Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси


Download 0.6 Mb.
bet28/58
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416154
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58
Bog'liq
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)

g‘oya (fikr)




xabar




Qabul qiluvchi




fikrni tushunish

2- chizma. Informatsiya almashish jarayonining sodda modeli.


Agar rahbarlar kommunikatsiyaning mazmuni va moxiyatini tushunmasalar va unga ahamiyat bermasalar, tashkilotning strukturasida o‘zilishlar yuz berishi mumkin. SHu sababli kommunikatsiya jarayonining har bir bosqichida informatsiya o‘z ma’nosini o‘zgartirmay tezkor harakat qilishini ta’minlash zarur.
YUqoridagi chizmada ko‘rsatilgan informatsiya almashish jarayoni to‘liq emas deb hisoblanadi, chunki, aslida teskari aloqa o‘rnatilganidan keyingina tashkilotdagi kommunikatsiya jarayoni to‘liq hisoblanadi. Faqat teskari aloqa vositasi orqaligina rahbarlar tashkilotning turli bo‘limlari, quyi boshqarish pog‘onalari, ishlab chiqarish jarayoni va umuman turli xil xatti harakatlar to‘g‘risida informatsiyaga ega bo‘ladilar. Bularsiz tashkilotning keyingi holatini aniqlab bo‘lmaydi.
Teskari aloqada qabul qiluvchi va uzatuvchi o‘z o‘rinlari bilan almashadilar va bunda qabul qiluvchi etkazilgan informatsiyani qanday tushungani, unga munosabati (reaksiyasi)ni bildiradi. Teskari aloqa yordamida informatsiya almashish jarayoni samaradorligi oshadi va shovkinlar kamayadi.
YOmon o‘rnatilgan teskari aloqa va informatsiyani qabul qilishni bilmaslik (masalan, tinglashni) samarali kommunikatsiyaga tusikdir.
Odatda kommunikatsiyalarning samaradorligini oshirish uchun teskari aloqaning shakllanishi rag‘batlantiriladi. Teskari aloqada bo‘ysunuvchilar rahbariyatning xatti-harakatlari, tashkilot maqsadlariga erishish yo‘llari, mahsulot sifatini oshirish, tarkibiy o‘zgarishlar va boshqa masalalarga o‘z fikr va muloxazalarini yuqoriga bildirish imkoniga ega bo‘lishlari kerak.
Ichki xo‘jaliklarning, boshqarish pog‘onalarining ko‘pligi kommunikatsiya jarayonini murakkablashtiradi. CHunki, bular informatsiyani shunchaki qabul qilib yoki uzatibgina kolmasdan, balki qayta ishlaydilar va tartiblash tiradilar. Informatsiyaning xususiyatlaridan biri esa shundan iboratki, u qancha ko‘p qayta ishlansa, shunchalik o‘zining birlamchi ma’nosini yo‘qotadi. Bu xodisa, ya’ni informatsiyaning "filtrlanishi" vertikal kommunikatsiyalarda ko‘p uchraydi va bir boshqarish pog‘onasidan ikkinchi pog‘onaga o‘tgani sayin informatsiya o‘z mazmunini o‘zgartira boradi. Bu esa tashkilot doirasida turli tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi.
Tashkilot doirasida yoki tashqi muxitda shakllangan informatsiyani o‘z vaqtida, "mish-mishlar" tarkalmasdan ilgari zaruriy joylarga etkazishlik tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirishga imkon beradi.

Boshqarish jarayonlarini axborot bilan ta’minlashni takomillashtirish yo‘nalishlari.



Tashkilot faoliyatini umuman olib qaraganda, rahbarlar tashkilotning informatsiya markazi hisoblanadilar. CHunki, ular turli miqdordagi va ko‘rinishdagi informatsiyani qabul qiladilar, qayta ishlaydilar, tartibl ashtiradilar, saqlaydilar va uzatadilar. Bundan tashqari, ular faqat o‘zlari ishlab chikkan informatsiya (turli qarorlar, loyihalar, maslaxatlar va x.k.) orqali tashkilotni boshqaradilar va tashqi muxitga ta’sir ko‘rsatadilar. Boshqarish esa munosabatlarga ta’sir etish demakdir. Munosabatlar o‘z navbatida asosan informatsiya okimi orqali o‘rnatiladi.
Demak, tashkilot doirasida kommunikatsiyani yo‘lga quyish har qanday boshqarish ishlari uchun muxim bog‘lovchi jarayondir, chunki boshqarish - turli munosabatlarni muvofiklashtirish va tartiblashtirishdan iborat.
Tashkilot faoliyatining uzluksizligi va bir maromdaligini ta’minlash hamda boshqarish uchun zarur bo‘lgan informatsiya tizimini tashkil qilishda iloji boricha birlamchi (ya’ni ishlov berilmagan) axborotlarni kamaytirish, berilgan ma’lumotlarni ko‘proq ishlatish, faqat boshqaruv uchun zarur bo‘lgan, diqqatga sazovor va qaror qabul qilish uchun keraqli axborotlarni berib borish zarur.
Axborotlarni kamaytirish korxonaning hisoblash markazida saqlanuvchi shartli o‘zgarmaydigan axborotlar hisobiga amalga oshirilishi kerak. Axborotlarning kamayishi avvalo shifr va kodlar kiritilishi hisobiga amalga oshiriladi. SHu bilan birga bir xil ma’lumotlar turli axborotlar olish maqsadida bir necha marta takror ishlatilishi mumkin.
Boshqaruv jarayonining ulkan tarakkiyoti axborotlarga qayta ishlov berishda kompyuter texnikasidan keng miqyosda foydalanishdir. Mexanizatsiya lashgan va avtomatlashtirilgan axborot tizimining samaradorligi ularning quyidagi ishlarni bajara olishiga bog‘liq:
1. Juda oz vaqt ichida tashkilotning ichki xo‘jaliklaridan olingan axborotlarga ishlatish uchun qulay shaklda ishlov bera olish;
2. avvaldan ma’lum bo‘lgan iqtisodiy natijalar bilan birgalikda boshqaruvni asoslash niyatida axborotni imkoniyati boricha kengaytira olish;
3. axborotlarni tartibga solingan holda jamlay olish va uzoq vaqt sak ay olish;
4. qaror qabul qilish uchun axborotlarga maromiga etkazib ishlov bera olish.
Agarda tashkilotlar kompyuter hamda boshqaruv texnikasi bilan jixozlangan axborot boshqaruv markaziga ega bo‘lsalar, unda axborotlarga ishlov berish jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat bo‘ladi:
birlamchi axborotni qabul qilish va uni kompyuterga kiritish uchun tayyorlash, axborotlarni kompyuterga kiritish, axborotlarga ishlov berish, ularni chiqarish, axborotni boshqarish uchun keraqli joylarga berish, qabul qilingan qarorlarni aloqa tizimi vositasi bilan boshqariluvchi obektlarga etkazish va axborotlarni kelajakda ishlatish uchun qulay ko‘rinishda saqlash.
Boshqaruv tizimida qayta ishlangan informatsiyalar natijasini belgilash shakllari muxim ahamiyatga ega. Ular qaror qabul qilish jarayonida inson tushunib etishi uchun qulay bulmogi kerak.
Qayta ishlanuvchi axborot xajmining o‘sishi va boshqarishning murakkablashishi tabiiy ravishda kompyuterlarni qo‘llash zaruriyatini keltirib chiqaradi va bu axborotli boshqaruv tizimini shakllanishiga olib keladi. Bunda avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari vujudga keladi. Ularga "odam-mashina" tizimlari, boshqarish vazifasini amalga oshirishda,ya’ni axborotni yig‘ish va qayta ishlashda obektni maqsadga muvofik ishlab turishini ta’minlashda qo‘llaniladigan texnika vositalari va boshqaruv texnikasi kiradi. Menejer boshqaruv jarayonida qanchalik axborotlar bilan to‘liq ta’minlansa oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilishga erishadi. Bu esa tashkilotni samarali boshqarilishiga olib keladi.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling