III. TAJRIBA QURILMASINING TUZILISHI.
Kritik Reynolds sonining tajriba yordamida aniqlash uchun tajriba qurilmasining (3.1-rasmga qarang) (6) suyuqlik o’lchov idishidan foydalaniladi, (4) quvurning ichki diametri ga teng bo’lib, uning ichiga suyuqlikning bo’yash uchun shaklidagi naycha, jo’mrak (9) orqali bo’yoqli idish (2) ga ulangan. (4) quvurdagi suyuqlik tezligini boshqarish uchun, uning oxiriga jo’mrak (5) qo’yilgan. 2
Tajriba o’tkazish qurilmasining sxemasi
1.1-rasm. 1-O’zgarmas bosimli idish; 2-Rangli suyuqlik solingan idish; 3-Termometr; 4-Shisha quvur (d2,5sm); 5- Sozlovchi jo’mrak; 6-O’lchov idishi; 7-Suyuqlik hajmini ko’rsatkich naychasi; 8- Rang uzatuvchi naycha; 9- Jo’mrak; 10-Suyuqlik uzatuvchi quvur;. 11- Jo’mrak;
IV. TAJRIBANI BAJARISH TARTIBI.
Nasos orqali o’zgarmas bosimli idishga (10) ga quvur orqali suyuqlik doimiy ravishda uzatilib turiladi.
(5)-jo’mrak ochilib (6)-suyuqlik o’lchov idishiga suyuqlik hajmi vaqt birligi ichida o’lchanadi.
Shu suyuqlik hajm o’lchash bilan bir vaqtda (9)-jo’mrak ochilib rangli suyuqlik silindrik shakldagi shisha quvurga uzatiladi.
Bosimli suyuqlik idishini suv bilan to’latish uchun jo’mrak (11) ochiq holatiga qo’yiladi.
Bosim suyuqlik idishi to’lgandan so’ng jo’mrak (11) orqali nasosdan kelayotgan suvning oqimi berkitiladi va «nasos» degan knopkani bosib nasos o’chiriladi.
Suyuqlik quvuri (5) dagi jo’mrak shunday ochiladiki, suvning quvur ichidagi tezligi juda ham kichik bo’lsin.
Jo’mrak (9) ochilib, suvning ichiga bo’yoq yuboriladi.
Suyuqlik quvuri (4) ning jo’mrak (5) buralib shunday tezlik hosil qilinadiki, suvning ichidagi bo’yoq to’g’ri chiziqli harakat qilsin (ya’ni suyuqlik zarralari boshqa qatlamga o’tmagan aralashmagan holda). Shu xolatda suvning hajmi o’lchanadi ketgan vaqti jadvalga yoziladi.
Suv harakatining tezligi jo’mrak (5) orqali yuboriladiki, bo’yalgan suyuqlik oqimi to’lqin shakliga kiradi va tezlikning oshishi natijasida suyuqlikning butunligicha bo’yab yuboradi, ya’ni aralashib ketadi. Shu holatda suvning hajmi o’lchanadi va o’lchashga ketgan vaqti jadvalga yozib olinadi.
Suvning sarfi hajmiy metod asosida aniqlanadi. Buning uchun hajmi W ga teng bo’lgan o’lchov stakanning to’lish vaqti – t o’lchanadi va jadvalga yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |