Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси
Nazorat moxiyati, zaruriyati va turlari
Download 0.6 Mb.
|
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazoratni amalga oshirish jarayoni va uni tashkil etish
Nazorat moxiyati, zaruriyati va turlari.
N a z o r a t - tashkilotning maqsadlariga erishishini ta’minlovchi jarayondir. U to‘xtovsiz shakllanuvchi muammolarni ular murakkablashib ketishidan ilgari aniqlash va muvaffaqiyatli faoliyatni rag‘batlantirish maqsadida qo‘llaniladi. Nazorat qilish vazifasini barcha pog‘onalardagi rahbarlar amalga oshiradilar. Nazorat o‘tkazilish muddatiga qarab uch turga bo‘linadi: a) muddatidan ilgarigi nazorat - reja ko‘rsatkichlari (standartlar)ni, masala va vakolatlarni o‘zaro mosligini ish boshlanishidan ilgari tekshirish (u asosan moddiy va moliyaviy resurslarga qaratilgan bo‘ladi); b) joriy nazorat - ish boshlangandan so‘ng bo‘ysunuvchilarning mehnat faoliyatlarini bevosita boshlik tomonidan kuzatilishi; v) xulosaviy nazorat (yakuniy) - ish tugagandan so‘ng yoki unga ajratilgan vaqt (muddat) tamom bo‘lgandan keyin bo‘ysunuvchilarning bevosita boshlikka hisobot berishlari. Bu nazorat turlari mazmun va maqsad jixatidan bir xil, faqat o‘tkazilish vaqti bilan farklanadilar. Nazoratni amalga oshirish jarayoni va uni tashkil etish. Nazorat qilish jarayoni uch bosqichdan iborat: 1-bosqich - standartlarni, ya’ni erishish rejalashtirilgan natijalarni (ko‘rsatkichlarni) aniqlash; 2-bosqich - erishilgan natijalarni ulchash va hisob- kitob qilish; 3-bosqich - natijalarni standartlar bilan solishtirish va menejerlarning keyingi qiladigan ishlarini aniqlash. Birinchi bosqichda tashkilot o‘zining strategiyasidan kelib chikkan holda aniq maqsadlar belgilaydi. Nazorat uchun foydalanadigan standartlar tashkilotning ko‘plab maqsadlari va strategiyalaridan tanlab olinadi. Nazorat uchun standartlar sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan maqsadlar ikkita muxim xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Bular aniq vaqt (muddat) bilan belgilanganlik va ishning bajarilish darajasini baholash imkonini beruvchi aniq mezonga ega bo‘lish. SHuningdek, standartlar imkoniyat darajasida ya’ni real bo‘lishi kerak. Ikkinchi bosqichda natijalarni ulchashdan avval standartlardan chetga ogishlarningn yo‘l qo‘yiladigan darajasi (masshtabi) aniqlanadi. So‘ngra natijalarini ulchash usullari tanlanadi va ulchovlar amalga oshiriladi. Uchinchi bosqichda natijalar standartlar bilan takkoslanadi va keyingi vazifalar belgilanadi. Bunda natijalar standartlarga mos kelganda, faoliyatda hech qanday o‘zgarishlar sodir etmasdan yana nazorat jarayoni takror davom etaveradi. Agar, erishilgan natijalar standartlar bilan mos tushmasa (rejadagi yoki boshqarish qarorlaridagi ko‘rsatkichlaridan chetga ogishlar bo‘lsa) birinchi navbatda standartlar qayta ko‘rib chiqilishi zarur. Standartlar to‘g‘ri o‘rnatilganligiga to‘la ishonch xosil qilingandan so‘nggina chetga ogishlarning sabablari aniqlanib, ularni to‘g‘rilash bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqishga kirishiladi. Agar standartlar noto‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa reja va boshqarish qarorlaridagi ko‘rsatkichlar, ularni amalga oshirish mexanizmi, tashkilotda amal qiluvchi turli me’yorlar qayta ko‘rib chiqilishi zarurdir. Nazorat jarayonini amalga oshirishni tashkil etish nazorat sistemasini shakllantirishdan iborat. Nazorat jarayonini amalga oshiruvchi sistema, ya’ni nazorat sistemasi (kundalik turmushda biz uni komissiya deb ataymiz) quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: _ nazorat sistemasining maqsadlari; - ekspertlar (tekshirilayotgan masala bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar; - standartlar ( masalan, reja ko‘rsatkichlari); - natijalarni ulchash usullari va vositalari; - zaruriy axborotli ta’minot. Nazorat sistemasi tashkilotning faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan uning noto‘g‘ri loyihalashtirilgan maqsadi va xatti-harakatlarining yo‘nalishi tashkilot xodimlarini bevosita ishlaridan chalgitishi va nazorat sistemasining talablarini qondirishga qaratilgan xatti-harakatlarga undashi mumkin. Samarali nazorat quyidagilar bilan xarakterlanadi: - strategik yo‘nalishi; -aniq natijalarga yo‘nalishi; - o‘z vaqtidaligi; - oddiy va tushunarli bo‘lishligi; - tejamliligi. Boshqarish faoliyatining samaradorligini oshirish rejalashtirish va nazorat qilish jarayonlari kay darajada o‘zaro bog‘langanligi bilan aniqlanadi.Bu yo‘nalishda axborotli-boshqaruv tizimlari shakllanishi boshqarish saviyasini yanada yuqoriroq darajaga olib chiqishga asos yaratadi. Xulosa qilib aytganda, boshqaruv jarayonining bacha funksiyalari bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ularning kay darajada yaxshi bajarilishi tashkilot samaradorligini oshiradi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling