Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"


Download 0.74 Mb.
bet40/41
Sana25.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1654629
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish

Qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma subyektlari bilan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarga tegishli bo’lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish.
Reja:
1. Qishloq hududlarida infratuzilma sub'ektlarini rivojlantirishning
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
2. Bozor infratuzilmasi.
3. «O‘zkimyosanoat» Aksiyadorlik jamiyati haqida qisqacha.

Qishloq hududlarida infratuzilma sub'ektlarini tashkil etish hamda


rivojlantirish, ularning faoliyati ijtimoiy–iqtisodiy holatinimustaxkamlash, Respublika iqtisodiyotining asosi hisoblangan agrar sohaiqtisodiyotini barqaror o'sishini ta'minlash, qishloqda aholining mehnatga layoqatli qismini doimiy ish bilan ta'minlashning garovi va asosiy
omillaridan biri hisoblanadi.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, qayta ishlash
va sotish jarayonida turli toifadagi korxona va tashkilotlar ishtirok yetadi. Ushbu
korxona va tashkilotlarni yagona bozorga birlashtiruvchi, ularning o'zaro munosabatlarini
amalga oshirishga ko'maklashuvchi tashkilotlar infratuzilma muassasalari hisoblanadi.
Ularning bir qismi qishloq xo'jaligi korxonalari uchun texnika, o'g'it, yonilg'i, pul mablag'i
va shu kabi resurslar yetqazib bersa, boshqalari yesa qishloq xo'jaligi maxsulotini qayta
ishlash maqsadida sotib oladi yoki sotishga ko'maklashadi va ijtimoiy xizmat ko'rsatadi.
Infratuzilma — (lot. infra — ostida, struktura — tuzilishi, o'zaro joylashuvi) —
takror ishlab chiqarish (yo'llar, aloqa trans port, ta'lim, sog'liqni saqlash sohalari va
boshqalar) sharoitlarini ta'minlaydigan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
majmuidir. Infratuzilma mohiyati milliy xo'jalik ishlab chiqarish tarmoqlari
va ijtimoiy sferaning umumiy sharoitini ta'minlash uchun xizmat qiladigan
sohalar majmuasini ifodalaydi.
Boshqacha qilib aytganda, infratuzilma ishlab chiqarishning normal ishlashi va tovarning normal aylanishi hamda odamlarning normal hayotiy faoliyatini yuritish uchun sharoitni yaratib berishga qaratilgan soxalar hamda ushbu soxalarga kiruvchi korxonalarning va tashkilotlarining majmuasi.
U ishlab chiqarish, texnologik, iqtisodiy va tashkiliy aloqalar jarayonida
vujudga keladigan realizatsiya orqali qishloq xo'jaligining samarali ishlashini ta'minlaydi. Infratuzilma jamiyat ishlab chiqarish kuchlarning bo'linmas qismi hisoblanadi. U korxonaning samarali faoliyatini ta'minlaydi va qishloq xo'jaligining pirovard mahsuloti miqdoran ko'p va sifatan yuqori bo'lishga yo'naltiradi. Infratuzilma qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini intensivlashtirish va samaradorligini o'sishining muhim omili hisoblanadi. Ko'p qirrali xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini rivojlantirish bozor iqtisodiyotiga xos muammolarni hal etishda keng imkoniyatlar yaratadi. Infratuzilma sub'ektlari qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish
munosabatlari va qishloqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosi hisoblanib, xizmat ko'rsatish va ta'minot tizimidagi korxonalar faoliyati rivojlantirilmasdan iqtisodiyotning yirik tarmog'i - qishloq xo'jaligida iqtisodiy barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash asosida qishloq xo'jaligi korxonalari va dehqonlarning daromadlarini ko'paytirish mumkin emas.
Ma'lumki, qishloq xo'jaligida infratuzilma sub'ektlari o'zaro iqtisodiy
munosabatlarda bajariladigan vazifalari, maqsadlari va faoliyat yo'nalishlarida bir nechta tarkibiy unsurlarni birlashtirib, umumiy tizimda infratuzilma sub'ektlari majmuasinihosil qiladi.
Infratuzilma majmuasiga kiruvchi sub'ektlar (sohalar) qishloqdagi kichik
va xususiy tadbirkorlarning ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlariga bevosita ijobiy ta'sir ko'rsatib, takror ishlab chiqarish jarayonini ta'minlashda ijobiy rol o'ynaydi.
Infratuzilma sub'ektlari majmuasi to'rtta belgi bo'yicha tasniflanadi,jumladan:
1. Ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir darajasi;
2. Hududiy joylashishi;
3. Tarmoq nuqtai nazari;
4. Maqsadli faoliyat yo'nalishi.
Bozor munosabatlarini shakllanishi va rivojlanishi davrida qishloq xo'jaligida infratuzilma sub'ektlari ishlab chiqarish, ijtimoiy, institutsional, shaxsiy, ekologik va bozor sub'ektlari sifatida alohida faoliyat ko'rsatsa-da, ular o'zaro munosabatlarda bir-biriga bog'liq ravishda shakllanadi va rivojlanadi
Ishlab chiqarish infratuzilmasi qishloq xo'jaligida ishlab chiqariladigan iste'mol oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa turdagi tovarlarni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, o'rash, qadoqlash, joylashtirish, o'raladigan idishlar bilan ta'minlash, tashish, ta'minot va ta'mirlash hamda sotish kabi xizmatlar ko'rsatuvchi tashkilot hamda korxonalar majmuasini tashkil etadi. Infratuzilma muassasalari xizmatlarining yetarli bo'lishi va uning sifati korxonani bozor munosabatlari sharoitida samarali ishlashini ta'minlashning zaruriy shartlaridan hisoblanadi. Xar qanday xududda mavjud infratuzilma muassasalari ularning xizmat ko'rsatish sohalari
nutai nazxaridan uch guruxga bo'linadi. Birinchi guruh — bu ishlab chiqarishi
nfratizilmasi muassasalaridir. Bu korxonalar ishlab chiqarishni amalga oshirish bilan
bog'liq xizmatlarni ko'rsatuvchi muassasalar bo'lib, ular o'z xizmatlari uchun ma'lum
miqdorda pul mablag'lari olishadi. Ikkinchi guruxga hxududdagi ijtimoiy soxa
muassasalari ki radi. Ular ishchi va mutaxassislar tayyorlash, maorif, ta'lim, aholi
sog'lig'ini saqlash va shu kabi xizmatlar ko'rsatish bilan shug'llanadilar. Ushbu
muassasalarni pul mablag'lari bilan ta'minlash davlat yoki maxalliy byudjet hamda boshqa
manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Uchinchi gurux infratuzilma muassasalari bozorda
maxsulot, pul va ishchi kuchlari xarakatini ta'minlovchi korxona va tashkilotlarni o'z ichiga oladi. Ular jumlasiga hxududdagi tijorat banklari, tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlovchi turlijamg'armalar, investitsiya fondlari, tovar-xom-ashyo, ko'chmas mulk va qimmatli qog'ozlar birjalari, brokerlik idoralari, auditorlik, axborot-maslaxat hamda reklama tashkilotlari va boshqalar kiradi.
Ular o'z faoliyatini to'liq xizmat ko'rsatishdan tushadigan mablag'lar hisobidan amalga
oshiradi. Xozirgi adabiyotlarda asosan infratuzilmaning to'rtta turiga
ta'rif berib kelmodalar.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish jarayoniga
xizmat ko'rsatuvchi tarmolarni o'z ichiga oladi.
Uning tarkibiga:
- moddiy-texnika ta'minoti;
- maxsulotni tashish, salash va qayta ishlash;
- texnik xizmat ko'rsatish;
- suv va eelektr ta'minoti kabi bo'linmalar kiradi.
Bu turdagi xizmatlarni ishlab chiqarish infratuzilmasiga kiritishdan
asosiy masad – bu xizmatlar ishlab chiqarish jarayoniga bevosita ijobiy ta'sir
yetadi.
Ishlab chiqarish infratizilmasi o'ziga xos bir ator belgilarga yega:
-bu turdagi xizmatlar bevosita maxsulot ishlab chiarmaydi, lekin ishlab
chiqarish jarayoniga bevosita ijobiy ta'sir yetadi;
-ko'rsatilgan xizmatlar samaradorligi faat xizmat ilayotgan tarmo, korxona,
xizmat ko'rsatish punktlari ta'sirida amalga oshadi;
-infratuzilma tarmolarining rivojlanish darajasi asosiy ishlab chiqarish
jarayonining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.
. Bozor infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat
ko'rsatmasa-da, xo'jalikning umumiy faoliyatini ta'minlashga xizmat ko'rsatadi.
Masalan, marketing va reklama, axborot-maslaxat, auditorlik, investitsion va
shu kabi boshqa xizmat turlari xo'jalik faoliyatining turli tomonlari samaradorligini oshirishga xizmat ko'rsatadi.
Bozor infratuzilmasi xuquiy va jismoniy shaxs maqomidagi barcha sotuvchi (ishlab chiaruvchi, xizmat ko'rsatuvchi) va xxaridor (iste'molchi)lar o'rtasida sodir bo'ladigan ko'p qirrali bozor munosabatlarining bevosita ishtirok yetuvchi, bosharuvchi, nazorat qiluvchi, tekshiruvchi, maqsadli yo'naltiruvchi va ishlab chiqarishdan toki iste'mol qilish gacha bo'lgan jarayonlarning bir tekis va to'xtovsiz kechishi uchun shart-sharoit, imkoniyatlar yaratish maqsadida xizmat ko'rsatuvchi jabxa va muassasalarni o'z ichiga oluvchi butun bir yaxlit majmuadir. Bozor infratuzilmasining rivojlanishi ko'p jiatdan milliy itisodiyotning samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi. O'z moiyatiga ko'ra, bozor infratuzilmasi bozor ishtirokchilarining turli itisodiy manfaatlarini samarali amalga oshirish muxiti hisoblanadi. Bozor infratuzilmasining maqsadi tovar (turli xizmatlar ko'rsatuvchilar) ishlab chiaruvchilar va iste'molchilar o'rtasidagi munosabatlarga qulay shart-sharoitlar yaratish orali yagona itisodiy tizim bo'lgan milliy itisodiyot faoliyatining samaradorligini oshirishdan iborat. xududlarda bozor infratuzilmasi muassasalarini tashkil yetish, faoliyat ko'rsatishi va rivojlanishi uchun respublikada to'li xuquiy asoslar yaratilgan. Ular negizini O'zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati yerkinligining kafolatlari to'rg'isida"gi, "Birjalar va birja faoliyati to'rg'isida"gi, "Lizing to'rg'isida"gi, "Auditorlik faoliyati to'rg'isida"gi,"Sug'urta to'rg'isida"gi, "Reklama to'rg'isida"gi, "Kredit ittifolari to'rg'isida”gi va shu kabi boshqa qonunlari, xukumat qarorlari, me'yoriy xujjatlar tashkil yetadi.
Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi «O‘zkimyosanoat» Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil
13 martdagi 124-sonli “Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori asosida “O'zkimyosanoat” uyushmasini qayta tashkil etish yo'li bilan tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoniga muvofiq «O‘zkimyosanoat» Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi nomi «O‘zkimyosanoat» Aksiyadorlik jamiyati nomiga o'zgartirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi PQ-2884-sonli “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida qarori bilan “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruv tuzilmasini qayta tasdiqlangan.

Jamiyat O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 25 iyulda №1405 raqam bilan Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi «O‘zkimyosanoat» Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi sifatida davlat ro'yhatiga olingan. Jamiyat “O'zkimyosanoat” uyushmasi va «O‘zkimyosanoat» Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tuzilgan shartnomalar va majburiyatlar bo'yicha huquqiy voris hisoblanadi.


Jamiyat o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qaror va Farmoyishlari va ushbu Ustav asosida yuritadi.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling