Kafedrasi kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslari uchun


Download 0.57 Mb.
bet68/106
Sana11.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1450320
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106
Bog'liq
umumiy pedagogika

Nazorat uchun savollar:
1. Ta’lim metodi nima?
2. Ta’lim vositalariga nimalar kiradi?
3. Ta’lim metodlarining tasnifi nima?
4. Ta’lim jarayonida suhbat metodini qo‘llashda nimalarga e’tibor qaratish zarur?
5. Og‘zaki bayon metodlarining afzalliklari nimalar ko‘rinadi?
6. Ko‘rgazmali metodlar turkumini nimalar tashkil etadi?
7. Amaliy metodlar mohiyati nimadan iborat?
8. Didaktik o‘yinlar qanday maqsadda qo‘llaniladi?
Foydalaniladigan adabiyotlar
1. Mavlonova R. va boshq. Pedagogika. – Toshkent, O‘qituvchi, 2001.
2. Podlasiy I.P. Pedagogika. Noviy kurs. V 2 kn. Kn. 1. – Moskva, Vlados.
3. YUzlikaeva E., Madyarova S., YAnbarisova E., Morxova I.V., Markendudi M.A.
Teoriya i praktika obщey pedagogika. T.: TGPU, 2013.
4. YUzlikaeva E., Ahmedova M., Qurbonova G., Tashmetova SH., Xushnazarova M.
Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – T.: TDPU, 2012.
5. Pedagogika. // M.To‘xtaxo‘jaevning umumiy tahriri ostida. – T.: “O‘zbekiston
faylasuflari Milliy jamiyati”, 2010.
6. Ibragimov X.I., Abdullaeva SH.A. Pedagogika nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiyalar”
nashriyoti, 2008.
9-Mavzu: Tarbiya nazariyasi va usullari
(2 soat ma‘ruza, 2 soat seminar va 2 soatamaliy mashg’ulot)


Reja:

  1. Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalari.

  2. Tarbiya jarayoning o‘ziga xos xususiyatlari.

  3. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.



Tayanch iboralar: Tarbiya, jarayon, tarbiya qonuniyatlari, tarbiya tamoyillari, turlari, yo‘nalishlar.

Tarbiya nazariyasining mohiyati. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.


Tarbiya nazariyasi SHarq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sot siologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarning ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq.
Tarbiya jarayonining mazmuni. Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga etkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.
Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda ob’ektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi.
Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat – yo xalokat masalasidur». Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling