Kafedrasi “musiqa tarixi” fanidan O`quv-uslubiy majmua


Tuzuvchi: t.f.n., dots. O. Topildiyev


Download 181.76 Kb.
bet3/24
Sana09.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#260675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Musiqa tarixi 3 kurs majmua

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Mavzu
Tuzuvchi: t.f.n., dots. O. Topildiyev
Taqrizchi: t.f.n., dots. Z. Xaydarov

Kirish

Ushbu ma`ruzalar matnida «Musiqa tarixi» faniga oid tushunchalar haqida ma’lumot berilgan. Mazkur ma`ruzalar matni 5111100-Musiqa ta'limi yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda bo`lg’usi musiqa madaniyati o`qituvchilari egallashi zarur bo`lgan bilim, malaka va ko`nikmalar minimumi bеlgilab bеrilgan.

«Musiqa tarixi» fanining maqsadi – talabalarda musiqiy hodisalarga nisbatan ongli munosobatni tarbiyalash va ularni idrok etish qobiliyatni hosil qilish; talabalarning musiqiy dunyoqarashini, tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish, musiqiy estetik didini to`g`ri yo`naltirish va boyitish, ijodiy qobiliyatlarini o`stirish; talabalarni musiqa madaniyati o`qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlash.

Musiqa tarixini bilish talabaning kasbiy tayyorgarligi sifatiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Musiqiy-nazariy predmetlarni bo‘lajak mutahassislarga samarali yetkazish ularini hayotning musiqiy obrazlarda aks etishini, musiqiy ifoda vositalarini amalda qo`lashga yordam beradi. Musiqa tarixi, asosiy yo`nalishlari uslub va janrlarning rivojlanishi, yirik kompozitorlarning o‘ziga xos ijod yo`li haqidagi bilimlar ta'lim oluvchilarning musiqiy didini tarbiyalash, ularning dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi.

Asarlarni garmonik va shakl jihatdan tahlil qilish jarayonda musiqa tarixi, asarlar tahlili fanlarning o‘zaro bog‘liqligi namoyon bo‘ladi. Chunki har bir davr hamda har bir kompozitorga xos bo‘lgan garmonik til, janr va shakllar mavjud bo`lib, uni o‘rganish va farqlashda mazkur fanlar ko`maklashadi

Musiqa tarixi fani hozirgi paytda jamiyat oldida turgan vazifalar, o`qituvchilar oldiga qo‘yiladigan talablar, o`quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari va shakllari, yoashlarrni musiqiy tarbiyalashning maqsad va vazifalari, uning tuzilishini aniqlashga yordam beradi. Musiqa tarixi fanini o‘zlashtirish talabalarning kasbiy tayyorgarlik tizimida muhim o‘rin tutadi.


Mavzu: Chet el musiqasi tarixi. Qadimgi dunyo antik davri, O‘rta asrlar, Uyg`onish davri, O‘rta asrlar, Uyg`onish davri, XVII asr musiqa madaniyati

Reja:

  1. Qadimgi dunyo antik davrida musiqa.

  2. O`rta asrlarda musiqa.

  3. Uyg‘onish davrida musiqa rivoji.

  4. XVII asr musiqa madaniyati.


Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling