Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси


chizma. Boshqaruv jarayoni aloqasi


Download 0.6 Mb.
bet24/58
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416154
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58
Bog'liq
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)

chizma. Boshqaruv jarayoni aloqasi.

Murakkab va ko‘p kirrali korxona xo‘jaligini boshqarish katta xajmdagi birlamchi axborotlarni ko‘rib chiqishni talab qiladi. Ularga quyidagi informatsiyalar kiradi: statistik, operativ-hisobot, reja-iqtisodiy, buxgalterlik, moliyaviy, moddiy-texnika ta’minoti, kapital qurilish, texnologik, konstruktorlik va boshqalar. Axborotlar kelib chiqish manbalariga ko‘ra tashqi va ichki axborotga ajratiladi.


Tashqi muomalalardan kelib chikuvchi axborotlar tashqi axborot hisoblanadi. Uning tarkibiga qonunlar va me’yoriy xujjatlar, mahsulotga bo‘lgan talablar, texnika tarakkiyotiga oid axborotlar, ilg‘or korxonalar ish tajribalari va boshqalar kiradi. O‘z navbatida tashkilotdan tashqi muxitga ham axborot chiqadi. Bu asosan xissadorlar va davlat muassasalariga hisobotlar, reklama va shunga o‘xshash axborotlar.
Ichki axborotga ishlab chiqarish jarayoniga oid, rejaning bajarilishi, sex va uchastkalarning ishlariga, mahsulotning sotilishi va tannarxini kamaytirishga oid axborotlar kiradi.* Axborotlar boshqarish jarayoniga o‘xshab o‘zining xajmi, tarkibi va kelib tushgan vaqti bo‘yicha boshqaruv darajasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bu daraja qanchalik yuqori bo‘lsa, umumlashgan va ishlov berilgan axborot uchun zarurat shunchalik ko‘payib boradi.
Axborotlar shartli o‘zgarmaydigan va o‘zgaruvchi turlarga bo‘linadi. SHartli o‘zgarmaydigan axborotlar tarkibiga nisbatan kam o‘zgaruvchi axborotlar kiradi. Bular barcha turdagi me’yorlar, reja ko‘rsatkichlari va boshqalardir. Bunday axborotlar boshqaruv uchun zarur bo‘lgan axborotlarning 60-70 foizini tashkil qiladi. O‘zgaruvchi axborotlar murakkab va muxim axborotlardir. Bu turdagi axborotlar ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati jarayonining o‘zgarishini aks ettiradi. Bunday axborotlarni to‘plash va ularga ishlov berish ancha murakkab jarayondir.
Ishlov berishda iloji boricha tezkorlik zarur, aks holda bunday axborotlar o‘zining muxim va keraqli ahamiyatini yo‘qotishi mumkin.
Axborotni qanchalik tez, to‘liq va o‘z vaqtida etkazilishi uning qiymatini shunchalik oshiradi. Boshqarish amaliyotida ikqilamchi axborotlardan ham foydalaniladi. Bunday axborotlar shartli o‘zgarmaydigan va o‘zgaruvchi axborotlarga berilgan dastur asosida ishlov berilganligi natijasida yuzaga keladi. Ular boshqaruv jarayonida hamda qarorlar qabul qilish uchun etuk va muxim axborot hisoblanadi.
Korxonani boshqarish uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi axborotlar majmui axborot tizimini vujudga keltiradi. Boshqaruv va axborot tizimlari boshqaruvning har qanday bosqichida bir butun sistema sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish xajmining oshishi, korxonaning ichki va tashqi aloqalarining kengayishi qaror qabul qilish va buyruq tayyorlashdan oldin inson o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan axborot xajmini va mazmunini juda ko‘paytirib yuboradi. Ushbu axborot o‘z vaqtida va etarli darajada etkazilishi tashkilotning umumiy xo‘jalik va boshqaruv faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir etadi. Rahbarlar o‘z ish vaqtining 50 foizidan 90 foizigacha kommunikatsiyalarga sarflaydilar. SHu sababdan tashkilotlarda kommunikatsiyalarni to‘g‘ri va samarali tashkil qilish juda katta ahamiyatga ega.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling