Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси
Qaror asosan rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan turlarga bo‘linadi
Download 0.6 Mb.
|
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)
Qaror asosan rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan turlarga bo‘linadi. Rejalashtirilgan qarorlar takrorlanuvchi, ilgaritdan aniq vaziyatlarga tegishli bo‘lib, ularni qabul qilishga muloxazali yondoshish imkoniyati mavjud. Rejalashtirilgan qarorlar asosan tashqi muxit ta’siri natijasida tashkilotda shakllanuvchi favkulotdagi vaziyatlarni (muammolarni) hal qilish bilan bog‘liq. Bu sharoitlarda muloxaza yoki maslaxatlashish asosida qaror qabul qilishga imkoniyat yo‘q. SHuning uchun, bunday qarorlarni rahbarlarning o‘zlari qabul qiladilar. Uning natijasi va samaradorligi rahbar (menejer)ning saviyasi, tajribasi va tadbirkorlik darajasini rivojlanganligiga bog‘liq.
Boshqarish qarorlari quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1. Har qanday boshqaruv qarori jiddiy maqsad yo‘nalishiga ega bo‘lishi, paydo bo‘layotgan muammolarni echmogi kerak. 2. Boshqaruv qarori kuchga ega bulmogi kerak. U rahbar ega bo‘lgan huquq doirasida qabul qilinmogi darkor. 3. Boshqaruv qarori zamonaviy bulmogi kerak. Qabul qilingan vaqt muammoni tarakkiyot topish bosqichiga to‘g‘ri kelishi lozim, qaror qabul qilishda shoshma shosharlik va kechiqib kolishga yo‘l kuymaslik kerak. 4. Qaror qarama-karshi bo‘lmasligi kerak, boshqa qarorlar bilan kelishilgan bo‘lishi, shakli bo‘yicha tushinarli, aniq ifodalangan va ixcham bo‘lishi kerak. 5. To‘g‘ri boshqaruv qarori vaziyatni barcha xususiyatlarini hisobga olgan va ilmiy yondashuv asosida to‘zilgan bulmogi, ijtimoiy-iqtisodiy qonunlarni ta’sirini hisobga olgan holda va ishlab chiqarish axvolini taxlili asosida qabul qilinishi kerak. 6. Qaror tejamli bo‘lishi, ya’ni maqsadga erishishni eng kam harajatlar evaziga ta’minlashi kerak. 7. Qaror amalga real oshuvchi bulmogi kerak. Uni qabul qila turib, barcha ob’ektiv va shaxsiy cheklanishlarni, boshqariluvchi tizimning aniq imkoniyatlarini, mavjud resurslarni va ularni ishlatilishini real sharoitlarini hisobga olish kerak. Boshqaruv amaliyotida qarorlar bir necha ishlab chiqarish, xo‘jalik- iqtisodiy, ijtimoiy faoliyat masalalari bo‘yicha qabul qilinadi va ular o‘zlarining ifodalanish shakli, vaqti bo‘yicha, qabul qilinish uslubi bilan bir biridan fark qiladilar. SHu munosabat bilan ular mos ravishda turkumlanishni talab qiladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling