Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар


-rasm. Investitsiyalarning alohida belgilari bo‘yicha tasniflanishi10


Download 1.64 Mb.
bet5/141
Sana25.01.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1118792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Bog'liq
Маъруза

1.2-rasm. Investitsiyalarning alohida belgilari bo‘yicha tasniflanishi10


Real investitsiyalar – bevosita investitsiyalar bo‘lib, investorning investitsiya jarayonida bevosita ishtirok etishini anglatadi, ya’ni investor investitsiyalash ob’ektini, shuningdek, uni moliyalashtirishni tashkil etish va moliyalashtirish manbalarini bevosita o‘zi aniqlaydi.
Portfel investitsiyalar – bilvosita investitsiyalarni anglatib, bu investitsiya moliyaviy vositachilar orqali investitsiyalashni anglatadi.
Bunday tasniflashning afzalligi va uning boshqa tasniflashlardan farqi shundaki, unda korxona o‘z investitsiyalarini qanday maqsadlar uchun safarbar etishi to‘g‘risida real holat aks ettirilgan. Umuman real va portfel investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishda benihoyat katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etishda, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishda, import o‘rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotni ustivor sohalariga yo‘naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o‘sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.


2 – savol bayoni. Investision sferadan kelib chiquvchi jarayonlar iqtisodiyotni umumiqtisodiy tomonlaridan; jumladan, ko’p hollarda ishlab chiqarish va inflyasiyani dinamikasi, YaIMni o’sishi, moliya-kredit tizimini holati va talabni barqarorlik darajasidan kelib chiqadi. Mamlakat iqtisodiyotni modernizatsiyalashga o’tishida o’z navbatida investision jarayonni yangi usulini shakllantirishi talab etiladi. Investision sferadagi salbiy holatlar iqtisodiyotni real sektorini texnologik rivojlantirish va innovasion darajasini, asosiy fondlarni ishlab chiqarishni sifatli tavsifiga salbiy ta’sir etadi. Investitsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Investitsiya orqali iqtisodiyotni modernizatsiyalash, taraqqiy ettirish, barqaror rivojlanishiga erishish, korxonalarning kapital jamg‘arishiga, natijada mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishga va iqtisodiy o‘sishiga zamin yaratiladi. Investitsiyalar iqtisodiy kategoriya sifatida qator funksiya va vazifalarni bajaradi, amalda ularsiz har qanday mamlakat iqtisodiyoti bir maromda rivojlana olmaydi.
Investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini muntazam barqarorlashtirishi uchun muhimdir. Real investitsiyalarni (bino va inshootlar qurish va modernizatsiya qilish, zamonaviy mashina va asbob-uskunalar sotib olish) jalb qilish iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini va jozibadorligini oshiradi. Investitsiyalar mikrodarajada ham muhim rol o‘ynadi. Bunda investitsiyalar, eng avvalo, quyidagi maqsadlarga erishish uchun zarurdir: korxona ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish; asosiy fondlarning haddan tashqari jismoniy va ma’naviy eskirishiga yo‘l qo‘ymaslik; qimmatli qog‘ozlar sotib olish va boshqa korxona aktivlariga o‘z mablag‘ini sarflash zarurligi bilan bog‘liqdir. Investitsiyalar mikrodarajada, korxonalarning kelgusida me’yorda faoliyat ko‘rsatishi, barqaror moliyaviy holatini va maksimum (yuqori) foyda olishini ta’minlash bilan bog‘liqdir. Shu bois ham investitsiyalar makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishda katta rol o‘ynashini mamlakatda investitsiya faoliyatining holatini belgilovchi ko‘rsatkichlarni tavsiflaydi (1.3 – rasm).



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling