Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси


Kommunikatsiyalar va ularning boshqaruv jarayonida o‘rni


Download 0.6 Mb.
bet23/58
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416154
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58
Bog'liq
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)

4.3. Kommunikatsiyalar va ularning boshqaruv jarayonida o‘rni

Boshqaruv jarayoniga sistemalar nazariyasi nuqtai-nazaridan qaralganida, uni ma’lum bir tizimni muvozanatda saqlab turish yoki uni sifat jixatidan yangi shaklga keltirish uchun amalga oshiriladigan ta’sirlar yig‘indisidir deyish mumkin. Bu ta’sirlarni amalga oshirish uchun boshqaruvchi qism, ya’ni boshqarish sub’ekti boshqariluvchi ob’ekt holati haqida etarli ma’lumotga ega bo‘lishi zarur. "Informatsiya" (axborot) atamasi lotincha so‘zdan kelib chiqib, biron-bir voqea yoki kimningdir faoliyati haqidagi xabarni anglatadi. Boshqarish jarayonini etarli va haqqoniy ma’lumotlarsiz amalga oshirish mumkin emas. Boshqaruvchi tizim boshqariluvchi tizimning umumiy faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar oladi, ular asosida tizim holatiga baho beradi, boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqadi va boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi. Bundan tashqari tashkilot ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida tashqi muxit bilan informatsiya almashish orqali munosabatlarga kirishadi.


Tashkilot doirasida faoliyat ko‘rsatuvchi insonlarni, mehnat taqsimotlari natijasida shakllanuvchi ichki xo‘jaliklar (bo‘limlar)ni va boshqarish pog‘onalarini yaxlit holatga olib keluvchi jarayon kommunikatsiyadir. Klassik ta’rif bo‘yicha kommunikatsiya – bu, odamlar orasidagi informatsiya almashish jarayoni. Bunda axborot ikki taraflama yo‘nalishda-ya’ni uzatuvchi va qabul qiluvchilar tomon harakat qiladi. Menejmentda kommunikatsiyalar - odamlar, guruxlar (ichki xo‘jaliklar), boshqarish pog‘onalari hamda tashkilot bilan tashqi muxit orasidagi informatsiya almashish jarayonidir. Boshqaruv jarayonida aloqa shakllarini quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin:

Boshqaruv ta’siri


Boshqaruvchi qism Boshqariluvchi qism




Tashqi
Axborot














Teskari
aloqa



  1. Download 0.6 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling