Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси


Tashkilotlardagi kommunikatsiyalar turlari


Download 0.6 Mb.
bet25/58
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416154
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
Bog'liq
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)

Tashkilotlardagi kommunikatsiyalar turlari.
Tashkilotlarda samarali kommunikatsiyalarni shakllantirish uchun ularning qaysi joylarda va qanday ko‘rinishda zarurligini ko‘rib chiqish kerak.
Ilgarigi mavzularda ko‘rib chiqilganidek, tashkilot ochiq tizim bo‘lib tashqi muxit omillari ta’siri ostida faoliyat ko‘rsatadi. Tashkilotning kommunikatsiya ehtiyojlari ushbu omillarga bog‘liq. Bu sharoitlarda faoliyat ko‘rsatish uchun tashkilotlar tashqi muxit elementlari bilan kommunikatsiyalar o‘rnatadilar va bunda turli vositalardan foydalanadilar. Mavjud yoki potensial iste’molchilar bilan reklama va tovarlarni etkazishning boshqa dasturlari yordamida munosabatga kirishadilar. Jamoatchilik bilan munosabatlar soxasida korxona haqida tasavvur (imidj) ni shakllantirishga e’tibor qaratiladi. Davlat tartibot muassasalari bilan aloqalar turli xil hisobotlar orqali namoyon bo‘ladi.
SHuni aytish kerakki, ko‘p xollarda tashkilotlar ichida amalga oshirilayotgan kommunikatsiya tashqi muxitdagi mavjud imkoniyat va taxdid (xavf-xatar) larning aks ta’sir (reaksiya) idir.
Tashkilotlar doirasida kommunikatsiyalar boshqarish pog‘onalararo (vertikal) va bo‘limlararo (gorizontal) shakllarda amalga oshadi.
Vertikal kommunikatsiyalar doirasida axborot pog‘onadan pog‘onaga etkaziladi. Bunda u pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga qarab harakatlanishi mumkin. Birinchi holda axborot aniq ko‘rsatmalar, masalalar, buyruq va farmoyishlar kabi ko‘rinishlarda uzatiladi. Masalan, korxonaning ishlab chiqarish bo‘limi sex boshligiga qaysi mahsulotni va qaysi muddatda tayyorlash to‘g‘risida ko‘rsatma beradi, u o‘z navbatida uchastka boshligiga yoki ustaga bu haqida ko‘rsatma beradi.
Pastdan yuqoriga qarab ketgan kommunikatsiyalarda axborot hisobot, ma’lumot, ariza va boshqa ko‘rinishlarda quyi pog‘onadan yuqori pog‘onaga uzatiladi. Masalan, uchastkya boshligi mahsulotni tayyor bo‘lganligini sex boshligiga, u o‘z navbatida - ishlab chiqarish boshligiga va nixoyat, korxona direktoriga etkazadi.
Vertikal kommunikatsiyalar rahbarlarga quyi pog‘onalardagi holatni bilib turishga va zaruriy o‘zgyartirishlar kiritishga imkon beradi.
Tashkilotlar vertikal kommunikatsiyalardan tashqari gorizontal kommunikatsiyalarga muxtoj. Tashkilot ko‘plab ichki xo‘jaliklardan tashkil topgan. SHu sababli masalalarni va xatti-harakatlarni muvofiklashtirish uchun axborot almashish zarur. Rahbariyat tashkilotning ixtisoslashgan tarkibiy qismlarining hamkorligi asosida umumiy maqsadga erishishni ta’minlashi zarur. Buning uchun bo‘limlar orasidagi aloqalarni to‘g‘ri yo‘lga kuymoq lozim. Gorizontal kommunikatsiyalarga misol qilib institutimizning turli bo‘limlari, fakultetlari, kafedralari va guruxlari o‘rtasidagi dars jadvallarini tuzish, o‘quv jarayonining borishi, bitiruvchilarga qo‘yiladigan talablar darajasi kabi ko‘plab masalalar bo‘yicha axborot almashishlar kiradi. Xuddi shunday qilib ishlab chiqarish korxonalarida reja-iqtisod, ishlab chiqarish, marketing va moliya bo‘limlari yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish, buning uchun zarur bo‘lgan mablaglar, narx belgilash, sotish yo‘llari va boshqa turdagi axborot bilan almashadilar.
Gorizontal kommunikatsiyalarning qo‘shimcha afzalliklari - o‘zaro teng huquqli munosabatlarni shakllantirishdadir. Bu narsa xodimlarni ishdan konikishini oshiradi.
Biz yuqorida ko‘rib chikkan kommunikatsiyalar - tashkiliy kommunikatsiyalar, ya’ni tashkilotning ichki xo‘jaliklari va boshqarish pog‘onalari orasida shakllangan aloqa turlaridir.
Bu turdagi kommunikyasiyalardan tashqari tashkilotda shaxslararo kommunikatsiyalar mavjud va ular tashkilot faoliyatiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. SHaxslararo kommunikatsiyalarning asosiy ko‘rinishlari - rahbar - bo‘ysunuvchi orasidagi, rahbar bilan ishchi gurux orasidagi va norasmiy kommunikatsiyalar.
Rahbar bo‘ysunuvchi orasidagi kommunikatsiyalar asosan masalalarni oydinlashtirish; faoliyat samaradorligining muxokamasi; rag‘batlantirish maqsadida xizmatlarni tan olish va mukofotlash; mavjud yoki extimol bo‘lgan muammo haqida ma’lumot yig‘ish; taklif va g‘oyalarni qabul qilish kabilar bilan bog‘liq.
Rahbar bilan ishchi gurux o‘rtasidagi kommunikatsiyalar gurux harakatlarining (faoliyatining) samaradorligini oshirishga imkon beradi. Axborot almashishda barcha gurux a’zolari qatnashganligi uchun har bir a’zo tashkilot uchun muxim bo‘lgan masalalar, ularni hal qilish yo‘llari, birgalikda ishlash imkoniyatlari va boshqa muammolarni hal qilishga o‘z fikr va nuqtai nazarlarini bildira oladi. Ba’zi xollarda ishchi gurux rahbarsiz yigilib, muammolarni, rivojlanishni yoki o‘zgarishlarni muxokama qiladi.
Kommunikatsiyalarning yana bir turi norasmiy kommunikatsiyalar bo‘lib, ularning tarkalishi ko‘pincha mish-mishlar deb ataladi. Bu turdagi kommunikatsiyalar odamlar guruxlarga to‘planib to‘rgan joylarda mavjud bo‘ladi. Bunda axborot norasmiy kanallar (yo‘llar) orqali etkaziladi va o‘z harakati davomida mazmunini o‘zgartirishi mumkin. SHuning uchun ko‘p xollarda noto‘g‘ri axborotni mish-mishlar deb atashadi. Lekin axborot norasmiy kanallar orqali tez harakatlanishini hisobga olib, rahbar ayrim xollarda bu kanallardan tashkilot maqsadlariga erishish yoki o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishadi.
Mish-mishlar paydo bo‘lishining asosiy sababi - zarur informatsiyani bilish imkoniyati (xodimlarda) yo‘qligi yoki informatsiya ozligi, uning kechiqishi tufaylidir.
Tashkilot samarali faoliyatini ta’minlashning asosiy va muxim vazifalaridan biri - tashkilotdagi barcha turdagi kommunikatsiyalarning samaradorligini oshirishdir.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling