4-mavzu. Menejment texnologiyasi
Reja:
4.1. Boshqaruv jarayoni va uning asosiy vazifalari
4.2. Boshqaruvning asosiy funksiyalari: rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya, nazorat
4.3. Kommunikatsiyalar va ularning boshqaruv jarayonida o‘rni
4.4. Boshqaruv qarorlari, ularni tayyorlash, qabul qilish va ijrosini ta’minlash
4.1. Boshqaruv jarayoni va uning asosiy vazifalari
Boshqarishga turlicha ta’riflar berilgan, lekin yagona qabul qilingan ta’rif yo‘q. Sistemalar nuqtai-nazaridan olib qaralganda, boshqarish jarayoni – bu ma’lum sistemani muvozanatda ushlab turish yoki uni sifat jixatdan boshqa holatga o‘tkazish uchun amalga oshiriladigan ta’sirlar yig‘indisidir. Boshqarish jarayoni bir-biriga bog‘liq bir necha ketma-ket bajariluvchi vazifalardan iborat bo‘lib, ular boshqarish funksiyalari deyiladi. Bular quyidagilar: rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish va asoslash, nazorat funksiyalari.
R ejalash
Tirish
|
|
Tashkil etish
|
|
muvofiklashtirish va asosl.
|
|
nazorat
|
chizma. Boshqarishning asosiy funksiyalari va ularning o‘zaro bog‘liqligi.
Bu funksiyalar boshqarishning asosiy funksiyalari deyiladi. Bulardan tashqari bevosita tashkilotning o‘z xususiyatlariga bog‘liq xususiy funksiyalari ham mavjud. Masalan, hisob-kitob yuritish, xo‘jalik ishlariga rahbarlik, o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqalar. Boshqarishning har bir funksiyasi o‘z navbatida jarayon bo‘lib, o‘z ichiga bir necha vazifalarni oladi.
Boshqarishning funksiyalari amalga oshishi uchun tizim elementlarini, ularning munosabatlari va vazifalarini bir-biriga birlashtiruvchi bog‘lanishlar zarurdir. Tashkilotlardagi bog‘lanishlar yoki munosabatlar ikki okim orqali o‘rnatiladi, bular- moddiy oqim va axborotlar oqimi. Odamlar orasidagi shakllangan va boshqarish jarayonida ta’sir ko‘rsatiladigan munosabatlar asosan axborot okimi orqali o‘rnatiladi. Boshqaruv funksiyalarini amalga oshishini ta’minlovchi va sistema elementlari orasidagi aloqani ta’minlovchi jarayonlar bog‘lovchi jarayonlar deyiladi. Ularga kommunikyasiyalar va qarorlar qabul qilish kiradi Bular ham o‘z navbatida jarayonlar bo‘lib, bir necha vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |