlash va amalga oshirish..
Ichki kuchli va zaif tomonlarni tashqi imkoniyatlar va xavflar bilan solishtirib tashkilot rahbariyati uning rivojlanish strategiyasini aniqlashi mumkin. Bunda strategik rivojlanish muqobilliklari aniqlanadi va ulardan biri tanlanadi.
Har qanday tashkilot oldida umumlashgan holda turt muqobillik mavjud bo‘lib, ular quyidagilar:
1.CHeklangan o‘sish.
2. O‘sish.
3.Qisqarish.
4. YUqoridagi strategiyalarni birlashtirish.
Firmaning strategik muqobilligini tanlashda quyidagi omillar katta ta’sir ko‘rsatadilar:
1. Vaqt.

  1. O‘zgarishlar zaruriyati.

  2. Har tomonlama yaxlitlanish.

Strategik muqobilliklarni har tomonlama taxlil qilib chiqilgandan so‘ng tashkilot ma’lum muddatga o‘z rivojlanish strategiyasini belgilaydi. Tanlangan strategiyani amalga oshirish muxim vazifa bo‘lib, maxsus ishlab chiqilgan tadbirlar va harakatlarni talab etadi.Bularga taktika, siyosat, protsedura va qoidalar, byudjet yordamida hamda maqsadlar bo‘yicha boshqaruvni kiritish mumkin.
Taktika. Strategiya so‘zining o‘zi ikkinchi tushuncha – “taktika” so‘zining borligini taxmin qiladi. Agar birinchisi uzoq muddatli rejalashtirish g‘oyasini aks ettirsa, ikkinchisi uzoq muddatli rejani amalga oshirish uchun faoliyat reja ma’nosini bildiradi. Qisqacha qilib taktikani qisqa muddatli strategiya desa ham bo‘ladi. Bu umumiy strategiya bilan muvofiklashtirilgan aniq boshqaruv harakatidir. Odatda, taktikani ishlab chiqish va uni amalga oshirish menedjer korpusining o‘rta bugini zimmasiga yuklanadi. Taktik reja qisqa vaqt uchun ishlab chiqiladi, u aniq va tez natijaga erishishga muljallangan.
Siyosat.Strategik va taktik rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tashkilotda ushbu rejalarni yaxshi tushunuvchi hamda ularni bajarilishini ta’minlovchi harakatlarning umumiy yo‘nalishi., muljal tizim bo‘lishi zarur. Bu xatti - harakatlarning umumiy yo‘nalishi tashkilot siyosati deyiladi.
Protseduralar. Firmaning siyosati maqsadga erishishning umumiy yondoshuvini belgilaydi. Siyosatga qo‘shimcha qilib rahbariyat qo‘yilgan masalalarni echishda yordamlashuvchi harakatlar majmuasini ishlab chiqadi. Bu majmua protsedura deb ataladi. Moxiyati bo‘yicha protsedurani o‘zini dasturlash, berilgan qaror deb, yoki zamonaviy tilda, harakat algoritmi deb atash mumkin.
Qoidalar. Bu ko‘rsatmalar faoliyat davomida ma’lum vaziyatda nima qilish keraqligini aniq belgilab beradilar. Tashkilot rahbariyati qoidalarni shunday holatlar uchun yaratadiki, ularning bajarilishiga masalalarni aniq hal qilinishi bog‘liq. Qoidani protseduradan farki shundaki, u bitta aniq masala uchun ishlab chiqiladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling