Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси


Download 0.6 Mb.
bet20/58
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416154
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58
Bog'liq
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)

M o t i v a s i ya - tashkilotning alohida xodimi yoki guruxning tashkilotning umumiy maqsadlari yo‘nalishidagi samarali mehnat faoliyatiga asos yaratishdir. Mehnat faoliyatini asoslash mehnat kadriyatlarining mavkeini oshirish, mehnat tangligiga barham berish, yangicha mehnat ongi va etikasini shakllantirish imkonini beradi. Ushbu masalalarning hal qilishning strategiyasi va taktikasi mehnat faoliyatini asoslash va uni rag‘batlantirishdir.
Asoslash xodimga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishdan iborat bo‘lib, undan ko‘zda tutilgan maqsad - tegishli asos (motiv) o‘zagini shakllantirish va shu asosda mehnat potensialini rivojlantirishdir. Rag‘batlantirish - xodimning kadriyatli yo‘nalishi va qiziqishlarining haqikiy tuzilishiga, mavjud mehnat potensialini yanada to‘laroq ruyobga chiqarishga qarab yo‘l to‘tishdir.
Asoslash va rag‘batlantirish mehnatni boshqarish usullari sifatida yo‘nalishi bo‘yicha bir-biriga qarama-karshidir - birinchisi, mavjud axvolning o‘zgarishiga, ikkinchisi, uni mustaxkamlashga qaratilgan, lekin shu bilan birga ular bir-birini tuldiradi.
Insonlarning mehnat faoliyatini asoslash mexanizmini yaratish uchun menejerlar asoslash mazmuni va yo‘nalishlari haqida to‘la tushunchaga ega bo‘lishlari zarur.
Asoslash jarayoni murakkab va xilma-xildyar. Bu xodisani tushuntirishga qaratilgan ko‘p miqdordagi asoslash nazariyalari mavjuddir.
Hozirgi vaqtdagi tadqiqotlarda asoslashning mazmunanligi nazariyalari (A.Maslouning ehtiyojlar ieararxiyasi nazariyasi, Gersbergning ikki omillilik nazariyasi, Makklelland ehtiyojlar nazariyasi va x.k.) va asoslashning protsessual nazariyalari (K.Levinning kutish nazariyasi, V.Vrumning kutish va afzallik nazariyasi, Porter-Loulerning adolat nazariyasi, D.Makgregorning "iks" va "igrek" nazariyasi va x.k.) mavjuddir.
Dastlabki nazariyalarda asosiy e’tibor asoslash negizida yotgan omillarni taxlil qilishga qaratilgan va asoslash jarayonining o‘ziga amalda e’tibor berilmagan. Kolgan nazariyalar asoslash jarayonini, uning natijalarini tasvirlash va bashorat qilishga bagishlangan, lekin ular sabablarning mazmuniga daxldor emas.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling