Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси
Boshqaruv qarorlari, ularni tayyorlash, qabul qilish va ijrosini ta’minlash
Download 0.6 Mb.
|
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaror ishlab chiqish va qabul qilish
- Muammo
4.4. Boshqaruv qarorlari, ularni tayyorlash, qabul qilish va ijrosini ta’minlash
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish - tashkilotning ichki o‘zgaruvchilari va tashkilot bilan tashqi muxit orasidagi o‘zaro munosabatlarni muvofiklashtirishda muxim bog‘lovchi jarayondir. Qaror- bu umumiy maqsadlar yo‘nalishida imkoniyatlardan birini tanlashdir. Qaror umumiy maqsadlar yo‘nalishida echilishi zarur bo‘lgan masalalarni hal qilish usullarini aniq ko‘rsatadi va zaruriy resurslarni masalalar bilan bog‘laydi. Boshqaruvda qaror qabul qilish shaxsiy hayotdagiga qaraganda ko‘proq tizimlashgan jarayondir. Rahbar faqat o‘zi uchun emas, balki tashkilot uchun ham,boshqa xodimlar uchun ham harakat yo‘nalishini tanlaydi. Tashkilotlarning boshqaruvini oliy saviyasi (pog‘onasi)dagi menejerlar ba’zida yuz million sum bilan bog‘liq qarorlar qabul qiladilar. YAnada muximrogi-boshqaruv qarorlari ko‘plab insonlarni hayotiga ta’sir ko‘rsatadi. Boshqaruv qarori deganda nimani tushinish kerak? Qaror - bu boshqaruv faoliyatini oxirgi natijasidir. Agar boshqaruvda mehnat predmeti axborot bo‘lsa, uning mehnat (natijasi) mahsuloti-boshqaruv qaroridir. Qaror ishlab chiqish va qabul qilish - bu shunday boshqaruv faoliyatining asosiy shakliki, unda rahbar mehnatining mazmuni, uning jamoaga maqsad sari yo‘naltirilgan harakat jarayonidir. Boshqaruv qarori ikki holatda ishlatiladi: birinchi holatda -kimningdir yoki nimaningdir tomonidan o‘rnatilgan boshqaruv xujjati, qabul qilingan harakat rejasi, qaror qilish va boshqalar . Boshqa holatlarda - bu bir necha variantlardan bitta ma’kul variantli tanlash. Qaror pishib etilgan muammo mavjud bo‘lganda qabul qilinadi. Muammo deb - har qanday tizimni mavjud va zarur bo‘lgan axvolini tavsiflovchi vaziyat qabul qilinadi. Boshqaruv qarorining elementlari. Boshqaruv qarori Masala
Vosita Javobgarlik muxlatlar Asoslangan qaror boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlarni xukm surishi va tarakkiyoti uchun zarur ob’ektiv qonuniyatlar bilimiga va aniq vaziyatlar xususiyatlariga asoslanadi. SHuning uchun boshqaruv qarori elementlari quyidagilar: masalaning o‘zi, vositalar, masalaning echimi uchun zarur bo‘lgan javobgarlik (kim uni qabul qiladi), muhlatlar. Hozirgi vaqtda har xil masala bo‘yicha ko‘plab qarorlar qabul qilinadi, ammo ularning mahsuldorligi juda konikarsizdir. Masalan, yirik tashkilot menejerlari kadrlarni tayyorlash va joy-joyiga quyish masalasida, turli bo‘limlar orasidagi o‘zaro munosabatlar masalasida qaror qabul qilishda sezilarli kiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Bu vaziyatlar soxasida bilimni, tarbiya ishiga oid tajribani etishmasligi va katta darajada rahbar- tadbirkor shaxsiy qobiliyatiga bog‘liqdir. Boshqarish qarorlarini asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar hisoblanadi: 1. Maqsadlar 2. Masalalar 3. Masalalarni echish usullari (texnologiya) 4. Resurslarga nisbatan talablar 5. Qarorning ta’sir doirasi 6. Qarorning bajarilish muddatlari 7. Qarorni amalga oshirilish mexanizmlari (masalalar strukturasi) YA’ni ushbu qarorda masala va muammolar ilgari qabul qilingan yoki kelajakda qabul qilinishi mumkin bo‘lgan masalalar bilan qanday bog‘langanligi aniq belgilanadi. Boshqaruv qarorlar ma’lum xususiyatlarga ega bo‘lishi zarur. Bunga quyidagilar kiradi. 1. Qarorning ilmiy asoslanganligi 2. Qarorlarning birligi 3. Qarorlarning adolatliligi - haqqoniyligi 4. Qarorlarning to‘g‘ri yo‘naltirilganligi 5. Qarorlarning qisqaligi 6. Qarorlarning vaqt bo‘yicha aniqligi 7. Qarorlarning operativligi YUqoridagilardan ma’lum bo‘ldiki, boshqarish qarorlarini qabul qilish har qanday boshqarish funksiyalarini bajarish uchun zarur bog‘lovchi jarayondir. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling