Кафедраси “Инвестиция ва инновациялар


Download 1.64 Mb.
bet3/141
Sana25.01.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1118792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Bog'liq
Маъруза

2 – savol bayoni. O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning o‘ziga xos yo‘nalishini belgilab olishda investitsiyalarning o‘rnini beqiyosligi investitsiyaning barqaror rivojlantirishdagi rolini oshirish masalasini ilmiy asosda tadqiq qilgan holda o‘rganish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Investitsiyani mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishdagi rolini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolari aniqlashdi va ularni hal qilishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqish, shu orqali investitsiyani iqtisodiy-ijtimoiy mazmunini va mohiyatini har tomonlama o‘rganishda olimlar fikrini tadqiq etish ushbu fanni o‘rganishni muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Chunki investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyati to‘g‘risida iqtisodchi olimlar o‘rtasida xilma – xil fikrlarni mavjudligi ularni yagona tizimga keltirish iqtisodchi olimlar o‘rtasida katta ilmiy qiziqish uyg‘otmoqda.
Bugugi kunda investitsiya tushunchasini jadal sur’atlarda kirib kelishi, uning mohiyati va ahamiyatini, zarurligini ko‘rsatadi. Mamlakatimizda investitsion faoliyatga qaratilayotgan e’tibor xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning samarali faoliyat ko’rsatishi va ularga yaratib berayotgan qulayliklari fikrimiz dalilidir. Investitsiyalar har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini harakatlantiruvchi kuch bo‘lib, ularning yordamida iqtisodiyotning innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar asosida rivojlanishi qo‘llab-quvvatlanadi, import o‘rnini bosish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish siyosatlari muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, zamonaviy infratuzilmalar rivojlantiriladi, yangidan-yangi ish joylari yaratilib, ishsizlik muammosining oldi olinadi, eng asosiysi erkin raqobat va tadbirkorlik munosabatlariga asoslangan zamonaviy iqtisodiy tizim rivojlantiriladi. Investitsiyalarning yana bir muhim ahamiyati shundaki, ular har qanday mamlakatning yaqin va uzoq kelajakda rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi.
Investitsiya, investitsiya muhiti va shu kabilarni iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishdagi rolini oshirish masalasini nazariy va amaliy jihatlari iqtisodchi olimlar tomonidan chuqur tadqiq va tegishli ilmiy xulosalar shakllantirilgan. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrdagi “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunda investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: “investitsiyalar – investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari ob’ektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar1”, deb ta’rif berilgan bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • mablag‘larni, shu jumladan pul mablag‘larini (shu jumladan chet el valyutasini), maqsadli bank omonatlarini, paylarni, ulushlarni, aksiyalarni, obligatsiyalarni, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni, ko‘char va ko‘chmas mol-mulkni (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklarni);

  • intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan u yoki bu ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan, texnik hujjatlar, ko‘nikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa qimmatliklarni. Ushbu ta’rifga tayangan holda aytish joizki, “investitsiya – bu kelgusida daromad (foyda) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalariga investorlar tomonidan qonun doirasida qo’yiladagan yoki taqdim etiladigan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intekllektual boyliklar tushuniladi”. Bunday ta’rifni e’tirof etishdan ko‘zlangan maqsad ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiyalash barcha ishlab chiqarish tarmoqlari va sohalar majmuini yanada takomillashtirish, aholi bandligini to‘laroq ta’minlash, eksport xajmini oshirish bilan birga investitsiya miqdorini ko‘paytirish hisoblanadi.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya oqimlari mamlakatning uzoq muddatga mo‘ljallangan strategik rejalarini amalga oshirishda barqaror moliyaviy manba bo‘lib hisoblanadi. Keyingi paytda iqtisodiy adabiyotlarda va amaliyotchilar tomonidan investitsiya, investitsiya oqimi, investitsiya muhiti kabi iqtisodiy atamalarga katta e’tibor bergan holda ularga bir nuqtada kesishayotgan ta’riflar berila boshlandi. Ammo yuqorida qayd etilgan fikrlarga katta diqqat qaratish bu katta tadqiqot ishini talab etilishini e’tiborga olgan holda biz ayni paytda asosiy diqqatni investitsiya atamasiga qaratilish muhimroqdir.
MDH mamlakatlari tadqiqotchilari orasidan rossiyalik mutaxassis T.T.Frolova2ning fikriga ko‘ra: “investitsiya – bu xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakatning ichida va mamlakatdan tashqarida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va qimmatbaho qog‘ozlarga uzoq muddatli qo‘yiladigan kapitaldir”.
M.I.Rimer3, A.D.Kasatov va N.N.Matiyenkolar fikrlariga ko‘ra esa: “iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalar tadbirkorlik faoliyatining ob’ektlariga mablag‘larni investitsiya qilish orqali ehtiyojlarni keyingi yillar davomida yanada to‘liq qondirish maqsadida ne’matlarning joriy iste’mol qilinishidan voz kechishga qaratilgan harakat sifatida e’tirof etiladi”. Shu bois investitsiya atamasini turli xil talqinlarini ko‘rib chiqqan holda, uning ta’rifini berish muhim bo‘lib hisoblanadi.
Fanda investitsiya atamasining yuqorida keltirilganlardan tashqari bir qancha talqinlari ham mavjud, ular quyidagicha tavsiflanadi:
- “investitsiyalar iqtisodiy foyda va ijtimoiy samara olish maqsadida investitsiya sohasi ob’ektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklarni aks ettiradi”4;
- “investitsiyalar deganda foyda (daromad) olish va investorlarning individual maqsadlari singari ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalariga, tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga muayyan muddatga kapitalning maqsadli yo‘naltirilgan qo‘yilmasi shaklida amalga oshiriladigan harajatlar yig‘indisi tushuniladi”5;
- “investitsiyalar o‘zini foyda (daromad) olish maqsadida milliy va xorijiy iqtisodiyotning turli tarmog‘iga xususiy yoki davlat kapitalining uzoq muddatli qo‘yilmasi sifatida namoyon etadi”6;
Investitsiyalar keng ma’noda o‘zini mablag‘lar va resurslarning kelgusida ko‘payishi va iqtisodiy samara yoki boshqa rejalashtirilgan natijalar olish (ijtimoiy, ekologik va boshqa samaralar) maqsadida ularning safarbar etilishi sifatida namoyon etadi. U.Sharp, K.Yeklund, Kempbell R.Makkonell, Stanli L.Bryular investitsiyalarning mazmun-mohiyati yuzasidan turlicha ta’riflarni bayon etishgan. Nobel mukofotining iqtisodiyot bo‘yicha laureati U.Sharp ta’kidlashicha: “investitsiyalar kelgusida (ehtimol, nomuayyan) qiymatlik olish maqsadida hozirgi vaqtda mu­ayyan qiymatlikdan voz kechishdir”7. Ular “Investitsiyalash” atamasining ma’nosini nimanidir amalga oshirishda deb bilishadilar. “Kelajakda foyda olish uchun bugun puldan ajralishdir” deb qarashadilar, o‘z fikrlarini davom ettirib ular mablag‘lar­ni yoki real yohud moliyaviy aktivlarga investitsiyalash mumkin deb hisoblaydilar.
Investitsiya tushunchasi yagona va to‘liq belgi berishlik uchun anchagina keng tushuncha bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli, iqtisodiy fanlarning turli qismlarida va amaliy faoliyatning turli sohalarida investitsiya mazmuni o‘zining xususiyatlariga ega bo‘lgan holda ajralib ham turishadi, shu jihatdan olganda, makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga, turar-joylarga investitsiyalar va moddiy zahiralarining o‘sishiga qilinadigan harajatlardan tashkil topadigan yalpi harajatlarning bir qismi hisoblanadi. Investitsiyalar – bu joriy davrda iste’mol qilinmagan va iqtisodiyotda kapital o‘sishini ta’minlovchi YAIM ning bir qismi sifatida tashkil topadi.
Oʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida respublika iqtisodiyotida tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishda investitsiyalardan samarali foydalanilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasida 1996 yildan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati bilan olingan kreditlar hisobiga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el investitsiyalari va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat boʻlgan Davlat investitsiya dasturini qabul qiladi. Respublika iqtisodiyotiga investitsiya kiritishda davlat byudjeti mablagʻlari, chet el investitsiyalari, korxonalarning oʻz mablagʻlari va aholi jamgʻarmalari qatnashmoqda.
Makroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini va inson kapitalini qo‘shib hisoblanganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olishni tushuniladi, ya’ni bugungi sarflarni maqsadi kelajakda daromad olish bo‘lib hisoblanadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, investitsiyalar – amaldagi muayyan qiymatni, bo‘lishi noaniqroq bo‘lgan kelajak qiymatga almashishdir8.
Investitsiyalar – bu kelajakda investitsiyalarning boshlang'ich miqdoridan oshib ketadigan yoki ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun (jamiyat hayotining sifatini yaxshilash, madaniyat, ta'lim va hokazolarni rivojlantirish uchun) sof daromad olish maqsadida biznes, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va boshqa loyihalarga bo'sh kapitalni uzoq muddatli sarmoyasidir. Investitsion faoliyat deganda moliyaviy maqsadlar va foyda olish uchun mablag'larni investitsiyalash va muayyan harakatlarni amalga oshirish tushuniladi. Investitsiyalarning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilaridan iborat (1.1 – rasm).
1.1 – rasm

Investitsiyaning muhim jihatlaridan yana biri innovatsion loyihalarni moliyalashtirish va tadbirkorlikning ayrim sohalarini rivojlantirish uchun investitsiyalarni o‘rni beqiyosligi bugungi kundagi muhim masaladir. Shu bois ham milliy iqtisodiyot sohalariga tashqi va ichki investitsiyalar oqimini faollashtirish iqtisodiy yuksalishning yangi bosqichini boshlab beradigan asosiy omil hisobllanadi. Investitsiyalar har qanday iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi va uning taraqqiyotini ta’minlovchi kuchdir. Shu bois barcha imkoniyatlarni ishga solib iqtisodiyotga yo‘naltiriladigan investitsiyalar xajmini oshirishga xizmat qilish uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan investitsiya ta’rifini va uning shakllarini asoslash muhimdir.


Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida tijorat amaliyotida investitsiyalarning uch shakli bo‘lib ular bir-biridan o‘zaro farqlanadi. Fizik aktivlar deganda, asosiy ishlab chiqarish vositalari, ya’ni ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan har qanday mashina va uskunalar tushuniladi. Pul aktivlari deganda, boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag‘larini olish huquqi, masalan, bankdagi depozitlar, aksiyalar, obligatsiyalarni anglatadi. Nomoddiy aktivlar xodimlarni qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, litsenziyalar sotib olish, savdo belgilarini ishlab chiqarish natijasida firma ega bo‘ladigan boyliklardir. Investitsiyaning uch shakli orasida eng muhimi va hozirgi sharoitda rivojlanish bosqichida turganlaridan biri pul aktivlariga qilingan investitsiyalar bo‘lib hisoblanadi. Qimmatbaho qog‘ozlarga qilinadigan investitsiyalar portfel investitsiyalari, fizik aktivlariga qilinadigan investitsiyalar esa real investitsiyalar deb e’tirof etiladi. Umuman olganda mablag‘larni real aktivlarga yoki moliyaviy aktivlarga investitsiyalash mumkin. Barcha turdagi investitsiyalar milliy iqtisodiyotni rivojlantirish aksi bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa yirik korxonalar barpo etish, innovatsion loyihalarni investitsiyalar orqali moliyalashtirish va tadbirkorlikning ayrim sohalarini rivojlantirish uchun investitsiyalarning o‘rni beqiyosdir. Ushbu investitsiya shakllari har qanday korxona iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi va uning raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Investitsiyalar eng istiqbolli moliyaviy sohalardan biridir. Investitsiyalar nafaqat korxonalar egalariga, moliyaviy birjalarda tajribali ishtirokchilarga, balki minimal kapital bilan investitsiya qilishni boshlashga qaror qilganlarga ham foyda keltiradi. Muvaffaqiyatli investitsiyalar belgilangan ish haqiga, davlatga, kredit beradigan moliyaviy institutlarga bog'liqlikdan xalos bo'lish va ish beruvchining to'lovidan oshadigan investitsiya daromadiga ega bo'lish imkoniyatini yaratadi. Albatta, ijobiy natijaga erishish uchun avval siz investitsiya nazariyasini o'rganishingiz, xatarlar va moliyaviy ahvolni to'g'ri baholashingiz kerak. Kapitalning eng samarali shakllari ko'chmas mulk, aktsiyalar, obligatsiyalar, aktsiyalardir. Ammo siz biznesga, omonatlarga, qimmatbaho metallarga yoki valyutaga sarmoya kiritishingiz mumkin. Qimmatbaho qog'ozlar uzoq muddatli investitsiyalar uchun eng foydali hisoblanadi, ammo shu bilan birga ular Ajam investor uchun eng qiyin tushunchadir. Investitsiya qilish uchun siz o'zaro fond bilan bog'lanishingiz, bankdan yoki ikkilamchi bozorda aktsiyalar sotib olishingiz mumkin. Investitsiyalarni jalb qilish ko'plab tashkilotlar, korxonalar, boshqaruv kompaniyalari va banklar investorlarga qiziqish bildiradigan dolzarb masaladir, shuning uchun ko'pincha o'z segmentida investitsiyalarga muhtoj bo'lganlar o'zlarining aktsiyadorlarini topadilar.
Boshqa bir variant – moliya bozoriga sarmoya kiritish, masalan, Forex. Ammo bu o'ziga xos tote. Yutilgan pul miqdori tashkilotchilarning komissiyasini hisobga olmasdan yo'qolgan pul miqdoriga teng bo'ladi. Albatta, biznesning to'g'ri olib borilishi bilan, tebranishlarda o'ynashga harakat qilmasdan, aksiyalarni muntazam ravishda sotib olish sharti bilan, xususan, pastroq narxlarda, Forex munosib daromad keltirishi mumkin, garchi depozit qo'yilgan taqdirda ham. Ammo fond bozorida muvaffaqiyatli ishlashni boshlash uchun tasodifiy harakat qilmaslik, tranzaktsion xarajatlarni optimallashtirish, tanlangan mezonga ko'proq mos keladigan boshqa kompaniyalar aniqlanganda, o'z investitsiya strategiyangizni ishlab chiqish muhimdir.



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling