Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси
Mehnatning gorizontal taqsimoti-
Download 0.6 Mb.
|
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki o‘zgaruvchilar
Mehnatning gorizontal taqsimoti- bu bevosita mahsulotlar ishlabchiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq yaxlit ishlarning tarkibiy qismlarga ajratilishi. Natijada tashkilotlarning ichki xo‘jaliklari, bo‘limlari, odamlar guruxlari shakllanadilar.
Mehnatning vertikal taqsimoti - bu bevosita tashkilotni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni taqsimlash, ya’ni boshqaruv buginlari faoliyatini muvofiklashtirish uchun amalga oshiriladigan mehnat taqsimoti. Natijada tashkilotlarning boshqarish pog‘onalari shakllanadilar. Boshqaruv pog‘onalari soni har bir tashkilotda turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin amalga oshiriladigan ishlar ko‘lamiga hamda ularning ahamiyatiga ko‘ra boshqarish pog‘onalarini asosan uchta darajaga (saviyaga) ajratish mukin: yuqori boshqarish pog‘onasi, o‘rta pog‘ona va quyi pog‘ona. Boshqarishning yuqori pog‘onasida tashkilot faoliyatiga doir eng asosiy masalalar hal qilinadi (masalan, faoliyat to‘rini o‘zgartirish, umumiy yo‘nalishni belgilash va x.k), muxim qarorlar qabul qilinadi, uzoq muddatli strategiyalar ishlab chiqiladi. O‘rta pog‘onada tashkilotning joriy faoliyati bilan bog‘liq masalalar hal qilinadi, tashkilot ichki faoliyati muvofiklashtirib turiladi. Bevosita mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarining tezkor (operativ) masalalarini hal qilish boshqaruvning quyi pog‘onasida amalga oshiriladi. Menejerlar, ular qaysi boshqarish pog‘onasida faoliyat ko‘rsatishidan qat’iy nazar, tashkilotlarning muvaffaqiyatini ta’minlash uchun yuqori mas’uliyat va tadbirkorlik bilan ish yuritishlari zarur. 5.2. Tashkilotlarning ichki va tashqi muhiti Har bir tashkilot - ochiq tizim bo‘lib, tashqi muxit bilan chambarchas bog‘langan ko‘plab o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismlardan iborat bir yaxlitlikdir. Tashkilotning samarali faoliyatini ta’minlash uchun ushbu omillarning moxiyati va o‘rnini tushunmoq zarur. Ichki o‘zgaruvchilar- bu tashkilotning ichidagi vaziyatli omillar. Rahbarlar diqqatini talab qiladigan asosiy ichki o‘zgaruvchilarga maqsadlar, masalalar, struktura, insonlar va texnologiya kiradi. Tashkilot ta’rifining o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bu umumiy deb tushunilgan maqsadlarga ega odamlar guruxi. Tashkilot odamlar oldidagi maqsadlariga yakka-yakka holda erisha olmaganda, ya’ni buning uchun jamoa (birgalikda) faoliyat talab etilganda, tashkil topadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling