Fanni o’rganishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Berilgan katologdan foydalanib nasosning bosimi va suv sarflarini olish o’rganish;
2. Nasosni so’ruvchi va bosimli quvurlardagi tezlik, undagi burilish, o’tish qismlardagi yo’qotilishlarni topish;
3. Nasos berilgan suv sarfini berayotganini aniqlab agar nasos berilgan suv sarfini bermasa yangi aynanishlar sonini topish;
4. Yangi aylanishlar sonida yangi suv sarfini topish;
5.Berilgan va yangi aynanishlarda nasos quvvatini aniqlash;
6. Nasosni ishchi g’ildiragini necha foizga yo’nishni topiladi;
7. Nasos stansiyasini sxemasini tanlash
8. Har bir davrlardagi suv sarflarni aniqlash.
9. Keltiruvchi va uzatuvchi kanallarning gidravlik hisobi.Nasosni hisobli suv sarfi,bosimi va sonini aniqlash.
10. Nasos stansiyaning asosiy gidromexanik va energetik jihozlarini tanlash.
11. Nasosning o‘rnatish belgisini aniqlash.Nasos stansiya binosi turini tanlash.
12. Suv olish inshooti so‘rish quvurlari va stansiya binosining asosiy o‘lchamlarini aniqlash.
13. Bosimli quvurlar sonini,materialini va optimal diametrini aniqlash.
14. Suv chiqarish inshootini turini tanlash va uning gidravlik hisobi.
15. Nasos stansiyasi yordamchi jihozlarini tanlash.Nasos stansiya suv-energetik hisobi.
16. Nasos stansiyasining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash.
17. Nasos stansiyasining ekspluatatsiya ko‘rsatkichlarni aniqlash.
1-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu:Nasos qurilmasi me’yoriy ish tartibi hisobi.Quvurlar xarakteristikasini qurish va ishchi nuqtani aniqlash.
1.Nasosning berilgan katologidan foydalanib suv sarfi,bosimi, foydali ish koeffisentini aniqlash va berilgan sxemadan foydalanib o’tish burilishda yo’qotishlar topamiz.
Shuning uchun ishchi xaraktiristikalarini olayotganda aylanishlar soni va ishchi g‘ildirakning diametri faqat topshiriqda berilgan nasos uchun bo‘lishi kerak.
Odatda nasoslar katalogida nasosning to‘rta ishchi xaraktiristikasi beriladi va ular quyidagilar:
- nasosning bosim xaraktiristikasi H – Q
-FIK grafigi Ƞ – Q:
- quvvat xaraktiristikasi N – Q:
- chegaralangan so‘rish balandligi xaraktiristikasi Nso‘r – Q:
Berilgan nasosning suv sarfini noldan maksimal qiymatgacha ixtiyoriy ravishda o‘zaro teng intervallarga bo‘lib unga mos tushuvchi bosim va FIKlarni qiymatlarini olib misolda ko‘rsatilgandek 1–jadval to‘ldiriladi. Misol uchun: D 1600 – 90 markazdan kochma nasos berilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |