Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси


Ta’sir ko‘rsatish davri bilan


Download 0.6 Mb.
bet31/58
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416154
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58
Bog'liq
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)

1. Ta’sir ko‘rsatish davri bilan - strategik va taktik turlarga bo‘linadi. Strategik qarorlar oliy muammolarni hal etishda maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda ishlatiladi. Ular uzoq vaqtga odatda bir necha yilga hisoblanadi va strategik masalalarni hal etilishida ishlatiladi, shuning uchun uni istikbol rejasi deb ataydilar.
Taktik qarorlar joriy maqsad va masalalarni amalga oshirish bilan bog‘liq, bu kabi qarori misol tariqasida korxonani joriy rejalashtirishi, kadrlarga tegishli masalalarni echish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Ular oliy va o‘rta saviyadagi rahbarlar tomonidan bir yildan ikki yilgacha bo‘lgan davrga qabul qilinadi.
2. Ma’nosi va ta’sir qilish tavsifi bilan, ijtimoiy-iqtisodiy, texnik, ijodiy va boshqalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy - bu mehnat jamoalarida jamoa a’zolarini ijodiy faolligini oshirishga, faoliyatni samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan.
Texnik qarorlar ishlab chiqarishda texnikaga oid siyosatni tarakkiyot toptirish uchun yo‘naltirilgan.
3. Mehnat xajmining ko‘lami va darajasiga qarab murakkab va oddiy qarorlar.
Murakkab qarorlar - bu maxsus bilim va katta tayyorgarlik ishlari talab qiluvchi qarorlardir.
Oddiy qarorlar - katta tajriba va maxsus bilim talab kilmaydigan va ular uchun javob hamma vaqt tayyor bulmogi kerak.
4. Takrorlanishi va yangilik darajasi bo‘yicha - oddiy va ijodiy qarorlar.
Oddiy - bu qarorlar oddiy, an’anaviy vaziyatlarda qabul qilinadilar. Ularni ta’siri oldindan ma’lum bo‘ladi. Masalan, korxonada ishlab chiqarish dasto‘rini tuzish.
Ijodiy - bu birinchi marta paydo bo‘layotgan, aniq taxlil talab qiluvchi ishni maxsus o‘rganilishini talab qiluvchi qarorlardir. Masalan, korxonaning ba’zi bir tarmoqlari uchun solik siyosatini ishlab chiqish.
5. Boshqaruv sub’ektida bor bo‘lgan axborotni to‘lalik darajasiga qarab - aniqlik, tavakkalchilik, noaniqlik sharoitida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan qarorlar.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling