Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси
Download 0.6 Mb.
|
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)
Maqsadlar - bu tashkilot erishmoqchi bo‘lgan aniq pirovard natijalar bo‘lib, ular rahbariyat tomonidan faoliyatni rejalashtirish davomida ishlab chiqiladi. Bu muvofiklashtirish mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi, chunki tashkilot a’zolariga ular nimaga intilishlari zarurligini bilish imkoniyatini beradi.
Turli tashkilotlarning maqsadlari turlidir. Masalan, tijorat va notijorat tashkilotlarning maqsadlari bir-biridan fark qiladi. Yirik tashkilotlar bir-birlarini tuldiruvchi ko‘plab maqsadlarga ega. Rahbarlarning barcha kelgusi qarorlari maqsadlar aniqlab bergan yo‘nalishda qabul qilinadi va bajariladi. Tashkilot singari, uning tarkibiy qismlari ham o‘z maqsadlarini ishlab chiqishadi. Bu maqsadlar tashkilotning umumiy maqsadiga mos bo‘lishi, uni rivojlantirishi va bir-birlariga qarama-karshi bo‘lmasligi zarur. Tashkilotning yana bir ichki o‘zgaruvchisi - bu masalalar, ya’ni belgilangan usul bilan aniq muddatda bajarilishi kerak bo‘lgan ish, ishning bir qismi yoki ishlar ketma-ketligidir. Masalalar turlari to‘g‘risida biz oldingi ma’ruzalarda aytib o‘tgan edik, ya’ni ular 3 turga bo‘linadi: - buyumlar (mashina, jixozlar) bilan ishlash; - odamlar bilan ishlash; - ma’lumotlar bilan ishlash. Masalalar tashkilotning maqsadlariga va mehnat qanday taqsimlanganligiga bog‘liq. Turtinchi muxim o‘zgaruvchi- bu texnologiyadir. Lyuis Deyvis [l] bergan ta’rifga ko‘ra "Texnologiya — bu materiallarda, axborotlar yoki odamlarda istalgan (xoxlangan) o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan malakaviy ko‘nikmalar, asbob-uskunalar, infrastruktura, jixozlar va zaruriy texnik bilimlar yig‘indisidir". Masalalar va texnologiya bir-birlariga bog‘liq, chunki birinchisini bajarish konkret texnologiyadan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Texnologiya o‘z rivojlanishi davomida 5 ta yirik o‘zgarishni boshidan kechirdi: - sanoat inqilobi; - standartlashtirish va mexanizatsiya; - yigma konveyer liniyalar; - bio va plazma texnologiyalari; - nanotexnologiyalar va telekommunikatsiya texnologiyalari. Bu innovatsiyalar masalalarning mazmuni va moxiyatigagina emas, balki butun boshqarish jarayoniga katta ta’sir ko‘rsatdi. Texnologiyalar turlanishi (klassifikatsiyasi)ning mavjud tizimlaridan ko‘proq ma’lum bo‘lgan tizim Dj.Vudvord [l] taklif etgani bo‘lib, unga ko‘ra barcha ishlab chiqarish firmalarining texnologiyalari 3 xil turga bo‘linadi: 1) Donalab, mayda seriyalab yoki individual ishlab chiqarish; 2) Ommaviy yoki yirik seriyalab ishlab chiqarish; 3) Uzluksiz ishlab chiqarish. Djeyms Tompsoning ta’rifiga ko‘ra [ l] texnologiyalarni quyidagi uch turga ajratish mumkin: 1. Ko‘p buginli texnologiyalar - birin-ketin bajariladigan, o‘zaro bog‘liq masalalar to‘plami bilan xarakterlanadi. 2. Vositachilik texnologiyalari - bir-biriga bog‘liq bo‘lgan yoki bo‘lishi istalgan odamlar guruxlarining uchrashuvlari bilan xarakterlanadi. 3. Intensiv (jadal) texnologiya - ishlab chiqarishga kelib tushayotgan aniq materiallarda ma’lum o‘zgarishlarni sodir etish uchun qo‘llaniladigan maxsus usullar, ko‘nikmalar yoki xizmatlar majmuidir. *Texnologiyaning har bir turi o‘z afzalliklariga ega va aniq maqsad va masalalarni eng yaxshi yo‘l bilan bajarishga mos keladi. Tashkilotning keyingi ichki o‘zgaruvchisi - odamlar bo‘lib, ularsiz har qanday ilg‘or texnologiya foydasiz bo‘lishi va hech qanday masala (ish) bajarilmasligi mumkin. Rahbarlar insonlarning xatti-harakatlari masalalarini uch xil nuqtai nazardan: alohida shaxslar sifatida, guruxlar sifatida va sardorlar sifatida harakat qiluvchi shaxslar nuqtai-nazardan o‘rganadilar. Insonlarning individual xatti-harakatlari qobiliyat, iktidor, munosabatlar, ehtiyojlar, kadriyatlar, kuzatishlar va tushunish kabi muxim jixatlarga bog‘liq. Rahbariyat shakllantiradigan muxit ko‘p xollarda ishlovchilarning xatti-harakatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. *Demak, rahbarlar bu muxit ni tashkilot maqsadlariga erishishiga imkon berishini ta’minlashga harakat qilishlari kerak. Tashkilotninig barcha ichki o‘zgaruvchilari bir-birlaridan alohida qurilishi mumkin emas, chunki bir omilning katta o‘zgarishi boshqa omillarga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bunda ushbu ta’sir ayrim o‘zgaruvchilariga ijobiy, ba’zilariga salbiy mazmun berishi mumkin. SHuning uchun ichki o‘zgaruvchilarning o‘zaro bog‘lanishlar moxiyatini tushunish zarur. Tizimlar nazariyasiga asosan - tashkilot bu o‘zaro bog‘liq qismlardan iborat yaxlitlikdir. Tashkilot tarkibiy qismlarini o‘zaro bog‘liqligini quyidagi modelda ko‘rsatish mumkin.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling