Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси


-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish


Download 0.6 Mb.
bet33/58
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416154
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58
Bog'liq
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)

5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish
Reja:


5.1. Tashkilotlar tushunchasi va ularning tavsifi
5.2. Tashkilotlarning ichki va tashqi muhiti
5.3. Tashkilotlarda mehnat taqsimoti turlari. Tashkiliy tuzilmalar
5.4. Tashkiliy o‘zgarishlarni boshqarish. Boshqarish samaradorligi


5.1. Tashkilotlar tushunchasi va ularning tavsifi
Menejmentga ta’rif berar ekanmiz, biz uni tashkilotlarni muvaffaqiyatli boshqarish faoliyati deb atadik. Tashkilotlarni muvaffaqiyatli boshqarish esa ularning asosiy xususiyatlarini va ichki jarayonlari moxiyatini bilishni talab etadi.
Tashkilot turli adabiyotlarda turlicha talkin qilinadi. Lekin, aniq shakllangan ta’rif mavjud emas. SHuning uchun har qanday tashkilotlarga qo‘yiladigan asosiy talablarni keltiramiz:
1) tarkibida kamida 2 kishi bo‘lgan kamida bir guruxning bo‘lishligi,
2) gurux(lar)ning barcha a’zolari uchun umumiy hisoblangan kamida bir maqsadning bo‘lishligi,
3) gurux(lar)ning ichida bir-birlari bilan tushungan holda munosabatlar o‘rnatib umumiy maqsad yo‘nalishida xatti-harakatlar qiluvchi odamlarning borligi.
Demak, t a sh k i l o t - bu odamlar guruxlarining umumiy maqsadlarga erishish yo‘nalishidagi anglangan xatti-harakatlaridir.
Tashkilotlarning shakllanishining asosiy sababi- insonlar uchun umumiy bo‘lgan etiyojlarni qondiruvchi mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishni yo‘lga quyishdir.
Aytish kerakki, yuqoridagi ta’rif r a s m i y tashkilot uchun to‘g‘ri keladi. Bulardan tashqari yana norasmiy tashkilotlar ham mavjud bo‘lib, ular har qanday rasmiy tashkilot doirasida shakllanishi mumkin. Maqsadlari rasmiy tashkilotning umumiy maqsadlaridan farklanuvchi gurux(lar)ning xatti-harakatlari rasmiy tashkilot tomonidan tan olinmasligi ularni "norasmiy" deb atalishiga sabab bo‘ladi va bundan keyin " tashkilot" deganda faqat rasmiy tashkilotlarni tushunamiz.
Amaldagi boshqarishda faqatgina bitta maqsadga ega tashkilotlar juda kam uchraydi Mavjud tashkilotlar bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bir necha maqsadlar majmuiga ega. Bunday tashkilotlar m u r a k k a b tashkilotlar deyiladi.
Murakkab tashkilotlarning sotsial-iqtisodiy sistema sifatidagi umumiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- aniq maqsad yo‘nalishida harakat qilish,
- bir butunlilik, yaxlitlilik,
- mehnat taqsimoti mavjudligi;
- bosqichlilik, boshqarish pog‘onalarining mavjudligi;
- tashqi muxitga bog‘liqlik;
- resurslardan foydalanishi;
- avtonomlik va o‘z-o‘zini boshqarish;
- moslashuvchanlik va harakatchanlik;
- odamlar faoliyatiga va tashqi sharoitlarga bog‘liq holda extimollilik;
- boshqarishning zaruriyligi.

Umumiy holda olganda har qanday tashkilotning maqsadlari natijalarga erishish uchun resurslarni qayta ishlashni o‘z ichiga oladi. Tashkilotda foydalanadigan resurslarga odamlar, kapital, xom-ashyo va materiallar, texnologiya, tadbirkorlik va axborot kiradi.


Tashkilotning bir butunliligi, yaxlitligi moxiyati uni sistema sifatida ko‘rib o‘rganishdan bizga ma’lum. Tashkilotlar iqtisodiy jarayonlarning ishtiroqchisi sifatida boshqa sistemalar bilan aloqaga kirishadi, tashqi muxitdan resurslar oladi va tashqariga mahsulotlar, xizmatlar, informatsiya chiqaradi. SHuning uchun uni ochiq sistema deymiz, ya’ni u tashqi muxitning tarkibiy qismidir.
Tashqi muxitdagi va odamlar xatti-harakatlaridagi o‘zgarishlar tashkilot faoliyati muxitini noaniqlik, ya’ni etimollik darajasiga keltiradi. Bu esa, o‘z navbatida, tashkilotni boshqarish zaruriyligini keltirib chiqaradi. Tashkilotdagi bo‘limlar, guruxlar, odamlar har biri bajaradigan vazifa bilan bog‘liq xatti-harakatlarning mantigi turlicha, lekin bu faoliyatni asosiy maqsad sari yo‘naltirib, muvofiklashtirib turish zarur. SHuningdek, har bir masalani echish uchun zarur bo‘lgan umumiy resurslarni odamlar orasida taqsimlash kerak. Bu kabi umumiylik xarakteriga ega bo‘lgan masalalar markazlashtirilgan holda echilishi zarur.
Zamonaviy mahsulotlar yoki xizmatlar ishlab chiqarish, informatsiya, mutaxassislar etishtirish bilan bog‘liq masalalarning murakkabligi, ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini, nisbiy samaradorlikni, mahsulot sifatini oshirish bilan bog‘liq muammolar tashkilotlar doirasida echiladigan masalalarni tarkibiy qismlarga ajratib echish zaruriyatini di. YA’ni, zamonaviy tashkilotlarni boshqarish mehnat taqsimotlari asosida olib boriladi. Murakkab tashkilotlar doirasida asosan mehnatning g o r i z o n t al va v e r t i k a l taqsimotlari amalga oshiriladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling