Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси
-CHizma.Tashkilotning ichki o‘zgaruvchilarining bog‘liqligi
Download 0.6 Mb.
|
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)
5.1.-CHizma.Tashkilotning ichki o‘zgaruvchilarining bog‘liqligi.
Ichki o‘zgaruvchilarni odatda sotsiotexnik tizimchalar deb atashadi, chunki ular sotsial (ijtimoiy) tashkil qiluvchilar (odamlar) va texnik tashkil qiluvchilar (boshqa ichki omillar)dan iborat. Bir omilni takomillash tirish, masalan, texnologiyani, har doim ham unumdorlikning o‘sishiga olib kelmaydi, agarda bu o‘zgarishlar boshqa omilga, masalan, odamlarga, salbiy ta’sir ko‘rsatsa. Rahbarlar har qanday xatti -harakatlarni amalga oshirishdan avval kritik omillar (o‘zgaruvchilar) orasidagi o‘zaro munosabatlarni ko‘rib chiqishi zarur. Maqsadlarni va bundan kelib chiqib boshqa o‘zgaruvchilarni masalalar, struktura yoki texnologiyani o‘zgartirishda odamlarning individual va guruxlardagi xatti-harakatlarini hamda o‘zgarishlarga munosabatini hisobga olish zarur. YUqorida aytib utilganidek, tashkilot - ochiq tizimdir, ya’ni tashqi muxit bilan bog‘liq. Bu omil, tashkilotning ichki o‘zgaruvchilarini muvofiklashtirish zarurligi bilan bir qatorda, tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish uchun uni boshqarishni taqazo etadi. Boshqarish fani tarixidan bizga ma’lumki, uning rivojlanishining birinchi bosqichlarida tadqiqotchilar asosiy e’tiborni tashkilotning ichki omillariga qaratganlar. Lekin tez o‘zgaruvchan va harakatchan olamda bugungi tashkilotlarga tashqi muxitdagi o‘zgarishlarga moslashishga va ularga mos holda ichki omillarni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Tashqi muxit ahamiyati to‘g‘risida Elvar Elbing shunday yozadi:"Tashkilotning tashqi muhiti bugungi kun rahbarlari uchun muammolar manbaiga aylanib bormoqda. Jamiyat uchun eng muxim tashkilotlar - biznes, maorif, davlat - rahbarlari jaxonda sodir bo‘lgan yaqindagi voqealar ta’sirida tez o‘zgarayotgan tashqi muxitga va uni tashkilotning ichki tuzilishiga ta’siriga diqqat-e’tiborini qaratishga majbur bo‘ldilar". Tashkilotning raqobatbardoshligi va yashovchanligi rahbarlarga bog‘liqligi uchun, menejer tashqi muhitda uning tashkilotiga ta’sir ko‘rsatadigan muhim omillarni aniqlashni bilishi majbur. Tashqi omillarning ahamiyati har bir tashkilot uchun va bir tashkilot doirasidagi bo‘limlar uchun ham har-xil. Barcha tashqi omillar ichida menejer o‘z tashkilotiga taallukli omillarni ajratib, ularni hisobga olish zarur. * Tashkilotga aloqador tashqi muxit omillarini ikki guruxga ajratib o‘rganish mumkin: bevosita ta’sir etuvchi muxit va bilvosita ta’sir etuvchi muxit. Bevosita ta’sir muxiti o‘z ichiga tashkilot jarayonlariga bevosita ta’sir etib va ushbu jarayonlarning ta’sirini o‘zida aks ettiradigan omillarni oladi. Bunday omillarga xom-ashyo va materiallar etkazib beruvchilar, mehnat resurslari, qonunlar va davlat tartibot muassasalari, iste’molchi va rakobatchilar kiradi. Bilvosita ta’sir muxitiga jarayonlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri va darxol ta’sir etmasa ham, ma’lum darajada ahamiyatga ega omillar kiradi. Bu erda so‘z iqtisodiyotning holati, fan- texnika tarakkiyoti, ijtimoiy-madaniy va siyosiy o‘zgarishlar, guruxlar manfaatlari ta’siri hamda boshqa mamlakatlarda ruy bergan tashkilot uchun ahamiyatli voqealar kabi haqida ketmoqda. Tashkilot tashqi muxitining barcha omillari bir-birlariga o‘zaro bog‘liq, o‘zgaruvchan va tashkilotga turli darajada ta’sir ko‘rsatadilar. Tashqi muxit omillarining o‘zaro bog‘liqligi – bu bir omilning o‘zgarishi boshqa omillarga ta’sir etish kuchi darajasidir. Bu narsa, ayniqsa, jaxon bozorida ahamiyatlidir. Tashqi muxitning yana bir jixati - uning murakkabligidir. Tashqi muxitning murakkabligi deyilganda, tashkilotga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar soni va ularni o‘zgarib turishi darajasi tushuniladi. Muxitning harakatchan igi - tashkilot atrofida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar tezligi. Harakatchanlik tashkilotning ayrim bo‘limlari uchun yuqori, ayrimlari uchun past bo‘lishi mumkin. Muxitning harakatchanligi qarorlar qabul qilish jarayonini kiyinlashtiradi, chunki bunda ko‘p miqdorda turli xil ma’lumotlar ilab etiladi. Ma’lum bir omil haqida tashkilot ega bo‘lgan ma’lumotlar miqdori, hamda ushbu ma’lumotlarning ishonchlilik darajasi tashqi muxitning noaniqlik darajasini ifodalaydi. Tashqi muxit qanchalik noaniq bo‘lsa, samarali qarorlar qabul qilish shunchalik kiyinlashadi. Halkaro muxitda faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga madaniyat, iqtisodiyot, qonunchilik va siyosiy holatdagi farklarni tushunish va hisobga olish zarur. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling