Kafedrasi kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslari uchun


Download 0.57 Mb.
bet71/106
Sana11.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1450320
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106
Bog'liq
umumiy pedagogika

NAZORAT UCHUN SAVOLLARI:

1.Ta’lim olganlikning tashxis etishning mohiyati haqida gapirib bering.


2. O‘quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari haqida gapiring.
3.Ta’lim olganlikni tashxis etish tamoyillari.
4.O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari nimalardan iborat.
5. Bilim ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari nimalardan.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. —T.: O‘zbekiston, 1992.
2. Karimov I.A. O‘zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. —T.: O‘zbekiston, 1993.
3. Karimov I.A Barkamol avlod orzusi. – T:.O‘zbekiston 1998
4. «YOshlar yili» davlat Dasturi. 2008
5. O‘.M.Asqarova, M.Xayitboev, M.S.Nishonov «Pedagogika». Oliy o‘quv yurtlari talabalar uchun darslik. «O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi». – T.: «Talqin», 2008. –288 b.
6. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 1997
7. J.Xasanboev, O.Mavlonova. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. T.: 2007 y
8. (prof. A. K. Minavvarov tahriri ostida). Pedagogika T. 1996 y.
9. S.Nishonova. Pedagogika tarixi. o‘quv qo‘llanma. T.: 2007 y.
10. J.Xasanboev, X.Sariboev, G.Niyozov va boshqalar. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. T.: «Fan» 2006 y.


11-Mavzu: Xalqaro baholash dasturlari
(2 soat ma‘ruza, 2 soat seminar va 2 soatamaliy mashg’ulot)


REJA:
1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8-dekabrdagi 997 - sonli qarori haida.
2. PISA, TIMSS, PURLS xalqaro tadqiqotlari
3. PISA, TALIS, PIRLS, TIMSS xalqaro baholash dasturlari
4. Xulosa. PISA, TIMSS, PURLS xalqaro tadqiqotlari PISA, TALIS, PIRLS, TIMSS xalqaro baholash dasturlari.


Tayanch iboralar: Xalqaro tadqiqotlari, xalqaro baholash, PISA, TIMSS, PURLS, TALIS.
O`quvchilarning savodxonligini baholash bo`yicha xalqaro tadqiqotida ishtirok etish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8-dekabrdagi 997 - sonli qarori qabul qilindi. Umumta’lim maktablari o`quvchilarining o`qish, matematika va tabiiy yo`nalishdagi fanlardan savodxonligini holisona baholash; O`quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda qo`llash qobiliyatini rivojlantirish; Ta’lim muassasalarida sifatli ta’lim berish uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish. “Ta’lim sohasidagi nufuzli xalqaro tadqiqotlarning metodologik afzalliklari” quyidagilardan iborat. O`tkazilayotgan tadqiqotlarning ilmiy, texnik sifati yuqoriligi va natijalarining ishonchliligi hamda xalqaro tadqiqotlar natijalarini ta’limni isloh qilish uchun qo`llash imkoniyatini beradi; Ko`pchilik davlatlar milliy tadqiqotlardan ko`ra, xalqaro tadqiqotlarga ko`proq ishonishadi; Tadqiqotlar natijalari davlatning ta’lim tizimini tahlil qilish va boshqa davlatlar bilan taqqoslash imkoniyatini beradi; Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o`kazishga ijobiy ta’sir qiladi; Bunday tadqiqotlar doirasida ta’lim sifatini baholash metodika va texnologiyalari samarali takomillashib boradi. PISA – (inglizcha - Programme for International Student Assessment) turli davlatlarda 15 yoshli o`quvchilarning savodxonligini (o`qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo`llash qobiliyatini baholovchi test, bo`lib, dunyoda eng mashhur va nufuzli hisoblanadi. Dasturning asosiy maqsadi - o`quvchilar ta’lim dargohida olayotgan bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov xar 3 yilda bir marta o`tkaziladi. Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish (zarurati) O`zbekistonga nima beradi? Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o`rni to`g`risida xulosalar chiqarish imkonini beradi; Davlat ta’lim standartlari talablari, o`quv dasturlari, darsliklar va o`quvchilarning o`quv natijalari haqidagi analitik tahlillar milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish sifatini oshiradi; Dunyoning yetakchi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim sifatini pedagogik o`lchash texnologiyalaridan foydalanish va dunyo standartlari darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini beradi; Milliy mutaxassislarda monitoring tadqiqotlarini o`tkazish madaniyatini rivojlantirib, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlariga moslashuviga olib keladi; Milliy ta’lim sifatini baholashda nazorat materiallarini xalqaro tadqiqotlarda qo`llaniladigan nazorat materiallari sifatini ta’minlovchi tizimlardan foydalanib ishlab chiqish imkonini beradi; Ta’lim va uning pirovard natijalari, o`quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash, shuningdek ta’limni boshqaruv organlari va muassasalari faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga erishiladi; Ta’lim sifati va o`quv-tarbiya natijalarining davlat ta’lim standartlari va kadrlar tayyorlashga qo`yiladigan milliy va xalqaro mehnat bozori talablariga muvofiqligini ta’minlash imkonini beradi; Ta’lim sifati va samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ta’limning sohasini takomillashtirishda davlat siyosati va strategiyasini belgilab olishga erishiladi. Xalqaro tadqoqotlarga samarali tayyorlanish va unda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun, bunday amaliyotga ega bo`lgan davlatlar tajribasini o`rganish maqsadga muvofiq. Tanlab olingan davlatlarining bu reyting (natijalar o`rtacha 500 balga teng bo`lgan yagona xalqaro 1000 ballik shkala asosida keltiriladi)dagi o`rni, ayniqsa, Singapur, Koreya Respublikasi, Yaponiya aksariyat hollarda birinchi uchlikka kirgan bo`lib, quyida keltirilgan infografikalarda ham buni ko`rish mumkin. Tabiiy-ilmiy savodxonlik – bu shaxsning tabiiy fanlarga bog`liq masalalar bo`yicha faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo`lishi va tabiiy g`oyalarga qiziqishga tayyorlik qobiliyatidir. Tabiiy-ilmiy savodli inson tabiiy fanlar va texnologiyalarga oid muammolar muhokamasida ishtirok etishga intiladi va buning uchun quyidagi kompetentsiyalarga ega bo`lishi talab etiladi, hodisalarni ilmiy tushuntiradi, baholaydi va ilmiy tadqiqotlarni rejalashtiradi, ma’lumot va dalillarni ilmiy jihatdan sharhlaydi. Matematik savodxonlik – bu insonning u yashayotgan dunyoda matematikaning o`rnini aniqlash va tushunish, asoslangan matematik mulohazalar yuritish hamda fikrlaydigan, qiziquvchan va ijodkor fuqaroga mansub hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlarni qondirish maqsadida matematikadan foydalanish qobiliyatidir. O`qish savodxonligi – insonning yozma matnlarni tushunish va qo`llay olish, ular haqida fikrlash va o`z bilimi hamda imkoniyalarini kengaytirish, ijtimoiy hayotda ishtirok etish, maqsadlariga erishish uchun o`qish bilan shug`ullanish qobiliyatidir. Singapurda O`qish va matematik savodxonlikning mustahkam poydevorini yaratishga alohida e’tibor qaratilishi; O`quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlarini aniqlash va hayotiy ko`nikmalarini rivojlantirishga yo`naltirilgan qo`shimcha fanlarni tanlov asosida o`qitilishi; O`quv dasturlarida o`quvchilarning muammolarni hal etish qobiliyatini rivojlantirishning beshta o`zaro bog`liq komponentlari qo`llab-quvvatlanadi: tushunchalar, ko`nikmalar, jarayonlar, metakognitivlik va ustanovkalar. Ushbu tizim matematikani o`qitish, o`rganish va baholash yo`nalishlarini ta’minlab beradi. Ta’limning xalqaro talablarga javob bera oladigan (xalqaro tadqiqotlarda birinchi 3 likda mustahkam joylashgan) ko`nikmalarni rivojlantirishga yo`naltirilganligi. Janubiy Koreyada Oliy ma’lumotli bo`lish va kelajakda ijtimoiy - iqtisodiy farovonlikka intilish zaruriyatini madaniyat darajisida tan olinish; O`quv dasturlari mazmunining o`quvchilar hayotiy ko`nikmalarini rivojlantirishga yo`naltirilganligi; Mamlakat muntazam ravishda aholi savodxonligi darajasi va maktab ta’limi sifati (97,9%) yetakchi hisoblanadi; O`quvchilar o`quv faoliyati natijalarini baholashning differentsiallashgan tizimining joriy etilganligi; O`quvchilarning qiziqishlariga ko`ra individual yondashuv asosida fanlarni tanlash imkoniyatining yaratilganligi; Jamiyatda o`qituvchi mavqeining yuksakligi va ularning kasbiy rivojlanishga motivatsiyasi yuqoriligi va boshqalar. Yaponiyada O`quv dasturlari yagona davlat ta’lim standartlari asosida hududlarning, maktablarning ehtiyoji asosida variativ tarzda ishlab chiqilganligi; Maktabda o`qitiladigan fanlar sonining 12 ta ekanligi, ya’ni ko`p emas; O`rta maktabda fanlarni chuqur o`rgatish va o`quvchilarning individual qiziqishlari va qobiliyatlariga ko`ra fakulьtativ mashg`ulotlar tashkil etilishi; O`quv yilining yakunida o`quvchilar maktablarning faoliyat samaradorligiga munosabat bildirishi orqali maktablar o`rtasida raqobat muhitini shakllantirilishi; O`rta maktab bitiruvchilarining 75 foizga yaqini oliy o`quv yurtlarida o`qishni davom ettirmoqda. Germaniyada O`quv dasturlarining ijtimoiy- iqtisodiy ehtiyojlaridan kelib chiqib ishlab chiqilishi; O`quv dasturlari asosida fanlarni o`rganishda o`quvchilar uchun individual o`quv rejalarining joriy etilganligi; Ilg`or ish tajribalari asosida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar, monitoring olib boradigan alohida institutning mavjudligi; O`quv dasturlariga o`qituvchilar salohiyati, maqsadlari va o`qitish uslublari nuqtai nazaridan o`zgartirish kirish mumkinligi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling