Kafedrasi “sanoat korxonalarida energiya tejamkor tadbirlarni samaradorligini baholash”


Download 294.28 Kb.
bet16/62
Sana02.12.2023
Hajmi294.28 Kb.
#1780273
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62
Bog'liq
Muqobil energiya manbalari-fayllar.org

Reaktorning tuzilishi. Yadro reaktori aktiv zona, qaytaruvchi qurilma, boshqaruv tizimi, rostlovshi va nazorat tizimlari, korpus va biologik himoy vositalaridan iborat bo’ladi. Sterjenlar ko’rinishidagi yadro yoqilg‘isi va shuningdek neytronlarni sekinlatuvchi grafitlar aktiv zonaga tushiriladi. Aktiv zona orqali o‘tuvchi issiqlik tashuvchilar yordamida issiqlikni uzatishga xizmat qiladi. Issiqlik tashuvchi vazifasini suv, suv bug’i, inyert gazlar va h.k.lar bajarishi mumkin. Issiqlik tashuvchi yadro yoqilg‘isi bo’lgan sterjenlarni yuzalaridan o‘tganida qiziydi va qizigan issiqlik tashuvchi issiqligidan keyinchalik foydalanish uchun u uzatiladi. Neytronlarning aktiv zona tashqarisiga chiqib ketishiga yo’l quymaslik maqsadida aktiv zona qaytargishlar bilan o‘raladi. Reaktorning quvvati maxsus sterjenlar yordamida rostlanadi. Bu sterjenlar aktiv zonaga tushirilib, neytronlar oqimining harakati o’zgartiriladi va natijada yadro reaksiyasining tezligi rostlanadi. Issiqlik tashuvchi bug’ generatoriga yuboriladi, uning issiqligi suvga o‘tadi va natijada bug’ hosil bo’ladi. Hosil qilingan ma‘lum bosimli suv bug’i turbinaning parraklarini harakatga keltiradi.
Yadro reaksiyasi jarayoni kechayotgan paytda barcha jonli mavjudotlar uchun o’ta zararli bo’lgan nurlarning reaktordan tashqarigachiqishiga yo‘l quymaslik maqsadida reaktorda biologik himoya vositalari qo’llaniladi. Biologik himoya vositasi vazifasini reaktorni bir necha metrli qalinlikda o’ralgan beton qatlami bajaradi.
Nazorat savollari:
1. O’zenergo zahiralari bugungi kunda qanday?
2. Uran sanoati. va Atom energo sistemasi afzallik kamchiliklari qanday?
3. O’zbekistondagi gidro energetikani o’rni qanday?
3-mavzu. Energetika sohasida davlat nazorati.


Reja:
  1. Elektr energetikasi sohasida davlat nazorati.


  2. Neft va gaz sohasida davlat nazorati.



Korxona, tashkilot va muassasalarda energiya tekshiruvchi utkazishga oid ushbu qoidalar Uzbekiston Respublikasining «Energiyadan oqilona foydalanish tugrisida»gi , «Xo`jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini Davlat nazoartiga olish tugrisida»gi, «Iste’molchilar xukukini ximoya kilish tugrisida»gi qonunilari, Fukaro kodeksi, el.energetikadagi nazorat buyicha Davlat Agenligi «Uzdavenergonazorat» Nizomlari asosida ishlab chikilgan va elektr va issiqlik energetiya ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilarni, ularning mulkchilik shaklidan kat’iy nazar, energiya tekshiruvidan utkazishda Davlat nazorati idoralarining asosiy vazifa va xukuklarini belgilaydi.

Ushbu qoidalar iqtisodiyotning barcha soxalaridagi energiya samarasi va energiya tejashni ekspertiza kilish va tekshirish tartibini belgilaydi, amalga oshirishga muljallanayotgan yangi, kayta tiklanaetgan ob’yektlar texnologiyalar va uskunalar xo`jjatlarining foydaliligi va energiya tejamligini baxolash maqsadida ularni mukobil variantlar bilan solishtirib xulosa yasash va berish ketma-ketligi xamda ishlab turgan korxona tashkilot va muassalarda energiya manbalaridan unumli foydalanish va ob’yektlardagi yekilgi–energetika va moliyaviy harajat-larni kamaytirish imkoniyatlarini belgilaydi.


Ushbu qoidalar Respublikamiz xududida joylashgan yekilgi-energetik manbalaridan maxsulot ishlab xizmat kursatishi uchun xususiy extiejlariga ishiga 6 ming tonnadan ortiq shartli yekilgi yeki 1 ming tonnadan ortiq motor moyidan foydalanadigan barcha korxona tashkilot va muassalari taalukli .
Energiya tejashni ekspertiza va tekshiruvdan utkazishni moliyalashtirish korxona tashkilot muasasalarning uz mablaglarni xisobidan va Respublikamiz qonunichiligi bilan takiklanmagan boshka manbalardan amalga oshiriladi.
Korxona, tashkilot va muassasalarda energiya tekshiruvlari o`tkazishdan asosiy maqsad tejaladigan zaxiralarni aniklash, baxolash va ularning solishtirma energiya iste’molini ishlab chikish, bunga kuyidagilar kiradi:
Energiyadan foydalanish bilan boglik maxsulot ishlab chiqarish, ish, xizmatlarning xakikiy energetik samarasini baxolash; Energiya ishlab chiqaruvchi va energiya iste’mol kiluvchi uskunalar xolatini aniklash;
Energiya ishlab chiqaruvchi va energiya iste’mol kiluvchi ob’yektlarning elektr va issiqlik tarmoqlaridagi yoqilg‘ining noishlab chiqarishsarflari va energiya yo`qotishlarni aniklab ularni yo`qotish buyicha tavsiyalar berish;
Energiya iste’molining optimal rejimlarini belgilash; texnologik jarayonlarda va korxonaning yordamchi ishlab chiqarish ob’yektlarida yoqilg‘i sarfini, elektr va issiqlik energiya iste’molini rasionalizatsiya kilish.
Energiya tejash buyicha utkaziladigan tekshiruv va ekspertizalar, berish belgilangan tartibda Ushbu xukukka ega korxona va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Energeiya tejash eksperitza kilish va tekshirish ustidan «Uzdavenergonazorat» D.A. nazorat qiladi va boshkaradi.

Download 294.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling