Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар


– rasm. Investitsiya faoliyatini holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar


Download 1.64 Mb.
bet6/141
Sana25.01.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1118792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Bog'liq
Маъруза

1.3 – rasm. Investitsiya faoliyatini holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar

Ob’ektiv ravishda, investitsiya faoliyatining holatini quyidagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlarini ham harakterlaydi, ya’ni: milliy daromad; yalpi milliy mahsulot (YAMM) va YAIM; sanoat ishlab chiqarish hajmi; sanoat mahsulotlarining alohida turini ishlab chiqarish; qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarish hajmi va boshq. Investitsiya faoliyatining holatiga baho berishda investitsiya qo‘yilmalarisiz ushbu ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlarini tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuningdek, ushbu ko‘rsatkichlar u yoki bu darajada investitsiyalarning samarali ishlatilishini harakterlaydi. Agar ushbu ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlari investitsiyalarning o‘sish sur’atlaridan yuqori bo‘lsa, investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish zarurligini ko‘rsatadi va aksincha.


O’zbekiston Respublikasida harakatlar strategiyasi davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tuzilmaviy o‘zgarishlar va modernizatsiya qilish jarayoni investitsiya faolligini yanada oshirdi. Investitsiyalar hajmining sezilarli ravishda o‘sib borishi orqali o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatishiga imkon bermoqda. Davlat tomonidan xo‘jalik sub’ektlarini investitsiya faoliyatini rivojlantirishga berilgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlash natijasida YAIMda investitsiyalarni dinamik o‘sish sur’atlariga ega bo‘ldi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalardan samarali foydalanish birinchi tomondan, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirsa; ikkinchi tomondan, import o‘rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo‘naltirish orqali aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash (farovonligini oshirish) imkonini yaratadi.
Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini jadalashtirish orqali o‘sib borayotgan mehnatga qobiliyatli aholini qo‘shimcha ish joylari bilan ta’minlaydi, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko‘maklashadi va h.k.



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling