Kafedrasi Nаsоs vа nаsоs stаnsiyalаri va Gidroenergetik inshootlar fаnidаn


Download 1.94 Mb.
bet2/23
Sana28.12.2022
Hajmi1.94 Mb.
#1021690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Tarqatmamateria L-fayllar.org

SO’Z BOSHI.
Respublikamiz qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish jarayonlarida ham boshqa sohalar bilan bir qatorda bozor iqtisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu borada qishloq xo’jalik mahsulotlarni etishtirish, uni sifatini oshirish ilg’or tajribalarni qo’llash, yer va suvdan oqilona va unumli foydalanish muhim va strategic ahamiyatga ega bo’lgan yo’nalish hisoblanadi.
Keyingi o’n yilliklarda suv manbasidan yuqorida joylashgan yerlarni o’zlashtirilishi munosabati bilan meliorativ nasos atansiyalari qurilishi avj oldirildi.Kelajakda respublikamizda sug’oriladigan dehqonchilikni rivojlanishi ya’ni yangi yerlarni o’zlashtirilishi va sug’orishning yangi tejamkor (yomg’irlatib, tomchilatib, yer ostidan) texnologiyalarini qo’llanilishi nasos stansiyalari yordamida amalga oshiriladi.Yer osti suvlarini sathi ko’tarilishi ko’p hollarda vertical zovurlar qurish va ulardan nasoslar bilan suvlarini chiqarib tashlashni taqozo etadi.Aholini ichimlik suv bilan ta’minlash tarmoqlarida ham nasos stansiyalari muhim o’rin egallaydi.
Nasoslar yordamida suv chiqarishga mo’ljallangan gidromexanik va energetik asbob-uskunalar va gidrotexnika inshootlari majmuiga nasos stansiyasi deyiladi.
Yuqoridagi muammolarni yechish bo’lajak suv xo’jaligi va meliorasiya sohasida puxta nazariy va amaliy bilimga ega bo’lgan bakalavrlarni zamon talablariga javob beradigan kadrlar qilib chiqarishimiz zarur.
Ushbu o’quv uslubiy ko’rsatma “Suv xo’jaligi va meliorasiya” ta’lim yo’nalishi boyicha tasdiqlangan o’quv rejasiga kiritilgan “Nasos va nasos stansiyalari” fani namunaviy o’quv dasturi asosida yozilgan bo’lib, fanni o’rganish jarayonida keng foydalanish mumkin.
Mazkur o’quv uslubiy ko’rsatma nasos qurilmalarining asosiy ish ko’rsatkichlari, nasoslarning nazariyasi va ularning xarakteristikalarini taxlil qilish bo’limlari bo’yicha masalalar, sug’orish tizimidagi nasos stansiyalarining ekspluatasion va texnik-iqtisodiy hisoblarini bajarish uslublari va yo’llanmalari keltirilgan.
Nasos stansiyalarining asosiy asbob-uskunalari ularga o’rnatiladigan nasos agregatlari (nasos va elektrodvigatel) hisoblanadi.
Talabalarni Nasos va nasos stansiyalari sohasidagi injenerlik vazifalarini yechishning zamonaviy qoidalari bilan yaqindan tanishtirish, ularga fan bo’yicha yetarli darajadagi bilim va ko’nikmalarni shakllantirish “Nasos va nasos stansiyalari” fanini o’rganishning asosiy maqsadi hisoblanadi.


Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling