Energiya tejash bo`yicha o`tkaziladigan tekshiruv va ekspertizaga doir huquq va javobgarlik
“Uzdavenergonazorat” korxona, tashkilot va muassasalaridan energiyadan foydalanish, ishlab chiqarishning energiya samarasiga oid texnik va iqtisodiy ma’lumotlar va boshqa materiallarini talab qilib olishga xaqli, korxona, tashkilotlar esa talab qilingan xujjatlarni belgilangan tartibda berishga majbur.
Tekshiruv va ekspertiza o`tkazishni amalga oshiruvchi «Uzdavenergonazorat” amaldagiqonunchilik bilan belgilangan vakolatidan o`tmasligi, tekshiruv va ekspertiza o`tkazilayotgan paytda korxonaning xo`jalik faoliyatlarini bajarishga to`sqinlik qilmasligi, davlat va tijorat sirlariga rioya qilishni ta’minlashi lozim.
Energiya samaradorligi buyicha tadbirlar korxona, tashkilotlar aybi bilan amalga oshirilmagan bo`lsa, ularga nisbatan energiyadan foydalanishdagi kamchiliklar uchun Uz.R. qonunchiligi asosida choralar ko`riladi.
Korxona va tashkilot raxbarlariga aniqlangan kamchiliklarni bajarishga doir ijro qilishi majburiy ko`rsatmalar berish.
Xavsizlik qoidalari va ma’erlarini buzib olib borilayotgan ishlarni to`xtatish, hamda kishilar xayotiga xavf solingan paytda ularni ish joylaridan olib chikish.
Energetika uskunalaridan foydalanish buyicha qoida va yo`riqnomalarni buzganlik uchun mas’ul shaxs va fuqarolarni belgilangan taribda ma’muriyat javobgarlikka tortish.
XT qoidalari, issiqlik va elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgar shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini ko`rib xujjatlarini xuquqini ximoya qiluvchi idoralarga berish.
Sinov savollari:
Ob’yektlarda energiya tejash buyicha energiya tekshiruvi va energiya ekspertizasi utkazish qoidalarinibilasizmi?
Energiya tejashni tekshirish va ekspertiza qilish turlari va taritibi kanday?
Energiya tejash bo`yicha o`tkaziladigan tekshiruv va ekspertizaga doir xuquq va javobgarlik kanaka tartibda?
Standartlash kaysi qoidaga asoslanadi ?
Sertifikat berish usuli kanday va kim ruxsat beradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |