Kafedrasi kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslari uchun
Download 0.57 Mb.
|
umumiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-Mavzu: O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tashxis qilish (2 soat ma‘ruza, 2 soat seminar va 2 soatamaliy mashg’ulot) Reja
- Tayanch iboralar
- Ta’lim to’g’risida
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Tarbiya jarayonining mohiyatini qisqacha tavsiflang. 2. Tarbiya maqsadi nimadan iborat? 3. Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 4. Tarbiya jarayonida qanday vazifalar hal etiladi? FODALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Karimov I.A. O‘zbekistonninng o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent, O‘zbekiston, 1992. 2. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 3. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni. Barkamol avlod–O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, SHarq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 4. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shaxri. – Toshkent, Xalq merosi nashriyoti, 1993. 5. Pedagogika A.q.Munavvarovaning umumiy taxriri ostida. - Toshkent, O‘qituvchi, 1993. 6. Ziyomuhammedov B. Ma’rifat asoslari. – Toshkent, CHinor ENK, 1998. 7. Podlasiy I.P. Pedagogika. V 2 kn. Kn. 2. 10-Mavzu: O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tashxis qilish (2 soat ma‘ruza, 2 soat seminar va 2 soatamaliy mashg’ulot) Reja: Ta’lim olganlikning tashxis etishning mohiyati. O‘quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari. Ta’lim olganlikni tashxis etish tamoyillari. O‘quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari. Bilim ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari. Tayanch iboralar: Tashxis, nazorat, xisobga olish, funksiya, tamoyil, o‘quv faoliyati, shakl, metodlar, bilim, ko‘nikma Ta’lim taraqqiyotining istiqboli turlarida uzluksiz ravishda o‘qitiladigan o‘quv fanlar bo‘yicha mehyoriy barchani, jumladan, muayyan davlatlar hukumati, turli xil daraja va ixtisoslikdagi o‘quv muassasa rahbarlari, ilmiy xodimlar, o‘quv-dasturiy qujjatlarni ishlab chiquvchi pedagoglar va darslik mualliflari, ta’limning turli darajalarida o‘quv-tarbiya jarayonini uzluksiz tashkil qiluvchi amaliyotchi psixolog va pedagoglar, o‘z farzandlarining yaqin va uzoq kelajagi bilan qiziqadigan ota-onalar va shu bilan birga o‘quvchilarning o‘zlarini ham qiziqtiradi. Ta’limning kelajagi bilan bog‘liq muammolarni o‘rganuvchi pedagogikaning yangi tarmog‘i – pedagogik prognostika doirasida tadqiq etiladi. Ta’lim mazmunini bashorat qilish zarurmi? Umuman, o‘quv jarayonida pedagogik prognostikaga asoslangan ishlanmalarga extiyoj bormi? - degan savollar tug‘iladi. Ushbu savollarga faqat bitta mazmunda isbotlovchi javob bo‘lishi mumkin. Ha, bunday bashoratga qat’iy ehtiyoj mavjud. Hozirgi vaqtda ta’lim taraqqiyoti istiqboliga bog‘liq bo‘lgan omillarning murakkab va ko‘p qirraligiga qaramasdan, turli xil ilmiy ishlanmalarni yaratish zaruriyati tug‘ilmoqda. SHu sababli ham yangi XXI asrda jamiyatni barqaror rivojlantirish uchun uning istiqboldagi taraqqiyotini ta’minlovchi yosh avlodga taqdim etiladigan ta’lim mazmunini prognostika qilish zarur. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustda bo‘lib o‘tgan 1-chaqariq 9-sessiyasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Bu hujjat ta’limni isloh qilish sohasida muhim qadam bo‘ldi. Mazkur dasturilamal hujjatda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta’lim tizimi va uning boshqaruv tarkibi, pedagog xodimlarning xaq-xuquqlari, burch va mas’uliyatlari belgilab berildi. O’zbekiston Respublikasining Qonuni Ta’lim to’g’risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan. Yangi tahrirdagi 11 bob va 75 moddadan iborat bo’lgan ta’lim to’g’risidagi qonun 2020 yil 23 sentyabr,O’RQ-637-sonida qabul qilindi. Muxim muammolardan biri - bu o‘quvchining bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni bo‘lib, bu uning tabiiy va ijtimoiy jarayonlar uyg‘unligini anglab etishiga xizmat qiladi. Bunda pedagogika fani shaxsning tabiiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarib, uni faollashtirish imkoniyatlarini yaratadi. Ta’limning eng muhim ijtimoiy vazifalaridan biri - o‘quvchini jamiyat hayotida mustaqil faoliyat ko‘rsatishga tayyorlashdan iborat. SHu sababli ham pedagogika fani oldida insonga beriladigan ta’limning eng maqbul mazmuni va yo‘nalishlarini aniqlab, uni takomillashtirish istiqbollarini belgilab berishdan iboratdir, qaysi tuzumda qanday tub o‘zgarishlar ro‘y berishidan qat’iy nazar, shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topa olishiga ko‘maklashishdek mashul vazifani hal etish ta’lim jarayoni zimmasidadir. Ta’lim mazmunini belgilashda didaktikada mavjud bo‘lgan eng yangi nazariy yondashuvlarga tayanish muhim ahamiyatga ega. Darxaqiqat, ta’lim mazmuniga yangi o‘quv fanlarining kiritilishi muntazam davom etmoqda. Jumladan, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Jahon xalqlari tarixi”, “Vatan tuyg‘usi”, boshlang‘ich sinflarda esa “Odobnoma” “Konstitutsiya saboqlari”, «Yo‘l harakati qoidalari” kabi o‘quv kurslari kiritildi. Bugungi kunda pedagogika fani ijtimoiy hayot bilan axborot oqimini tartibga keltirish maqsadida yangi ta’lim mazmunini vujudga keltirishga harakat qilmoqda. Ya’ni yangi namunadagi, yangicha qadriyatlar va yangicha turmush tarzini ta’lim mazmuniga singdirmoqda, ularning fanlararo aloqasini aniqlamoqda, tadqiq qilmoqda va sinovdan o‘tkazmoqda. 1980 yilda mashhur pedagog olim M.N.Skatkin ta’lim mazmuni bahzan mehyoridan ortiqcha ko‘pirtirilayotgani, fanlarning parchalanib, bo‘linib ketayotganligi xaqida yozgan edi. Xuddi shu fikrni J.G‘.Yo‘ldoshev “Ta’limimiz istiqloli yo‘lida” asarida tasdiqlagan. Ya’ni u pedagogika fanining bugungi kunda o‘quv muassasalarini bitiruvchilar qanday bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlari, bundan ularning o‘zlari va jamiyatga qay darajada manfaat kelishi, jamiyatning bitiruvchi oldiga qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasi nimalardan iboratligi kabi masalalarni hal qilishni anglatadi. Bu masala, albatta, ta’lim standartlariga borib taqaladi. SHuningdek, ta’lim mazmunining tarkibida umuminsoniy qadriyatlarni mujassamlashtirilishi zarurligini ko‘rsatadi. Taniqli ruhshunos olim L.S.Vigotskiy esa jamiyat taraqqiyotidan ilgarilab ketgan ta’limgina samarali bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Buning uchun o‘quvchining mustaqil faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash lozim bo‘ladi. Bolani har tomonlama rivojlantiradigan, uni fikrlashga o‘rgatadigan, qobiliyati qadamba-qadam o‘sishiga imkon yaratadigan, tafakkurining yangi-yangi qirralarini ochadigan ta’lim-tarbiya muayyan pedagogik metodlar uyg‘unligidagina aniq natijalarga erishish imkonini berishini ko‘rsatib o‘tadi. Bugungi kunda ta’lim mazmunini tanlashdan ko‘zlangan maqsad - o‘quvchi ko‘z o‘ngida dunyoning ilmiy manzarasini aks ettirish, uning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, hayotga tayyorlab borishdan iborat. Buning uchun o‘quv fanlarini bloklarga birlashtirish lozim bo‘ladi. Uning mazmuni esa bola uchun maktab, turmush hamda maktabdan keyingi faoliyatida ham qo‘l keladigan ko‘nikma, malakalarni hosil qilishi kerak. SHu bilan birga, o‘quvchilarga o‘qishdan mehnat faoliyatiga o‘tish jarayonlarini o‘rgatish zarur. Bunga bolalarda o‘z-o‘zini idora qilish, jamiyat qadriyatlari va ijtimoiy talablarni ongli ravishda o‘zlashtirish, e’tiqodni shakllantirish, boshqa kishilar, guruhlar, jamoalarning ijtimoiypsixologik faoliyatlarini tahlil qila bilish va fikrlash, unda xotira va tasavvurni kuchaytirish bilan erishiladi. Ma’lumki, ushbu ta’lim mazmunini takomillashtirish jarayoni kamchilik va qiyinchiliklarsiz amalga oshmaydi. SHuningdek, bunda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodini yaratish, o‘qitish uslubiyatini o‘zgartirish juda muhimdir. Bu barcha pedagog xodimlardan o‘z kasbiga yanada jadalroq yondashishni talab etadi. Bu esa, o‘z navbatida, olimlarning amaliyotchi o‘qituvchilar bilan hamkorlikda ta’limning samaraliroq va maqsadga muvofiq uslublarini izlash hamda ishlab chiqish ehtiyojini tug‘diradi. Bugungi kunda fan-texnika taraqqiyoti pedagogika fani oldiga alohida talablarni qo‘ymoqda. Ma’lumki, hozirgi XXI asr - intellekt davri hisoblanar ekan, bunda o‘quvchilarga talab etilayotgan ma’lumotlar ham aql bovar qilmaydigan darajada tezlik bilan ko‘payib borishini kuzatishimiz mumkin. SHuningdek, bu ma’lumotlarning tezda eskirib qolib, yangilashni taqozo etishi ham o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘lmoqda. Inson uchun zarur bo‘lgan bilimlar hajmi keskin ravishda tez oshib borayotgan hozirgi sharoitda dalillarning muayyan mazmunini o‘zlashtirish kifoya qilmaydi. O‘quvchilarga hamisha yangilanib turadigan ma’lumotni mustaqil ravishda o‘zlashtirib olish va o‘qishni bitirgandan keyin unga jadal surhatlar bilan o‘sib borayotgan fan-texnika taraqqiyotidan orqada qolib ketmaslik imkoniyatini beradigan qobiliyatlar taraqqiyotini beruvchi tafakkur sifatlarini tarkib toptirish muammosi birinchi o‘ringa chiqib bormoqda. SHuni hisobga olgan holda, o‘quvchilarga o‘z bilimlarini mustaqil ravishda to‘ldira borish, ilmiy va siyosiy axborotlarning tez ko‘payib borayotgan oqimi orasida yo‘l topa bilish mahoratini singdirish muhimdir... Xo‘sh, bu borada nimalar talab qilinadi? Ta’lim mazmunida uzviylikni ta’minlash, sifatli etuk kadrlarni tayyorlash, ta’lim standartlariga tayangan holda mavjud ta’lim jarayoni - o‘qitish uslubiyatida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida mustaqil va erkin fikrlashga o‘rgatish, ularni o‘z kuchiga ishonib bilimlarni chuqur o‘zlashtirishga undash talab etiladi. Bularning barchasi kadrlar tayyorlash milliy dasturi bosqichlarining bekamu-ko‘st amalga oshishini ta’minlaydi. Bugungi kunda mamlakatimizda sifat nuqtai nazardan etuk kadrlarning yangi avlodini tayyorlash uchun quyidagi: barcha pedagog kadrlar uzluksiz ta’lim tizimining yangi davlat ta’lim standartlarini mukammal o‘zlashtirishi, mavjud ta’lim talablarni bilishi va pedagogik amaliyotda ularga ijodiy tarzda yondasha olishi; barcha ta’lim turlarida interaktiv ta’lim tizimini joriy qilish, buning uchun pedagog kadrlarni ilg‘or pedagogik fan va texnologiyalar asosida maxsus qayta tayyorlash kurslaridan o‘tkazish; o‘quv jarayoni sifatini kuchaytiruvchi o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini tayyorlash konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish; barcha ta’lim turlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan o‘quv adabiyotlari, multimedia va kompyuter dasturlarini yaratish, ularni amaliyotga joriy etish kabi masalalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Bu ish turli yo‘llar bilan, jumladan, ta’lim mazmunini takomillashtirish vauni o‘z prinsipial negizlari asosida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunlarini hozirgi pedagogik kontekstda olib borilmoqda. Hozirgi uzluksiz ta’lim tizimi mohiyatini tashkil etadigan didaktik usullar o‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini yuksak darajada taraqqiy ettirishga asos qilib olinadi. O‘zbekistonning o‘ziga xos ta’lim tizimida uzviylikni saqlash ta’limning har bir bo‘g‘inida umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini takomillashtirishga istiqbolli yondashuvni talab etadi. SHuningdek, bu talab ilmiy bilimlarning pedagogik tizimga moslashgan istiqbolli muvozanati sharoitidagina amalga oshishi mumkin. SHuning uchun ham uzluksiz ta’lim va pedagogika fani sohasida ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik, demografik, madaniytarixiy, milliy-psixologik, fiziologik-gigienik va boshqa tarmoqlar taraqqiyotining istiqbolini belgilash, uning yaxlit rivojlanishini integratsiyalashni nazarda tutadigan uzluksiz ta’limning tizimli yondashuvi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlat ahamiyatiga molik birinchi darajali muammolar qatoriga ta’lim va pedagogika fanining istiqbolini rejalashtirish muammolarini ham qo‘shayotgan taniqli olimlar, pedagoglar va ta’lim muassasalari xodimlarining ko‘pgina ilmiy tadqiqot ishlarida bunday g‘oya qat’iy ta’kidlanmoqda. Ammo asosiy vazifa - ta’lim sohasida istiqbolni belgilashga oid tadqiqotlardan tadqiqotlarni amalga oshirish zaruriyatini anglash, respublikada ta’lim tizimida aniq ifodalangan ijtimoiy buyurtmani amaliyotda joriy etish muhimdir. Bunda shuni hisobga olish kerakki, ta’lim istiqbolini belgilashga oid ishlarda uning iqtisodiy jihatlariga ko‘proq e’tibor beriladi. Masalan, kadrlarga, malakali ishchilar va mutaxassislarga bo‘lgan istiqboldagi ehtiyoj, turli xildagi ta’lim muassasalari miqdori va kasbkoriga bo‘lgan zaruriyat, ularni maqsadga muvofiq ravishda joylashtirish, ilmiy-pedagogik tadqiqotlar mavzularini istiqbolli rejalashtirish, ta’lim tizimi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligining istiqbolini belgilash va h.k. Uzluksiz ta’limning turli bo‘g‘inlarida o‘quv-tarbiya faoliyatining maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllariga bog‘liq xaqiqiy pedagogik va didaktik muammolari istiqbolini aniqlash hali hanuzgacha ham tadqiq etilmoqda.Uzluksiz ta’lim jarayoni taraqqiyoti istiqbolini belgilashning muhim metodologik mavzulari anchagina keng ko‘lamlidir. Bunda eng avvalo, pedagogika fanida istiqbolni belgilashning real ilmiy maqomini aniqlab olish, mazkur ilm sohasi qamrab olgan masalalar ko‘lamini aniqlash va uning obhekti hamda asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib berish lozim. SHundan so‘nggina ta’lim sohasida istiqbolli tadqiqotlarni tashkil qilishga yondashuv usulini belgilovchi istiqbol manbaini va muayyan mahalliy sharoitni hisobga olgan metodologik mezonlar tizimini asoslab berish zarur. Bunda istiqbolni belgilaydigan tarzdagi asosli axborotni olish va uning ishonchliligini namoyon etuvchi aniq tadqiqot metodlarini tahlil etish eng muhim vazifa hisoblanadi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling