Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси
Download 0.6 Mb.
|
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimli yondashuv
1.3. Menejmentga yondoshuvlar
Vaziyatli yondashuv (1960 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuvni ishlab chiqilishi boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shgan, chunki fanni aniq vaziyatlar va sharoitlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash imkoniyati paydo bo‘lgan. Vaziyatli yondashuvda asosiy tomon vaziyat, ya’ni aniq holatlardan iborat bo‘ladi, ular tashkilotlarga ushbu aniq vaqtda katta ta’sir ko‘rsatadilar. Ham tashkilotning o‘zida, ham atrof muhitda ko‘pgina bunday omillar mavjud bo‘lganligi sababli, tashkilot faoliyatini boshqarishning yagona “yaxshi” usuli yo‘q bo‘ladi. Boshqaruvning vujudga kelgan vaziyatda ko‘proq mos keluvchi usuli eng samarali bo‘ladi. M.Follett 20- yillardayoq “Vaziyat qonuni” haqida gapirgan. Ammo bu yondashuv faqat 60- yillarning oxirida kerakli darajada ishlab chiqilgan. Vaziyatli yondashuv buyurilgan tavsiyalarning oddiygina yig‘indisi emas, balki, tashkiliy muammolar va ularning echimlariga nisbatan fikrlash usulidir. Undan foydalangan holda, rahbarlar aniq vaziyatlarda qaysi usullar tashkiliy maqsadlariga erishishga ko‘proq darajada yordam berishini tushunib olishlari mumkin. SHuning uchun tashkilot maqsadlariga samaraliroq erishish uchun aniq usullar va konsepsiyalarni ma’lum vaziyatlar bilan bog‘lash zarur. Vaziyatli yondashuvda e’tibor tashkilotlar va tashkilotlarning o‘zlarining ichidagi vaziyatli farqlarga qaratiladi. SHu munosabat bilan ahamiyatli o‘zgaruvchan vaziyatlar va ularning tashkilot faoliyati samaradorligiga ta’sirini aniqlash zarur. Tizimli yondashuv (50 yillarning oxiridan hozirgi vaqtgacha). 50- yillarning oxirida boshqaruvda tizimlar nazariyasini qo‘llanishi menejmentga boshqaruv fani maktablari va xususan, amerikalik olimlar J.Pol Getti va Piter F. Drukerlarning muhim ulushi bo‘lgan. Bu yondashuv nisbatan yaqindan qo‘llana boshlaganligi tufayli, hozirgi vaqtda ushbu maktabning boshqaruv nazariyasi va amaliyotiga haqiqiy ta’sirini to‘liq darajada baholashning iloji yo‘q. SHunga qaramasdan bugun uning ta’siri juda katta va bundan keyin ham u o‘sib boradi. Tizimli asosda, ehtimol, kelajakda ishlab chiqiladigan yangi bilimlar va nazariyalarni sintez qilish mumkin bo‘lar. O‘zgaruvchanlar va ularning tashkilot samaradorligiga ta’sirini aniqlash menejmentga tizimlar nazariyasining mantiqiy davomi bo‘lgan tizimli yondashuvning asosiy ulushi bo‘ladi. Rahbarlar tizimlar nazariyasini boshqaruv jarayoniga nisbatan qo‘llashlari uchun tashkilotni o‘zgaruvchan tizimlar sifatida bilishlari kerak. Ular tashkilotga o‘zgarayotgan tashqi muhit sharoitlarida har xil maqsadlarga erishishga mo‘ljallangan odamlar, tuzilma, vazifalar, texnologiya kabi o‘zaro bog‘langan elementlarning majmuasi sifatida qarashlari kerak. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling